Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob yuzasidan tayanch iboralar
- Bibliografiya
Norimbetov ishlarida davom ettirildi va ularda qoraqalpoq, qozoq hamda qirg’iz
oilalarining etnopsixologik o’ziga xosligi oilavviy qadriyatlar nuqtai nazaridan o’rganildi. Ya’ni, bu kabi izlanishlarda oila va nikoh munosabatlaridagi milliy o’ziga xoslik qoraqalpog’istonliklar, qirg’iz va qozoq oilalari misolida o’rganildi. Bu kabi izlanishlar oxirgi yillarda ham jadal amalga oshirilmoqda. Etnopsixologik xususiyatlar, milliy psixologik qiyofaning no-realligi to’g’risida bir qancha subyektiv fikrlar aytilgan, ba’zi qarashlarda jiddiy ixtiloflar mavjudligiga qaramay, etnopsixologik xususiyatlar real mavjud, deb takidlovchi olimlar qo’pchilikni tashkil etadi. Darhaqiqat, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tengsizliq turfa xil tabiy-geografik sharoitlar xalqlar o’rtasida ma’lum psixologik tafovutlarni vujudga keltirgan. Turli xalqlarda oila a’zolari o’rtasida bo’ladigan munosabatlarnish bir xil bo’lmasligi, urf-odat va an’analardagi farqlar, narsa-hodisalarni idrok etishda mavjud bo’lgan turfa xillikni 178 etnopsixologik xususiyatlar bilangina tushuntirib berish mumkin. Fan mana shu xususiyatlarni o’rganishdan voz kecha olmaydi. Bob yuzasidan tayanch iboralar Etnik psixologiya, qiyofa, milliy psixologik qiyofa, milliy xarakter, an’analar, milliy tuyg’ular, milliy ta’b, milliy ong, milliy xarakter Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Milliy psixologik qiyofa deganda nima tushiniladi? 2. Milliy psixologik qiyofaning ichki tizimini qaysi olimlar tadqiqotlarida uchratish mumkin? 3. Milliy psixologik qiyofa tizimini N.Sarsenbayev qanday tushuntirgan? 4. Milliy xarakter tushunchasi millatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsata oladimi? 5. Milliy xarakter tushunchasiga ta’rif bering? 6. G. Andreyeva milliy xarakterga qanday ta’rif beradi? 7. Har bir xalqning mehnatsevarligi nimalar asosida farqlanadi? 8. O’zbek xalqiga xos bolgan millat xarakter nimalarda ifodalanadi? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling