Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Krekerlar (ingl. srackers) – axborot tizimning xavfsizligi ataylab buzib
ruxsatsiz unga o’zgartirish kiritish bilan shug’ullanadigan insonlar. 
Kuzatish – psixologiya metodlaridan bo’lib, kishining xatti-harakatlarida 
namoyon bo’ladigan turli hodisalarni hisobga olish va subyektiv psixik hodisalar 
to’g’risida fikr olishdan iborat. 
Makro muhit – bu inson umri o’tadigan va hayoti mobaynida unga ta’sir 
etadigan tabiiy, ijtimoiy va ijtimoiy shart-sharoitlar majmui. 
Mentalitetpsixik xususiyatlar, sifatlar va jarayonlarning o’ziga xos 
tuzilishi, yig’indisi, shaklini anglatuvchi umumlashgan tushuncha. 
Mehnat – odamning ma’lum maksadga, o’z ehtiyojlarini kondirish uchun 


218 
borliqni bilish va uni qayta ko’rishga, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga 
yo’naltirilgan faolliyat. 
Milliy mafkura – xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix 
sinovlaridan o’tishda uning ruhini ko’tarib, suyanch va tayanch bo’ladi, shu millat, 
shu jamiyat duch keladigan ko’plab hayotiy va ma’naviy muammolarga javob 
izlaydi. 
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning 
barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo’lgan har qanday 
tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar 
tizimi. 
Motivasiya – odamni faollikka undovchi sabablar majmui. 
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga 
kirishish jarayoni. 
Muomala madaniyati – bu o’rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san’ati va 
ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyati. 
Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar odatda tortishib qolgan 
shaxslarning to’g’ridan-to’g’ri, bevosita xatti-harakatlari tarzida namoyon 
bo’ladigan nizo. 
Proyeksiya – o’zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi obyektlarga 
ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarini tashqaridan qidirishga 
moyillik. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling