Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

18.3. Etnik ustanovkalar 
Etnik ustanovkalar – bu shaxsdagi yoki 
muayyan millat vakillaridagi millat hayoti va 
turmush tarzini, undagi qadriyat va normalarni, 
millatlararo munosabatlarni ma’lum tarzda idrok qilish va qabul qilishga, 
tushunishga ruhiy tayyorlik bo’lib, u ushbu ustanovkaga, ya’ni ruhiy hozirlikka 
mos xolda millatlar bilan munosabatda o’zini u yoki bu tarzda tutadi. Masalan, 
biror millat vakilining aqliy–intellektual salohiyati haqida unda ijobiy ustanovka 
shakllangan bo’lsa (masalan, “hamma yahudiylar aqqli” yoki “barcha o’zbeklar 
mirishkor” tarzda) kim bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu millat vakillariga nisbatan 
aynan shu sifatlarni idrok qilishga moyillik bo’ladi, yahudiyning hamma ishi 
“aqlli”, o’zbekning bog’i hamisha mevaga to’liqday tuyulaveradi. Vaholangki, 
ikkila sifat ham birinchidan, barcha millat vakilida bo’lishi mumkin, ikkinchidan, 
aynan shu millatning barcha vakili ham aqlli yoki mirishkor bo’lavermaydi. 
Shu nuqtai nazardan etnopsixologiyaning va psixologlarning vazifasi shu kabi 
etnik ustanovkalarning shaxsda shakllanib, e’tiqod darajasida o’rnaishib 


211 
qolishining shart–sharoitlarini o’rganish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
uchun amaliy ishlarni yo’lga qo’yishdir. Chunki etnik ustanovkalarning xulqda 
barqaror mavjudligi ba’zan etnik nizolarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Shunday qilib, u yoki bu millat vakillarining psixologik xususiyatlarini 
o’rganishda ular yashaydigan madaniy muhitga alohida e’tibor qaratilishi lozim. 
Chunki madaniyat tushunchasida millatning yashash va turmush tarzi bevosita aks 
etadi. 
Bu 
holat 
o’z navbatida millat vakillarining psixologiyasida, 
dunyoqarashlarida, ijtimoiy xuklqida namoyon bo’luvchi bir-biriga yaqin va 
o’hshash bo’lgan ustanovkalar, tasavvurlar, qadriyatlarni shakllantiradi. Agar u 
yoki bu qadriyat yoki udum bir avlod doirasidagi namoyon bo’lgan bo’lsa, u hali 
madlaniy qadriyat deyilmaydi. Bunday bo’lishining asosiy sharti – bu uning 
avloddan avlodga o’tishi, avlodlar vqa ajdollararo vorislikning mavjudligidir. Agar 
bir millatning urf-odatlari, qadriyatlari, udumlari, an’analarida tarixiy mantiq va 
millay manfaat bo’lmasa, u madaniyatning ajralmas bo’lagiga aylanmaydi. 
Madaniyatning mavjudligi, uning tarkibiy qismlarining barqarorligi millatning 
qiyofasini shakllantiribgina qolmay, balki xalq vakillariga muayyan qulayliklar 
yaratadiki, xalq ulardan tayyor meros sifatida, ba’zan esa stereotiplar sifatida 
foydalanadi. Madaniyat va uning qadriyatlarining shaxs kamolotidagi, uning 
shakllanishidagi ahamiti ham shunda. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling