Sotsiolingvistika va diskurs


Download 0.66 Mb.
bet26/37
Sana26.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1126818
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
SotsiolingvistikaUMK

Y.D.Polivanovning 20-yillardagi tadqiqotlarida birinchi marta jamiyatning tilga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo'lmasligi, jamiyatdagi o'zgarishlaming til evolyusiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi, biroq uning xosiyat va yo‘nalishiga (tilning ichki qonuniyatlari bilan aniqlanadigan) ta’sir qila olmasligi qayd qilingan edi.Oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada sotsiologik va sotsiolingvistik yo‘nalishdagi empirik tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojning vujudga kelishi g‘oyat tabiiy edi. Ilgari ahoiining ozchilik qismini tashkil qilgan ziyolilar tili bo‘lgan rus adabiy tili endilikda butun xalqning muloqot vositasi sifatida keng funksiyalami zimmasiga olishi lozim edi. Shunday qilib, rus adabiy tili sohiblari sonining tarkibi tubdan o'zgardi. Biroq barcha til darajalarida dialekt va jargonlaming kuchayishi oqibatida adabiy til me’yoriga tahdid solindi. Oktabrgacha va undan keyin rus milliy tilining ichida ma’lum darajada ijtimoiy dialektlar vazifasini ham bajaruvchi hududiy dialektlar katta rol o‘ynadi. Shunga ko‘ra, sotsiolingvistik muammolar yoritilgan (til va uning qoilanishida ijtimoiy omillar ta’sirini hisobga olgan) aksariyat izlanishlaming markazida ijtimoiy dialektologiya masalalari ham muhim o‘rin tutdi.Bu davrda tilshunoslikdan ijtimoiy munosabatdagi guruhlar tilini, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va til hodisalari aloqasini tushuntirib beradigan metodlar ishlab chiqish talab etildi. Sotsiolingvistika oqilona til siyosati yurgizish uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur edi.Sotsiolingvistik tadqiqotlardagi mazkur yo‘nalishining keyingi rivoji N. Y. Marr va uning maktabi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi. N.Marr tilga o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming bevosita ifodasi sifatida qaradi. U uchun til ideologik ustqurmaning bir qismi edi. N.Marr til stratifikatsiyasining ijtimoiy shartlarini va sotsiolingvisik muammolarning qo'yilishini tadqiq etishda hech qanday zaruratni ko‘rmadi. Shunday qilib, 30-yillaming oxiri va 40-yillarda, sobiq ittifoqda ko‘zga ko‘rinarli sotsiolingvistik tadqiqotlar deyarli olib borilmadi. 1950-yilda I. Stalin N.Marming ta’limoti va uning maktabini g‘ayrimarksistik va vulgar-materialistik oqim sifatida rad etdi.60-yillaming boshlarida zamonaviy jamiyatning talabi bilan sotsiolingvistikada yangicha yo‘nalish maydonga keladi. Bu davrdagi tadqiqotlaming markazidan ko‘p millatli ittifoqqa xos bo‘lgan ikki tillilik va ko‘p tillilik jarayonlari o ‘rin oldi. Xususan, katta ijtimoiy jamoaga xizmat qiladigan bir yoki bir necha tillami o‘rganadigan makrosotsiolingvistika vujudga keldi. Mikrojamoalardagi (oila, ishlab chiharish guruhi va h.k.) lisoniy va kommunikativ jarayonlar deyarli o'rganilmadi. Rus tili millatlararo muloqot vositasi sifatida tadqiq qilingan bo‘lsa-da, biroq qator masalalar ochiq qoldi.Rus tilining azaliy tarqalgan hududlarda, til egaiarining turli qatlamlari va guruhlarida qo‘llanilishi nafaqat tilning ichki qonuniyatlarini, balki qaysidir darajada tashqi omillami ham shart qilib qo‘yadi. Bunday omillami, ulaming til jarayonlari va munosabatlariga ta’sirini o‘rganish rus sotsiolingvistikasining muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling