Jamiyatning ijtimoiy, tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
1. Sotsial stratifikatsiya, sotsial mobillik tushunchalari1.
2. Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari.
3. Ijtimoiy-sinfiy munosabatlar.
4. Ijtimoiy demografik munosabatlar.
Jamiyattaraqqiyotiijtimoiyguruhlar harakterigava o‘zaro aloqadorligiga bog‘liq. Uning harakteriga: oila, maktab, davlat partiyalar, iqtisodiyot, fan, madaniyat, matbuot, sog‘liqni saqlash kabi sohalarning rivojlanishi o‘zaro mos ravishda bo‘ladi. Anashu guruh munosabatlarida qaysilari peshqadam rol o‘ynaydi? Qaysilari asosiy rol, bo‘ysunuvchi harakterga ega «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi», deb Konstitutsiyada ko‘rsatilgan.
Har bir ijtimoiy guruh ,ayrim olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o‘z o‘rniga ega. Shaxs o‘zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi.
Sotsial munosabatlar – jamiyat, ijtimoiy tizim tushunchalari bilan uzviy bo‘g‘liq bo‘lib, ularning har biri sotsial munosabatlarning tarkibiy elementini tashkil qiladi.
Ijtimoiy tizim – o‘zaro bog‘langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o‘z ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo‘lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo bilan munosobatlarining serqirraligi va o‘z -o‘zini tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy tizim hisoblanishi mumkin.
Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida to alohida olingan insongacha bo‘lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo‘ladi:
1. Sotsiental munosabatlar.
2. Ijtimoiy munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |