Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan 
hisoblanib, milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashqil qiladi. Shuni 
alohida ta’kidlash kerakki, yaqingacha, "milliy psixologik qiyofa" va "milliy 
xarakter" terminlarini sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelindi. Ma’lum darajada 
ular mazmun jihatidan va ruhiyatning asosiy xususiyatlariga taalluqligi bilan bir-
biriga yaqin kelsa ham, lekin ular ayni bir tushuncha emas. Shunga qaramasdan 
ayrim mualliflar (Sh. Botirov, N. Jondildin, Klomidze), xorijdagi deyarli barcha 
mualliflar "milliy xarakter"ni millatning butun psixologik xususiyatlarini ifodalash 
uchun qo’llashadi.
"Milliy psixologik qiyofa" "milliy xarakter"ga qaraganda kengroq tushuncha 
bo’lib, "milliy xarakter" uning tarkibiy qismiga kiradi. "Xarakter" maxsus termin 
sifatida ko’pincha, barqaror ruhiy xususiyatlar majmuasi sifatida tushuniladigan 
"milliy psixologik qiyofa"ga qaraganda torroqdir. Bundan tashqari milliy xarakter 
etnik psixologiyaning milliy psixologik qiyofaga qaraganda ancha harakatchan, 
o’zgaruvchan elementidir. Milliy xarakter asosan etnik birlikning millat sifatida 
shakllangan davrida vujudga kelgan bo’lsa, milliy psixologik qiyofa etnik 
birlikning barcha tarixiy bosqichlariga ham taalluqlidir. Tadqiqotchilar tomonidan 
milliy psixologik qiyofaning nafaqat tabiati va mohiyati tahlil qilinib, sharhlanib 
XIV BOB
MILLIY XARAKTER MUAMMOSI


167 
qolmasdan, shuningdek uning tuzilmasi (strukturasi) ham o’rganilib, bu haqida 
turlicha karashlar mavjud.
Milliy 
psixologik 
qiyofaning 
ichki 
tizimi 
va 
tuzilmasi 
masalasi 
A.I.Goryacheva, S.M.Arutyunyan, A.Bagramov, S.M.Junusov, B.D. Parigin, 
F.N.Filatov va boshqa tadqiqotchilar asarlarida, ilmiy ishlarida atroflicha 
yoritilgan. Bu mualliflar milliy psixologik qiyofaning ijtimoiy hayotning real 
voqyealigi, millatning belgilaridan biri ekanligini tan olishda hamfikr bo’lsalar 
ham lekin uning strukturasini belgilashda turli-tuman qarashlarga egalar. 
A.I.Goryacheva fikricha, milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy xarakter, odatlar, 
did, an’analar kiradi. 
Milliy psixologik qiyofa tizimining N.Sarsenbayev o’ziga xos ravishda talqin 
qilib beradi. Uning fikricha, milliy psixologik qiyofada o’zaro bog’langan va bir-
birini taqozo etuvchi uchta tarkibiy qism mavjud. Bu tarkibiy qismga: 
a) milliy xarakter 
b) milliy milliy urf-odatlar 
v) milliy an’analar kiradi. 
Bizning fikrimizcha, milliy psixologik qiyofa, avvalo milliy xarakter, milliy urf-
odat va an’analar, so’ngra milliy tuyg’ular va ancha barqaror bo’lgan milliy did 
(ta’b) kabi elementlarda to’la namoyon bo’ladi va milliy ong bilan birgalikda etnik 
psixologiyaning betakror va o’ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling