Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’


Download 80.42 Kb.
bet2/20
Sana25.02.2023
Hajmi80.42 Kb.
#1231453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5258411297527044249

Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism.
I.BOB. Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi.
1.1. Fan va ta'lim sotsiologiyasi.
1.2. Din sotsiologiyasi.
1.3. Madaniyat sotsiologiyasi.
II.BOB. Axloq sotsiologiyasi.
2.1. Milliy mafkura va uning sotsiologik asoslari.
2.2. Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-nazariy shart-sharoitlari.
2.3. Antik davrning qomusiy olimlari, ijtiloiy-falsafiy ta’limotlari.
III.BOB.Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari zamonaviy sotsologiyaning muhim manbalari sifatida.
3.1.Sotsologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
3.2.Nazariy va amaliy sotsiologiya.
3.3.Sotsiologiyadagi yo‘nalishlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
Sotsiologiyaning predmeti va obyekti.Sotsiologiya (lotincha societas – jamiyat va yunoncha Logos – ta’limot) – so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan.Sotsiologiya inson hayotining ijtimoiy jihatlari o‘rganadi.
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri O. Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. E. Dyurkgeym sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi.
Marksizmda sotsiologiya predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyatda va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.
Hozirgi bizning adabiyotlarda sotsiologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishi to‘g‘risida fandir.
Sotsiologiyaning obyekt jamiyatning boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir.Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‘libgina qolmay, balki maxsus sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o‘rganmaydigan o‘z obyektiga ega. Uning o‘ziga xos sohasi sotsial reallik bo‘lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‘zaro tashkil etilish usullari sotsiologiyaning obyekti bo‘ladi. Insonlarning o‘zaro aloqalarga, hamkorlik munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling