Sotsiolingvistika va diskurs


Rossiyadagi sotsiolingvistik tadqiqotlar


Download 465.5 Kb.
bet10/13
Sana21.11.2023
Hajmi465.5 Kb.
#1791770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sotsiolingvistika va diskurs-fayllar.org

Rossiyadagi sotsiolingvistik tadqiqotlar.
Reja:
Rus tilidagi dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar.
Y.D.Polivanovning 20-yillardagi tadqiqotlari.
Rus sotsiolingvist olimlari
G‘arb davlatlaridagi sof tarixiy yoki rasmiyatchilik xususiyatiga ega Tadqiqotlardan farqli o’laroq, sobiq SSSRda I. A. Boduen de Kurtenening til
hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qoTlanishi va
rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari
katta rol o'ynagan. 1974-yilda “Русский язык за рубежом” jumalida e’lon
qilingan maqolada N. G. Mixaylovskaya I.A. Boduen de Kurteneni “rus va
sovet tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi”, deb
atagan.XX asming 20-30-yillaridagi sotsiolingvistik yo‘nalishdagi dastlabki
empirik tadqiqotlar A. M. Selishev, L.P. Yakubinskiy, L. I. Barannikova,
U. Uspenskiy, V.M. Jirmunskiy, Y.D. Polivanov, V.V. Vinogradov,
BA. Larin, K. N. Derjavin va G. O. Vinokurlaming nomi bilan bog’liq.R.O.Shoming “Til va jamiyat” nomli kitobi (1926) til sotsiologiyasiga doir birinchi ilmiy asar edi. Unda til inson organizmining tabiiy biologik
funksiyasi sifatida emas, balki ijtimoiy shartlangan jamiyat mahsuli sifatida
tushuniladi.20-yillardagi izlanishlar sinxron sotsiolingvistik ruhda bo’lib, ular inqilobdan keyin tilda yuz bergan o‘zgarishlar va til gumhlari masalasiga bag‘ishlangan edi. Ularda til ijtimoiy hodisa sifatida marksistik ta’limot nuqtayi nazaridan o'rganildi. Sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan sotsiolingvistika tarixiy materializm va marksistik sotsiologiya nazariyasi - jamiyatning ijtimoiy struktura nazariyasiga, ijtimoiy tizimlar, shaxs sotsiologiyasi nazariyasiga asoslangan edi.
Y.D.Polivanovning20-yillardagi tadqiqotlarida birinchi marta jamiyatning tilga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo'lmasligi, jamiyatdagi o'zgarishlaming til evolyusiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi, biroq uning xosiyat va yo‘nalishiga (tilning ichki qonuniyatlari bilan aniqlanadigan) ta’sir qila olmasligi qayd qilingan edi.Oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada sotsiologik va sotsiolingvistik yo‘nalishdagi empirik tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojning vujudga kelishi g‘oyat tabiiy edi. Ilgari ahoiining ozchilik qismini tashkil qilgan ziyolilar tili bo‘lgan rus adabiy tili endilikda butun xalqning muloqot vositasi sifatida keng funksiyalami zimmasiga olishi lozim edi. Shunday qilib, rus adabiy tili sohiblari sonining tarkibi tubdan o'zgardi. Biroq barcha til darajalarida dialekt va jargonlaming kuchayishi oqibatida adabiy til me’yoriga tahdid solindi. Oktabrgacha va undan keyin rus milliy tilining ichida ma’lum darajada ijtimoiy dialektlar vazifasini ham bajaruvchi hududiy dialektlar katta rol o‘ynadi. Shunga ko‘ra, sotsiolingvistik muammolar yoritilgan (til va uning qoilanishida ijtimoiy omillar ta’sirini hisobga olgan) aksariyat izlanishlaming markazida ijtimoiy dialektologiya masalalari ham muhim o‘rin tutdi.Bu davrda tilshunoslikdan ijtimoiy munosabatdagi guruhlar tilini, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va til hodisalari aloqasini tushuntirib beradigan metodlar ishlab chiqish talab etildi. Sotsiolingvistika oqilona til siyosati yurgizish uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur edi.Sotsiolingvistik tadqiqotlardagi mazkur yo‘nalishining keyingi rivoji
Download 465.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling