Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Milliy ong, attityud, steriotip, etnik ong, millatning birligi, millatning jipsligi
milliy til, qadriyat, milliy ozodlik. 
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Etnik taraqqiyotda milliy ongning shakllanishi? 
2. 
Etnik ong nima? 
3. 
Millat mavjudligining asosiy omillari nimalarga bog’liq?


204 
4. 
Milliy o’zini o’zi anglash nimalar ta’sirida shaklanadi? 
5. 
Milliy o’zini o’zi anglashda kimlar asosiy rolni o’ynaydi va qay tarzda? 
6. 
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin?
7. 
Olimlar etnik psixologiyaning asosiy muammolari sifatida nimalarni 
ko’rsatadilar? 
Bibliografiya 
1. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 
2012. – 172 b. 
2. 
Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 
3. 
Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 
4. 
Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- 
СПб: Прайм-Еврознак, 2008 


205 
 
18.1. Etnosentrizm, etnik 
stereotiplar va madaniyat 
masalalari 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, biror bir xalq
millat va elatning mushtarakligini anglatish 
uchun 
etnopsixologiyada 
etnos 
iborasi 
ishlatiladi. 
Psixologlar ushbu iborani turli millat vakillari o’rtasidagi muayyan farqlarni 
tushuntirish maqsadida ishlatadilar. Millat yoki milliylik esa biror insonning u yoki 
bu millat vakili yoki muayyan mamlakatning vakili sifatidagi xususiyatlarini 
tavsiflash maqsadida qo’llaniladi. Mamlakatdagi yashovchi insonlar qaysi millat 
vakili bo’lishidan qat’iy nazar ushbu mamlakatdagi madaniyat va madaniy 
qadriyatlarning egalaridir.
Turli millat va elat vakillari o’rtasidagi farqlarning mavjudligi fanda 
aniqlangan fakt. Mana shu farqlar mavjudligi o’z navbatida ba’zan muayyan 
muammolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni, har bir millat vakili boshqa bir millat vakili 
bilan muloqot qilganda, yoki uning madaniyatini, milliy qadriyatlarini 
o’rganganda, ularga nazar solganda, tabiiy bir holat yuz beradi. O’zgalar 
madaniyatini baholash jarayonida o’zidagi qadriyatlar, o’z madaniy boyliklari, 
afzalliklari va bilgan narsalarini o’zgalarni tushunish uchun vosita sifatida ishlata 
boshlaydi. Masalan, konkret vaziyatda biror o’zga millat vakilining xulq atvorini 
tavsiflash uchun o’zimizning madaniyatimiz nuqtai nazaridan solishtirib 
baholaymiz. Shunday sharoitlarda biz ochig’i hamisha ham unga nisbatan xolis, 
obyektiv bo’la olmaymiz. Chunki uning madaniy qadriyatlarini bilmagan xolda 
o’zimizning bilganlarimizni unga qo’shib (yoki ayirib) fikr yuritamiz. Chunki 
baribir o’zimiznikini yaxshiroq bilamiz va o’zgalarni bilmasligimizni bo’ynimizga 
olgimiz kelmaydi. Shu tariqa etnopsixologiyada ishlatiladigan va o’rganiladigan 
etnosentrizm” hodisasiga duch kelamiz. Olimlar etnosentrizmni “atrofdagilarning 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling