Sotsiolingvistika va diskurs
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y.D.Desheriev, A.D.Shveytser, V.A.Avrorin, A.A.Leontev, L.B. Nikolskiy, T.B.Kryuchkova, L.P.Krisin, V.M. Alpatov, N.B Mechkovskaya va V.I.Belikov
- A.D. Shveytser
1966-yil 24-26-mayda Moskvada bo‘lib o‘tgan yetakchi tilshunoslaming yig'ilishi sotsiolingvistikaning rivojlanishida muhim turtki vazifasini o‘tadi. Unda, asosan, til va jamiyat munosabatlari tadqiqotlarining nazariy masalalariga e’tibor haratildi. Bunday tadqiqotlaming hajmi va yo‘nalishi qanday bo'ladi, degan savol atrofida qizg‘in munozaralar olib borildi. SSSR FA qoshida Sovet Ittifoqi millatlari tillarining rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Y. D. Desheriev raisligidagi ilmiy kengash tashkil qilindi.Keyingi davrlarda sotsiolingvistika faniga Y.D.Desheriev, A.D.Shveytser, V.A.Avrorin, A.A.Leontev, L.B. Nikolskiy, T.B.Kryuchkova, L.P.Krisin, V.M. Alpatov, N.B Mechkovskaya va V.I.Belikov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
Y. D. Desherievning “Проблема функционального развития языков и задачи социолингвистики” nomli asari dastur vazifasini o‘tovchi xususivatga ega bo‘lib, unda ichki lisoniy va tashqi lisoniy omillaming o‘zaro munosabati, shuningdek, tilning ijtimoiy fimksiyalari masalalari markaziy o‘rinni egallaydi. Muallif mazkur ishida qator muhim sotsiolingvistik vazifalami, jumladan, tillaming funksional, sotsiolingvistik tasnifini, multilingvizmning tadqiqi, ilmiy-texnik terminologiyani ishlab chiqish, ijtimoiy omillar va ulaming til, til va jamiyat, til va madaniyatning rivojlanishidagi ahamiyatini ko'rsatib beradi. Y.Desheriev adabiy tillaming amaldagi vazifalariga xos tadqiqni sotsiolingvistikaning asosiy vazifalaridan biri, deb hisoblaydi. A.D. Shveytser o‘zining dastur ahamiyatiga molik “Некоторые актуальные проблемы социолингвистики”1 nomli maqolasida zamonaviy sotsiolingvistikaning vazifalari va metodlarini izohlab beradi. U sotsiolingvistik tipologiya (tillar va til guruhlarini ulaming vazifa doirasiga ko‘ra miqdor va sifat jihatdan tasniflash)ni yaratish zarurati, shuningdek, til siyosati amaliyotida sotsiolingvistikaning qanchalik katta rol o'ynashi to‘g‘risida yozadi. Muallif “К проблеме социолингвистической типологии” nomli maqolasida o‘z funksiyasiga ko‘ra farqlanadigan til variantlarini qiyoslash uchun umumiy tamoyillar va mezonlarni ishlab chiqish talabini ilgari suradi.Hozirgi kunga kelib, Rossiyada sotsiolingvistika fan sifatida to’la shakllangan va o‘z mavqeyini qat’iy belgilab olgan. Sotsiolingvistika sohasida talaygina keng ham’rovli ishlar amalga oshirilgan. Masalan, V. I. Belikov, L. P. Krisinlaming “Социолингвистика” (2001), V. I. Belikovning “Русские пиджины” (1997), N.B. Mechkovskayaning “Социальная лингвистика” (1996), T. G. Vinokuming “Говорящий и слушающий: Варианты речевого поведения” (1993), V. М. Alpatovning “ 150 языков и политика” (1997), М. V. Dyachkovning “Социальная роль языков в межэтнических обществах” (1993), “Мажоритарные языки в полиэтнических (многонациональных) государствах” (1996), Т. В. Kryuchkovaning “Типология языковых конфликтов” (1994), X. Yaxnovning “Социолингвистика в России (90-е годы)” (1998) tadqiqotlari shular jumlasidandir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling