Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
Bob yuzasidan tayanch iboralar Urf-odat, an’ana, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik, madaniy meros, 187 Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Milliy urf-odat, an’analar deganda nima tushunasiz? 2. Milliy urf-odat va an’analar shaxsning hayotida qanday vazifani bajaradi? 3. Yangi marosim, urf-odat va an’analarning vujudga kelishi nimalarga bog’liq? 4. Milliy urf-odat va an’analar o’zgarishi mumkinmi? 5. O’zbek oilalaridagi milliy urf-odat va an’analar ta’rif bering? 6. Qoloq urf-odat va an’analar nimalarda ifodalanadi? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 188 16.1. Etnopsixologiyada milliy did tushunchasi talqini Idrok etilayotgan voqyealar va tashqi olamdagi narsalarni bilishdan vujudga keladigan hissiy- ruhiy reaksiya turli xalqlarda o’ziga xos ravishda namoyon bo’ladi. Etnos yashayotgan turfa xil tabiiy sharoitlar - o’rmon, cho’l, dashtlik, tog’, suv havzalari, vodiy va vohalar, shuningdek tarixiy taraqqiyotdagi o’ziga xoslik xalqlarning borliq olamni, uning ne’matlarini, voyealar va hodisalarni idrok etishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Milliy did - bu xalq va millatning ko’pchilik vakillarida tarixiy jihatdan vujudga kelgan go’zallik va xunuklik to’g’risida beriladigan bahodir. Milliy did o’zida milliy o’ziga xoslikni mujassamlantirgan bo’lib, hissiy va ruhiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Shuniig uchun ham uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib bo’lmaydi. Ma’lum milliy muhitda yashab va voyaga yetar ekan, har bir shaxsning ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan "ko’chirma" oladi. Shaxs ajdodlar tomonidan to’plangan madaniy meroslarni o’zlashtirib boradi va uni o’rab turgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, nabotot va hayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg’ular shakllanadi. Odam eng avvalo uni ilk bolalik davridanoq o’rab to’rgan, unga har kun, har soat sayin ta’sir etib turgan, uning amaliy maqsadlari va moddiy ehtiyojlarini qondiradigan narsalarning xususiyatlarini boshqa xalq vakillariga nisbatan chuqurroq idrok etishga o’rganadi. Shuniig uchun ham tabiat va jamiyatdaga biror narsa va hodisa bir millat va elat vakillarida kuchli xissiy-ruhiy reaksiyani keltirgan xolda, boshqa millat va elat vakillari uchun befarq bo’lib qolishi mumkin. Masalan, cho’l qozoq xalqi uchun bir necha yuz yillar mobaynida hayot kechirish Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling