Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’
O.Kont pozitiv sotsiologiya faning asoschisi
Download 80.42 Kb.
|
2 5258411297527044249
O.Kont pozitiv sotsiologiya faning asoschisi. O. Kont sotsiologiya fanini fan sifatida rivojlantirishga katta xizmat qilgan jamiyatshunos olimdir. Uni bejiz sotsiologiyaning “ota”si hisoblashmaydi.O.Kont tufayli sotsiologiya jamiyat haqidagi mustaqil fan sifatida rivojlandi. 1830-1842 yillarda o‘zining mashxur 6 tomlik “Pozitiv falsafa kursi”kitobini chop ettiradi.Unda fanlar klassifikatsiyasi, pozitiv falsafa va sotsiologiya prinsiplarini ishlab chiqdi.1842 yilda inson muammosini o‘rganadi va 1848-yil “Pozitiv jamiyat” nazariyasini ishlab chiqdi.Umrining oxirgi yillarida yangi “diniy” ta’limot-pozitivizm ya’ni sotsial fanlar asosida insoniyatni ahloqiy birlashishini, jamiyatni qayta qurishni asos tutuvchi g‘oya bilan shug‘ullandi.Fanni metafizika va teologiyadan ajratish Kont metodining asosiy g‘oyasi edi.U pozitiv so‘ziga bir necha ma’noda qaradi.Eng muhimi bo‘lmag‘ur xomxayollik, ishonchsizlik, noaniqlik kabi salbiy xodisalarga tanqidiy fikrini bayon etdi.O.Kont jamiyat haqidagi pozitiv fanni dastlab sotsial fizika, keyinroq esa sotsiologiya deb atadi.Sotsiologiya jamiyat xodisalarini fundamental qonunlarini o‘rganuvchi hamda “sotsial fizika”dan farqli o‘laroq nazariy fan ekanini tadqiq etdi.Kont sotsiologiyani inson aql zakovati va psixikasi qanday qilib ijtimoiy hayot ta’siri ostida takomillashib borishi mumkinligini tushuntiruvchi yagona fandir deb bildi. Kont nuqtai nazariga ko‘ra, sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. “Pozitiv usul” ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
O. Kont tomonidan 1839 yilda “Pozitiv falsafa kursi” asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida sotsiologiya atamasini qo‘lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi. Keyinchalik sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy analiz qilishni sotsial faktlarni empirik tadqiq qilish bilan qo‘shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. O.Kont sotsiologiyani 2 qismga ajratadi: a) sotsial statistika va b) sotsial dinamika. Sotsial statistikada ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funksional qonuniyatlari o‘rganilishini ko‘rsatadi. Unda ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din kabilar tadqiq etiladi. Sotsial dinamikada esa O.Kont ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutib, jamiyatning ma’naviy va aqliy rivojiga insoniyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Bu tamoyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O.Kont: “Har qanday bilim tafakkur mahsulidir va u insoniyat manfaatlariga xizmat qilishi kerak, aks holda bu bilimlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilsa, jamiyatga katta zarar keltiriladi”, degan edi. Download 80.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling