Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

14.2. Milliy xarakter 
tushunchasi
Milliy 
xarakter 
ilmiy 
izlanishlarda 
bir 
tomondan, tadqiqot obyekti sifatida biroz 
murakkab, ammo aslida o’rganish mumkin 
bo’lgan ijtimoiy-tarixiy hodisadir. 
U milliy psixologik qiyofaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Milliy xarakter millat hayotidagi tarixiy kategoriya bo’lib, uni o’rganish, 
tushuntirib berish uchun shu millat hayotini, tarixini, madaniyati, qadriyatlari, urf 
odatlarini yaxshi bilishi zarur. 
XIX acrda turli xalqlarning etnopsixologik xususiyatlarni|o’rgangan ko’plab 
mualliflar o’z asarlarida milliy xarakterni real voqyelik sifatida mavjudligini e’tirof 


168 
etgan. Masalan, faylasuf E.Frenshrish
 
Angliya tarixini o’rganar ekan, fransuz va 
nemislarga aslida xos bo’lmagan, lekin davrlar o’tib shakllanib borayotgan 
mustaqillik, o’ziga ishonch xususiyatlarining rivojlanganligini ko’rsatib beradi. 
Muallif inglizlarninrg milliy xarakteri nemislarnikidan ham, fransuzlarnikidan 
keskin farq qiladi, - deb yozgan edi u. Ma’lumki, xarakterning mavjudligini inkor 
etuvchi ayrim mualliflar rus va ukrain, gruzin va armanlar, nemis va fransuzlarni 
bir-biridan farqlovchi xususiyatlarni ko’rsatib bering, deyishadi. Diqqat qilib 
o’rganish va tekshirish jarayonida hamma xalqlarning milliy xarakterida bir-
biridan farq qiluvchi xususiyatlar borligini bilib olish mumkin. Milliy xarakterdagi 
bu farqlarni xatto kundalik hayotda ham ko’plab uchratamiz. Millat xarakterining 
realligini himoya qiluvchi mualliflar shunday bir epizodni tasavvur qilishni tavsiya 
etishadi. Agar vagon kupesiga bir notanish ingliz chiqib qolsa, u kupedoshi bilan 
safarlarining oxirigacha ham gaplashmay, yaqindan suhbat qurmay ketishi 
mumkin... O’zbeklarchi! Aksincha, bir-biri bilan yaqindan tanishib, bir-birining 
butun hayotini bilib ulguradi.
Rossiyalik yirik ijtimoiy psixolog olima Galina Andreyeva milliy xarakterga 
quyidagicha ta’rif beradi: “Milliy xarakter – etnik (milliy) guruhning psixologik 
qiyofasi xususiyatlarini bayon etishda ishlatiladigan keng tarqalgan tushunchadir. .. 
Gap qandaydir xaarkter xususiyatlarining majmuasida emas, balki ushbu 
majmuadagi u yoki bu qirraning namoyon bo’lish darajasi haqida ketishi lozim
14
”. 
Muallifning ta’kidlashicha, milliy xarakterni tadqiq etishda millatning odatlari, 
a’nalaridan tashqari, “millatning tili katta rol o’ynashini unutmaslik lozim, chunki 
ijtimoiylashuv jarayonida milliy xarakter sifatlarining bir avloddan boshqa avlodga 
o’tishi bevosita til orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy muhitning o’zgaruvchanligiga 
qaramay, milliy xarakterning nisbatan barqarorligi aynan tajribaning avlodlararo 
vorisligi ta’minlanishidagi inersiyaga bog’liqdir
15
”. G. Andreyeva shunga 
qaramay, u yoki bu millat vakillarida xarakterida muayyan qiralar va sifatlarni 
mutloq shu millatgagina xos deyishdan, yoki u yoki bu millatda biror xaakter 
14
Андреева Г.М. Социальная психология: Учебник для высщих учебных заведений/Г.М. Андреева.- 5-е изд., 
испр. И доп. – М.: Аспект Пресс, 2003 – (364 с.) – С.160-161 
15
Андреева Г.М. , ўша манба, 161 б. 


169 
sifatining yo’qligini e’tirof etishdan ehtiyot bo’lishga chaqiradi. Masalan, u bu 
o’rinda botirlik, mehnatkashlik, vazminlik kabilarni nazarda tutadi. Bu o’rinda 
ayniqsa milliy va ijtimoiy xulq-atvorga oid xarakter sifatlarining o’zaro bog’liq 
ekanligini unutmaslik lozim. 
Xalqlarning turlicha xarakter xislatlariga ega bo’lishligi, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy tajribasi, tarixiy taraqqiyoti va tabiiy yashash sharoitlari bilan belgilanadi. 
Bunda ijtimoiy munosabatlar milliy xarkterning shakllanishida yetakchi rol 
o’ynaydi. Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari 
asosida millat vakillari milliy mafkura manfaatlariga mos bo’lib tushadigan o’z 
milliy xarakteriga mos idealni yaratadi. Shu davrdagi xarakter tipi odamlaring 
yashash tarzini aks ettiradi. Xalqning butun tarixi davomida orttirgan har bir 
xarakter 
xislatlarining 
vujudga 
kelishi 
insonlar 
ruhiyatiga 
atrofdagi 
voqyeliklarning uzoq vaqt davomida ta’sir etib turishi bilan bog’likdir. Milliy 
xarakterga qanday ruhiy xislat va sifatlarni kiritish mumkin. Shuni ta’kidlash 
kerakki, "milliy xarakter" tushunchasi xaqida hali ham umumiy bo’lgan bir xil 
qarash mavjud bo’lmasa ham, lekin unga kiruvchi xislatlar to’g’risida umumiy 
bo’lgan fikrlar mavjud.
Ko’p tadqiqotchilar milliy xarakterga, mehnatga munosabat asosida 
shaklalnadigan sifatlarni, ya’ni, mehnatsevarlik, tirishqoqlik, maqsadga 
yo’nalganlik, Vatanga munosabat asosida yotuvchi vatanparvalik, erksevarlik, 
jangovarlik sifatlarini kiritishadi. Bizning fikrimizcha, yuqoridagi xislat va sifatlar 
bilan bir qatorda milliy xarakter tarkibiga yana millatning tafakkur qilish, fikr 
yuritish xislatlarining o’ziga xosligini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, 
millat vakillarining boshqa xalqlarga bo’lgan munosabati va shu millat 
vaqillarining o’zaro munosabatlarini belgilovchi xususiyatlar ham kiradi. 
Milliy xarakter va etnik psixologiyani o’rganishning muholiflari esa, milliy 
xarakter namoyon bo’ladigan yuqorida ta’kidlangan xislatlarning qaysi biri birorta 
xalqda yoki millatda mavjud emas, deb savol qo’yishadi. Bu da’vo ham bir 
qarashda o’rinli. Milliy xarakterni o’rganishda tadqiqotchilar duch keladigan 
metodologik qiyinchilik ham mana shunda. Darxaqiqat, xarakterning qaysi bir 


170 
xususiyatini olib ko’rmaylik, albatta, uning barcha xalqlar va millatlarda ham 
mavjud ekanligini ko’ramiz. Masalan, erksevarlik, dovyuraklik, mehnatsevarlik, 
vatanparvarlik kabi xislatlar hamma xalqlarga xos bo’lgan xususiyat bo’lgan xolda, 
bu sifatlar o’zining namoyon bo’lishi, tuzilishi jihatidan barcha xalqlarda bir xil 
kechmaydi. Zero, xarakter xislatlarini keltirib chiqaruvchi yashash tarzi, tarixiy 
taraqqiyot va faoliyat sharoitlari aynan bir xil bo’lmaganligi sababli, yuqoridagi 
xarakter xislatlarning namoyon bilishi ham ularda aynan bir xil bo’lolmaydi. 
Kavkazdagi tog’li xalqlarning hayoti va yashash tarzini o’rgangan 
tadqiqotchilarning barchasi bir ovozdan ularda jangovorlik, mag’rurlik kabi 
xarakter xislatlari kuchli ekanligini e’tirof etishadi. Ularning bu xarakteri, -deb 
yozadi T.Ch.Chomayev, - tog’li xalqlarning tashvishli va xavf-xatarga to’la 
hayotlarining in’ikosi bo’lib, unga moslashish zarurati natijasidir. Zero, bu xalqlar 
uchun tashqi ta’sirlarning butun kompleksi: tog’ sharoitining og’irligidan tortib, 
jangovorlik 
shon-shuhratigacha, 
beshikdagi 
alladan 
tortib 
epik 
xalq 
dostonlarigacha o’z erki va ozodligini saqlab qolish uchun mardlik va matonatli, 
qahramonlik va jasurlikni tarbiyalashga qaratilgan edi.
Mehnatsevarlikning hamma xalqlarga xos fazilat ekanligiga ham shak-shubha 
keltirmaymiz. Lekin, shuning bilan birgalikda jamiyatping ijtimoiy-iqtisodiy 
qurilishi, geografik iqlim sharoiti, shu xalq tomonidan qabul qilingan mehnat 
qilishiga bo’lgan munosabatga qarab, mehnatsevarlik hamma xalqlarda bir xilda 
ham namoyon bo’lavermaydi. 
Malumki, Gollandiya mo’jazgina kichik maydonga ega mamlakat. Maydoni 
jihatidan u ancha-muncha davlat yoki undagi viloyatdan kichik, lekin shu 
mamlakat butun Rossiyani boqishga yetarli bo’lgan qishloq xo’jalik mahsuloti 
ishlab chiqarar ekan. Vaholanki, Gollandiya xalqi tabiiy-geografik sharoitiga ko’ra, 
dengiz atrofidagi botqoq va toshloq yerlarni o’zlashtirib, unumdor yerga 
aylantirish uchun og’ir sharoitlarda ish olib boradi. Natijada ularda tirishqoqlik va 
sabotlilik bilan mehnat qiladigan kishilarga nisbatan mehr-muhabbat bilan qarash 
shakllangan. Ota-onalar ham ilk yoshlikdan oilada o’z farzandini shu ruhda 
tarbiyalashga harakat qilar ekan. Bola sal-pal gapni tushunadigan bo’lgach, ona 


171 
uning kaftini ochib u yerda ikki egri-bugri chiziqlarni ko’rsatib, “M-men-odam; 
W-work-mehnat, odam mehnat uchun tug’iladi”, deb tushuntirar ekan.
Sevimli va iqtidorli shoirimiz A.Oripov o’zbek xalqining ham mehnatkash va 
zahmatkash ekanligini ulug’lab, o’zbekistonlik dehqonning bu xislatlarini 
"Saraton" she’rida bunday tasvirlaydi:

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling