Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o’ziga xos o’rni.
Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi, eng avvalo o’sha fanlarga oid ma’lumotlardan u yoki bu tarzda foydalanishi bilan izohlansa, o’z navbatida sotsiologiyaga oid xulosalardan foydalanib boshqa fanlar ham rivojlanadi. Sotsiologiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy fandir. Jamiyatning rivojlanishi, kishilar o’rtasidagi munosabatlar yangidan - yangi sifatlar bilan boyib borishi, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalarining yanada takomillashib borishi va boshqa ko’pgina faktorlar bugunki kunda sotsiologiyani mavqeini yanada oshirmoqda, ijtimoiy fanlar ichida etakchi o’rin egallashiga imkon bermoqda. O’z navbatida sotsiologiya fani jamiyat taraqqiyotiga amaliy xulosalari bilan ta’sir etadi. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham bilish mumkin. Bu mamlakatlarda sotsiologiya fani ham nazariy, ham amaliy jihatdan yuksak darajada rivojlanib, sotsiologik tadqiqotlar markazlari, mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi alohida e’tibor, ishlab chiqarishdagi sotsiologik xizmat zaruratini yanada oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |