217
olish va
ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo’yicha ijtimoiy, tabiiy,
biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilish.
Ishontirish – biror xulq namunasi yoki fikrga o’zgalarni
deyarli ongsiz va
tanqidsiz ergashishiga erishish.
Kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni,
nizokashlarning xulq-atvori
va fikrlarini muhokama qilish yo’li bilan ikkala tomon uchun ham ma’qul bo’lgan
yechimni qidirish.
Konversiya – muloqotdagi qandaydir to’siqlar yoki baryerlarni olib tashlash
uchun kutilmagan usullarni qo’llash, masalan, xavotirli informasiyani yumoristik
mavzu bilan almashtirish yo’li.
Konflikt, nizo yoki ziddiyat – bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki
shaxslararo
muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o’zaro muloqot
va ta’sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to’g’ri
kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozisiyalarning to’qnashuvi.
Konformizm – ( o’zbek tilida “moslanish” ma’nosini bildiradi), individning
guruhda
qabul qilinadigan normalar, fikrlar, hulq-atvor standartlarini qanchalik
qabul qilish yoki qabul qilmasligi.
Korrelyasiya – voqyelikdagi hodisalarning o’zaro bog’liqligi yoki
eksperimentdan olingan ma’lumotlar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar
me’yori.
Do'stlaringiz bilan baham: