Sotsial psixologiya Darslik


 Milliy psixologiya nima va


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

17.2. Milliy psixologiya nima va 
uni qanday qilib o’rganish 
mumkin? 
Milliy psixologiya odatda psixologik darsliklar 
va ayrim lug’atlarda etnik psixologiya 
doirasida va aynan shunday atama vositasida 
o’rganiladi. 
Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saqlanib, boshqa 
yurtlarda yashayotganda ham unutilmaydi. Aksincha, o’z etnik guruhini, yurtini 
sog’inish, qumsash sifatida namoyon bo’ladi. Shaxsning xulq-atvorlariga va 
boshqa ruhiy xususiyatlariga ta’sir yetib turadi. 
Etnik psixologiyaga aloqador dastlabki yozuvlar qadimgi tarixiy hamda 
geografik asarlarda qayd etilgan bo’lib, ularda mualliflar qadimiy xalqlarning 
o’ziga xos spesifik qirralarini millat qiyofasi sifatida talqin etganlar. Faqat X1X 
asrga kelibgina etnografiya va antropologiya kabi fanlarning rivojlanishi 
munosabati bilan etnik psixologiya mazmunliroq bo’lib, tizimli o’rganila 
boshlandi. Odatda olimlar etnik psixologiyaning asosiy muammolari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatadilar: 
1) 
insonlar amalga oshiradigan faoliyat tipi bilan ularni qurshagan 
madaniy muhit va ustivor madaniyatning o’zaro bog’liqligi; 
2) 
etnik uyushmalar (guruhlar) a’zolarining ijtimoiy xulq–atvori va 
psixikasidagi xususiyatlar, ularning o’zaro bog’likligi; 


203 
3) 
milliy o’zini - o’zi anglash va milliy stereotiplarning tabiati, ular 
bajaradigan funksiyalar va o’zgarishiga oid qonuniyatlar. 
Yuqoridagi muammolar avvalo ularni empirik jihatdan tadqiq etishni, bunda 
ishonchli usullardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, milliy 
psixologiyaning xususiyatlarini o’rganish uchun predmetlararo muvofiqlik va 
hamkorlikni talab qilardi. Chunki etnik psixologiya shu qadar nozik va murakkab 
ijtimoiy xulq shakliki, uni ayrim olingan bitta fan doirasida mukammal 
o’rganishning ilojisi yo’qligini olimlar hamisha ta’kidlaydilar. Ya’ni, 
etnopsixologiyaning serqirra muammolarini faqat ijtimoiy psixologiya fani 
doirasidagi o’rganish mumkin emas. 
Ushbu muammolar hozirda, ya’ni mustaqil O’zbekiston sharoitida, ko’pgina 
tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki davr etnopsixologiyadan 
shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli 
bo’lgan hozirgi va o’tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning 
ongi qaysi tomonga o’zgarishini, millatlararo sodir bo’ladigan jarayonlarni 
bashorat qilmog’i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va 
ishonchli metodlar kerak. O’zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi 
ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifoq sharoitining o’zi 
ana shunday kuchli nazariyaning bo’lishi uchun anchagina to’g’anoq bo’lgan, 
empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, 
oilalar doirasidan chiqmagan edi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling