221
Xakerlar (ingliz tilidan olingan: hackers) – kompyuterlar va axborot
tizimlarini juda yaxshi biladigan odamlar.
Xarakter — kishidagi barqaror psixikxususiyatlarning individual birligi
bo’lib,
bu shaxsning mehnatga, narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga,
atrof-
muhit va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan uning muayyan
sharoitlaridagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror,
yakka psixik
xususiyatlari yig’indisi.
Hamkorlik – bu nizoni hal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala
tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib
chiqaran muammodan ustun
qo’yiladi.
Shaxs va guruh o’rtasida sodir bo’ladigan nizolar – odatda bir shaxs
qarashlari, xatti-harakatining u mansub bo’lgan
yoki ishi tushgan guruhning
normalari, xulq-atvor maromlariga zid kelishi, shaxs kutishlarining guruh
normalaridan og’ishi.
Shaxsiy munosabat – psixologiya qoidalaridan bo’lib, odamga shaxs
tariqasida, uning voqyelikni aks ettiruvchi va barcha psixik hodisalarni belgilab
beruvchi sistema ekanligini tushungan xolda yaqindan yondashish.
Shaxslararo nizo – bir yoki bir necha konkret shaxslarning o’zaro yoki
guruh doirasidagi ziddiyat.
Shaxsning o’ziga aloqador bo’lgan ichki nizolar – asosan bir inson
qalbidagi turli his-kechinmalar, istak-hoxishlar va
motivlarning bir biriga zid
kelishi, qarama-qarshi fikrlarning paydo bo’lishi oqibatida yuzaga keluvchi nizo.
Egosentrizm – individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Do'stlaringiz bilan baham: