Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
Bob yuzasidan tayanch iboralar Milliy did, an’ana, go’zallik, xunuklik, madaniy meros, estetik did Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Etnopsixologiyada milliy did tushunchasi talqini deganda nima tushunasiz? 2. Amerikalik etnopsixologlar D.Makgrenp va A.Uyeynlar nemislar va amerikaliklarning etnopsixologik xususiyatlari nimalar asosida tekshirishgan? 3. Milliy didning vujudga kelishi nimalarga bog’liq? 4. Milliy didning nimalar ta’sirida shaklanadi? 5. Milliy estetik didning o’ziga xosligi nimada? 6. Milliy didga tarixiy tarraqiyot ta’sir ko’rsatadimi? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 198 17.1. Etnik taraqqiyotda milliy ongning shakllanishi Falsafa, etnologiya, ijtimoiy psixologiyaga oid aksariyat ada-biyotlarda milliy ong va milliy o’zini o’zi anglash tushunchalari deyarli farqlanmasdan, sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelinadi. To’g’ri, ular o’rtasida mazmunan uzviy bog’liklik va yaqinlik bor. Ular bir jarayonning turli bosqich va darajalaridir. Shunday bo’lsa ham ularni alohida - alohida tushunchalar sifatida o’rganish darkor. Milliy ong etnik taraqqiyotning ilk bosqichlarida vujudga kelgan etnik ongning davomi bo’lib, o’zining ma’lum millatga (etnik birlikka) mansubligini anglash hisoblanadi. Millatning o’zini o’zi anglashi - etnik psixologiyaning ancha keyin vujudga kelgan murakkab fenomeni hisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning tuzilmasiga kiradi. Milliy o’zini o’zi anglash millatning o’z manfaat, maqsad va motivlarini anglab yetish darajasini bildiradi. Shuningdek u, millat tomonidan o’zining o’tmish tarixi, etnik kelib chiqishi, milliy g’oyalari, kelajagi, jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini bilishi bo’lib, vatanparvarlik milliy g’urur, sha’n, burch ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Agar insonning milliy ongi uning milliy mansublikni anglash orqali, millat hayotidagi voqyealarga bildirayotgan munosabati bo’lsa, milliy o’zini o’zi anglash esa, milliy manfaatlarni bilish, anglash darajasini bildiradi. Bu daraja nechog’lik yuqori bo’lsa, milliy o’zini o’zi anglash ham shunga mos darajada bo’ladi. Milliy ongning eng dastlabki ko’rinishi bo’lmish etnik ong yillar davomida emas, asrlar davomida yagona til, hudud, axloq va urf-odatlar birligi asosida vujudga keladi. Bunda ayniqsa, etnos a’zolari kelib chiqishidagi umumiylikni anglash muhim omil hisoblanadi. Etnik birlikning dastlabki ko’rinishlari hisoblaigan urug’chilik va qabilachilik davrlarida bu xil tushunchalar bir to Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling