Sotsiologiya tarixi tushunchasi, mazmun-mohiyati


Download 145.56 Kb.
bet2/12
Sana02.06.2024
Hajmi145.56 Kb.
#1834284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA TARIXI TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI

Sotsiologiya jamiyat faoliyati (harakatlanishi) mexanizmlari, turli xil subyektlar, tashkilotlar va ijtimoiy institutlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarni о‘rganadi.
2. Sotsiologiyaning obyekti va predmeti.
Ijtimoiy xususiyatlarga ega bо‘lgan kishilararo aloqalar, о‘zaro bog‘liqliklar majmuasi – “Sotsiologiya” fanining obyekti vazifasini о‘taydi. Obyekt va predmet hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi. Chunki, obyekt mohiyatni tо‘g‘ri tushunish, ilmiy tadqiqot yо‘nalishini xolis belgilay olish imkonini beradi. “Sotsiologiya”ning obyekti jamiyatning boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir. Uning о‘ziga xos sohasi sotsial reallik bо‘lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning о‘zaro tashkil etilish usullari “Sotsiologiya”ning obyekti bо‘ladi. “Sotsiologiya”ning о‘rganuvchi obyektini guruhlar, ijtimoiy institutlar, jamiyatni tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlar va harakatlar tashkil etadi.
“Sotsiologiya” ijtimoiy obyektni ijtimoiy subyektlar orqali (shaxs, guruh, jamiyat, ijtimoiy sohalar, munosabatlar, odamlarning ijtimoiy faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil qiladi. “Sotsiologiya” turli ijtimoiy sohalarni tadqiq etish asosida ularning о‘ziga xos ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar tahlili va tasnifi orqali u jamiyat va inson tо‘g‘risidagi umumiy qarashlar, qonunlar va tendensiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya obyektlari:

  • global jahon hamjamiyati;

  • an’anaviy (milliy) jamiyat;

  • kichik hamjamiyat (ijtimoiy guruh, oila va b.);

  • alohida shaxs.

Fanning predmeti – tadqiqotchining xohish-istagiga binoan tanlangan masala obyektining mantiqiy ta’rifi.
Sotsiologiyaning predmeti – insonning hayot faoliyati yoki ijtimoiy tashkilotlarning umumiy shakllarini о‘rganish6.
“Sotsiologiya”ning predmeti: agar fanning obyekti “nimani о‘rganish kerak?” degan savolga javob bersa, predmeti esa “о‘sha obyektning qaysi jihatlarini о‘rganadi?” degan savolga javob beradi. Nemis olimi M.Veber fikricha, subyektiv ma’noga ega bо‘lgan individ yoki individlar xulqidan tarkib topgan harakat, “Sotsiologiya”ning predmetidir7.
Sotsiologiya jamiyat tuzilishini, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini hamda mazkur tuzumda sodir bо‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni, insonlarning ijtimoiy jamoalar va ijtimoiy jarayonlarda tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi munosabatlarni о‘rganadigan fan.
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga moslashishga va kо‘nikma hosil qilishga yordamlashadigan, shu bilan birga jamiyatni rivojlantirishda ijtimoiy tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishdagi jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy imkoniyatlarini ishga soladi. “Sotsiologiya” predmetida:
1. Falsafiy germenevtika–yangicha tus berilayotgan naturalizmdan foydalanib, ularni yangicha talqin qilish (tendensiyasi).
2. Gumanistik oqimni rivojlantirish tendensiyasi mavjud.
Demak, “Sotsiologiya” ijtimoiy tizimlar amal qilishining ijtimoiy qonun va qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar, birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida namoyon bо‘lishi va ta’sir kо‘rsatishi haqidagi fandir.
Predmet ijtimoiy hayotni u yoki bu shaklda va sohada о‘rganar ekan, u avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, о‘zining asosiy metodologiyasini va sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal qilish va yechish usullarini kо‘rsatadi.

Download 145.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling