Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
Psixologik himoya – shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday
holatki, unda odam ichki ruhiy mu’tadillikni asrash uchun o’zidagi xavotirlanish, qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo’lishga intiladi. Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o’rganishning asosiy yo’l-yo’riq va usullari. Raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga boshqasining batamomo yengilishini nazarda tutadi. 219 Rasmiy guruh – har bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqyeining va guruhda tutgan o’rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Rasionalizasiya – mulohaza va fikr yuritish orqali o’zida himoya instinktlarini paydo etish. Regidlik – (lot. Qotib qolgan) (psixologiyada) hulq-atvorning turlaridan biri Regressiya – ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan qaysidir voqyelarga qaytish, ularning yaxshi va ma’qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o’zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish. Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozisiyasidan turib, o’zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib, o’ziga birovning ko’zi bilan qarashga intilish. Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning aniq bir hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmui. Stereotipizasiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o’rnashib qolgan, ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollari. Stimul – reseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir. Sun’iy aql – bironta odam yoki bir gurux kishilar bajara oladigan murakkab aqliy funksiyalarni bajaradigan sun’iy yaratilgan qurilma. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling