Sotsial psixologiya Darslik


XVIII BOB ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI MADANIYATDA


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

XVIII BOB
ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI MADANIYATDA 
NAMOYON BO’LISHI VA OMMAVIY MADANIYATNING 
MILLATGA KO’RSATADIGAN TA’SIRI 


206 
xulq atvorini shaxsiy madaniy filtrlari orqali o’tkazib, tushuntirish va bayon 
etish”
17
dir deb ta’riflashadi. Aynan shu holatni barcha boshqa millat vakillari bilan 
muloqot qilganda nazarda tutish lozim ekanligi ta’kidlanadi. 
Psixologik lo’g’atlarda
18
Etnosentrizm - o’z etnik guruhi va unga oid xulq 
andozalarini amalda boshqalarga baho berish uchun asos sifatida qabul qilishning 
namoyon bo’lishidir” deyiladi. Bunda inson o’z millatiga tegishli xulq 
standartlarini o’zgalarnikidan ustuvor etib qo’yishga intiladi. Ya’ni, etnosentrizm 
amalda begona madaniyat va tuzum, millat vakillariga nisbatan noxolis 
munosabatning shakllanishishini izohlash uchun qo’llaniladigan tushunchadir. Bu 
tushuncha mohiyatan shaxsga xos bo’lgan egosentrizmning etnik analogidir.
Professor G. Andreyeva etnosentrizmni “o’z etnik guruhining qadriyatlarini 
afzal bili, boshqa holatlarni aynan shu nuqtaiinazardan turib baholash, o’zining 
milliy sifatlarini ta’kidlashga intilish”
19
tarzida ta’riflaydi. T. Stefanenko esa, 
“etnosentrizm har doim ham o’zga millatlarning qadriyatlarini kamsitishni nazarda 
tumaydi, chunki u o’zgalarga nisbatan hayrihoxlik va toqatn ham nazarda tutadi”
20

deb ogohlantiradi.
Shu o’rinda savol paydo bo’ladi: ho’sh, etnosentrizm salbiy holatmi yoki 
ijobiymi? Fikrimizcha, ushbu masalaga tolerantlilik nuqtai nazaridan yondashmoq 
lozim. Birinchidan, o’z milliy madaniyatini, qadriyatlarini, milliy o’zligini bilish 
aslida pozitiv holat. Ikkinchidan, boshqa o’zga madaniyat vakillarining madaniy 
qadriyatlarini to’la bilmasligimiz va bila olmasligimiz ham tayin gap. 
Uchinchidan, etnosentrizmni millatchilik yoki milliy manqurtlikka tenglashtirish 
ham xatodir. Demak, biz avvalo yuqorida olimlar ta’kidlagan “filtr”imizning toza 
bo’lishi uchun kurashishimiz va uni juda yuqori qo’yib yuborishdan saqlanishimiz 
lozim. Chunki o’zgalar bilan munosabatda faqat o’zimiznikini ta’kidlab, o’zgalarni 
bilmaganimiz bois kamsitish bu millatchilikka va milliy adovatga olib kelishi 
muqarrar. 
17
Мацумото, Д. Человек, культура, психология. Удивительнқе загадки, исследования и открытия \ Дэвид 
Мацумото.- СПб: Прайм-ЕВРОЗНАК, 2008.- 56 с.
18
Большой толковый психологический словарь \ Артур Ребер. Том 2: П-Я.- М.: Вече-Аст, 2003 – С.523 
19
Андреева Г.М. Социальная психология.- 162 б. 
20
Стефаненко Т. Этнопсихология. – М.: Академический проект, 1999 – С. 237


207 
Etnosentrizm fenomeni ikkinchi bir tushuncha - stereotiplar bilan 
chambarchas bog’liq bo’ladi. Stereotiplar – bu u yoki bu guruh a’zolari ongida, 
tasavvurlari va ustanovkalari mujassam bo’lib, qotib qolgan shunday ong 
mahsullariki, ulardan shu guurh a’zolari avvalo o’zlarini, qolaversa, o’zgalarni 
baholashda tayyor “qoliplar” sifatida foydalanadilar. Amerikalik E. Aronson 
stereotiplarga tavsif berarkan, ularning muayyan ijtimoiy guruhning barcha 
vakillarida bor bo’lgan sifatlar tarzida e’tirof etilishi, shu bilan birga aslida har bir 
guruhning alohida a’zosida o’zgia xos xususiyatlar mavjudligini inkor qilinishini 
ta’kidlaydi
21
. Aynan bu holat aslida bizning fikrimizcha, etnosentrizmni keltirib 
chiqaradi. Chunki stereotiplar real, konkret sifatlar asosida shakllangan bo’lishi 
muqarrar, masalan, o’zbeklarning soddaligi – bor narsa. Lekin hamma mutloq 
shunday deyish ham – noto’g’ri, uning yoniga yana boshqa sifatlarni uydirma 
sifatida tirkash undan ham noto’g’ri tasavvurlarni hosil qiladi. Ayniqsa, o’zga 
millat vakillari, o’zimizni ham baholaganda, “yaxshi-yomon”, “to’g’ri-noto’g’ri”, 
“yuqori - past” kabi dixotomiyalardan, solishtirishlardan ogoh bo’lish lozim. 
Shunday qilib, etnik stereotiplar nisbatan barqaror psixologik tuzilmalar 
bo’lib, turli etnik guruh vakillarining axloqiy, aqliy, jismoniy, shaxsiy xususiyatlari 
to’g’risidagi tasavvurlarini ifodalaydi. Etnik stereotiplarning mazmunida odatda 
o’zgalarga muayyan sifatlarni qo’shib aytish, bayon etish xos bo’ladi. Shu nuqtai 
nazardan olimlar etnik stereotiplarni ikkita toifaga bo’ladilar: 
- etnik avtostereotiplar; 
- etnik geterostereotiplar. 
Avtostereotiplar – muayyan etnik guruh a’zolarining o’z qavmi, ya’ni, etnik 
guruhiga nisbatan shakllangan fikrlari, baholari, munosabatlaridir. Odatda 
avtostereotiplar mazmunan ko’proq ijobiy sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan 
bo’ladi.
Geterostereotiplar aksincha, o’zga millat va elat vakillari to’risidagi baholar, 
munosabat va qarashlar bo’lib, ular ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida 
21
Э. Аронсон. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 


208 
xalqlarning o’zaro hamkorlik munosabatlari xarakteriga ko’ra ham ijobiy, ham 
salbiy bo’lishi mumkin.
Etnik stereotiplarning mazmunida eng o’zgarmas va barqaror tuzilma – bu u 
yoki bu baholanayotgan millatning: 
a) tashqi qiyofasi (tog’li xalqlarga nisbatan ularning basavlat, sog’lom 
bo’lishi); 
b) tarixan kelib chiqishi (masalan, tarixan millatning hamisha g’olib kelishi);
v) turmush tarzi (ko’ngliochiq yoki jangari); 
g) mehnat malakalari (mehnatkash yoki tanbal); 
d) muloqandmandlik sifatlari (ochiq, kirishuvchan yoki tunt); 
ye) axloqiy jihatlari (andishali) kabilardir.
Shu kabi sifatlarning (ijobiy yoki salbiy stereotiplar) o’zgarishi eng avvalo 
shu xalqlar o’rtasida ma’lum vaqtlarda o’zaro bordi-keldi va shaxslararo 
aloqalarning o’zgarishi, yaxshi yoki taranglashishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, 
shoxlar va davlat rahbarlarining siyosiy qarashlariga mos ravishda boshqa aloqalar 
(savdo–sotiq, madaniy, diplomatik)ning zavol topishi millat vakillari ongidagi 
o’sha barqaror stereotiplarni “o’chirishi” (vaqtincha bo’lsa ham) mumkin. 
Masalan, bir umr biri biridan qiz olib, qiz berib yurgan, quda–andachilik 
rivojlangan bo’lishiga qaramay, birdan – g’anim millatning qizlari “unchalik 
yaxshi bo’lmay qolishi” ham mumkin.
Shunday qilib, etnik sterotiplarni hamisha ham xolis, obyektiv deyish qiyin. 
Etnik stereotiplarning barqarorlashuvidan ayrim xalqlar cho’chiydilar ham. 
Shuning uchun amerikaliklar turli millat vakillaridan iborat jamiyatni 
“demokratiya jamiyati” deb atab, millatlarni ham yagona “amerika millati” deb 
ataydilar. Bu ularning fikricha, etnik stereotiplarga barham berarmish. Lekin oddiy 
xalq hech qachon o’z ildizlarini unutishni xohlamagandek, etnik stereotiplardan 
ham xoli bo’la olmaydi. Chunki bora–bora etnik stereotiplar mustahkam va 
harakatchan, ya’ni, anchagina dinamik xarakterga ega bo’lgan etnik 
ustanovkalarning shakllanishiga ham turtki beradi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling