Sotsiolingvistika nima jumayeva muxlisa sotsiolingvistika lot societas — jamiyat va lingvistika


Download 1.23 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1057289
  1   2   3
Bog'liq
SOTSIOLINGVISTIKA


SOTSIOLINGVISTIKA
NIMA???
JUMAYEVA MUXLISA

Sotsiolingvistika (lot societas jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va boshqa fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha.


JUMAYEVA MUXLISA

Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, "til va jamiyat") umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi.


JUMAYEVA MUXLISA

Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQSHda shakllangani koʻp aytilsa ham uning markaziy masalasi boʻlgan til va jamiyatning oʻzaro taʼsiri, tilning jamiyatda tutgan oʻrni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir qarashlar hind, yapon, ingliz, nemis va chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika nomi ostida boʻlmasada, oʻrganilgan edi. Amerika tilshunosi U.Labov faol sotsiolingvistik tadqiqotlar koʻp tilli Hindistonda hindiyni yagona davlat tiliga aylantirish gʻoyasi bilan bogʻliq vaqtlardayoq boshlanganini qayd etadi.


JUMAYEVA MUXLISA

“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o’zaro munosabatini, vaqt va zamonda o’zgarishini va hokazolarni tahlili qilish bilan shug’ullansa, sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko’ra qanday qo’llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o’rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada tomi ketmoq iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikada esa qaysi nutq vakili tilidan aytilgani o’rganiladi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling