Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
18.2. Etnopsixologiyada
Etnopsixologik xususiyatlarni o’rganishda 209 folklorning o’rni folklor ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. Qadimiy afsona va rivoyatlarni xalq o’zining butun tarixiy taraqqiyoti davomida, turli ijtimoiy ukladlar davrida yaratadi. Shuning uchun xalqnishg bugun kechmishi, uning xohish-istaklari, kelajak bilan bog’liq buyuk orzulari, fikr- tuygulari, axloqiy va ijtimoiy tushunchalari, yashash uchun olib borgan ko’p asrlik tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan folklorni o’rganish shu xalqning psixologik qiyofasini vujudga kelishi yo’llarini tushunishga yordam beradi. Milliy madaniyat va milliy psixologiyaning xususiyatlari, uning ichki emosional tomonlari maqol va matallarda, o’hshatish va nutqda yaqqol namoyon bo’ladi. Har bir xalq o’zining o’tkir maqollariga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu tasvirlilik bevosita xalqning hayoti va maishiy turmush tarzi, uning tarixi va tabiati bilan bog’liq bo’ladi. Bu yerda xalq borlikni o’ziga xos ravishda idrok etuvchi san’atkor sifatida namoyon bo’ladi. Maqol va matallar, xikmagli gaplar bir necha asrlar, necha avlodlarning aql-zakovat chig’irigidan o’tib sayqallangan xalq donoligidir. Ajdodlarimiz yaratgan xikmatli gaplar necha avlodlarning manaviy ehtiyojlarini qondirib kelgan. O’zbek xalqiga xos bo’lgan keksalarni hurmat qilish, mehmondo’stliq mehnatsevarlik kabi xususiyatlar ular yaratgan ko’pgina maqollarda o’z aksini topgan. Masalan, ota-ona va keksalarni hurmatlash to’g’risida yaratilgan maqollar: “Otalar so’zi- aqlning ko’zi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmaydi”, “Yosh kelsa ishga, qari kelsa, oshga”, “Oltinniig eskisi bo’lmas, ota- onaning bahosi” va shu kabi. Yoki mehmondo’stlikka doir maqollar va matallar ham ko’p: “Mehmon otangdek ulug’”, “Mehmon kelar eshikdai, rizqi kelar teshikdan”, “Mehmonga osh qo’y, ikki qulini bo’sh qo’y” , “Bug’doy noning bo’lmasin, bug’doy so’zing bo’lsin” va shu kabi. Mehnatsevarlikka doir: “Elga xizmat - oliy himmat; Ish ishtaha ochar, dangasa shundan qochar. Mehnat, mehnatning tagi - rohat; Yaxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ qolar; 210 Oltin o’tda, odam mehnatda sinaladi. Milliy tuyg’ular, kayfiyat va temperament aynihsa, milliy raqslarda va musiqada yorqin namoyon bo’ladi. Ayni san’atning shu turlarida, ayrim tadqiqotchilar aytgan "qulga tushmas" va "anglash qiyii bo’lgan" etnopsixologik xususiyatlar "mana, men", deb ko’zga yaqqol tashlanadi. Zero, rus xalq kuyini xind musiqasdan, yoki o’zbek raqsini ukrain xalq raqsidan farqlash uchun san’at sohasida chuqur bilimga ega bo’lish shart emas. Etnopsixologik xususiyatlar xalq hayotiiing butun borlig’ida namoyon bo’libgina qolmasdan, shuningdek, shu millatga mansub bo’lgan shaxslarning kundaliq muomalasida, xatti-harakatlarida ham ma’lum darajada o’z ifodasini topadi. Chunki har bir inson bolasi ma’lum bir Vatan farzandi, shaxs sifatida muayam bir jamiyat mevasidir. Bizning dunyoni bilishdagi turli-tuman tasavvur va tushunchalarimiz ham shu jamiyatnipg va etnik muhitning bizga ko’rsatayotgan ta’siri ostida vujudga kelgan. Mana shu o’ziga xoslikni o’rganish va tushuntirib berish etnopsixologiya fanining asosiy vzzifalaridandir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling