Sotsial psixologiya Darslik


Suhbat – psixologiya metodlaridan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida  bevosita yoki bilvosita ma’lumot olishdan iborat.  Tabiiy eksperiment


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Suhbat – psixologiya metodlaridan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida 
bevosita yoki bilvosita ma’lumot olishdan iborat. 
Tabiiy eksperiment – tekshiriluvchini o’ziga bildirmagan xolda uni o’yin, 
o’qish va mexnat faoliyatida o’rganishdan iborat psixologik tajriba. 
Taqlid qilish – biror xulq namunasi yoki turmush tarziga ergashish. 
Tashqi konformlilik – individning guruh fikriga nomigagina qo’shilishi, 
aslida esa ruhan u guruhga qarshi turishi. 
Ta’sirlanish – bir shaxs hissiy-emosional holatining o’zga bir shaxsga 
uzatilishi jarayoni. 


220 
Tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga 
“ko’ndirish”, moslashtirish va shu yo’l bilan o’zining ham muayyan manfaatlarini 
himoya qilish. 
Test – standartlashtirilgan psixologik sinov bo’lib, buning natijasida u yoki bu 
xildagi psixik jarayonni baxrlashga yoki shaxsni bir butunligicha o’rganishga 
qaratilgan usul. 
Test – qisqa sinov usuli.  
Til – shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib, uning yordamida kishilar 
bilgan ma’lumotlari, axborotlar, g’oyalarni bir-birlariga yetkazuvchi. 
O’z-o’zini kuzatish – bunda subyektning o’z psixik holatlari bilan o’z xatti-
harakatlarini o’rganishdan iborat metod. 
O’rgatuvchi yoki shakllantiruvchi eksperiment –psixologiya metodi bulib, 
bu metod orqali shaxsda zaruriy psixik jarayon yoki sifatlar rejali ravishda shakllan- 
tiriladi. 
Ustanovka – subyektning yaxlit bir dinamik holatini, uning qandaydir 
faollik va harakatlarga tayyorligini bildiradi va asosan ikki omilning ta’sirida 
nmoyon bo’ladi: subyektning ehtiyojlari va muayyan obyektiv vaziyatning holati. 
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan, ehtiyojlar tufayli 
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishiga, uni qayta 
ko’rishga yo’naltirilgan faolligi. 
Freydizm – zamonaviy psixologiyaning oqimlardan biri. Unda inson 
psixikasining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ongsiz mayl (jinsiy mayl) deb 
hisoblanadi. Bu oqim avstriyalik psixolog va psixiatr Zigmund Freyd nomi bilan 
atalgan. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling