Sotsiologiya tarixi tushunchasi, mazmun-mohiyati


Download 145.56 Kb.
bet1/12
Sana02.06.2024
Hajmi145.56 Kb.
#1834284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA TARIXI TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI


Sotsiologiya tarixi tushunchasi, mazmun-mohiyati
REJA:
1. Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi, atamasi va uning ta’rifi.
2. Sotsiologiyaning obyekti va predmeti.
3. Sotsiologiya faning vazifasi va uning metodlari.
4. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiyaning о‘rni.


1. Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi, atamasi va uning ta’rifi.
“Sotsiologiya” atamasi ikkita sо‘z birikmasidan tashkil topgan: lotincha “societas”– jamiyat, sotsium va yunoncha “logos” – ta’limot, sо‘z, о‘rganish demakdir. Demak, sotsiologiya jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Bunday fikrni amerikalik sotsiolog Dj.Smelzer о‘zining “Sotsiologiya” darsligida ham ta’kidlab о‘tadi. Sotsiologiya yaxlit tizim sifatida jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalarida yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni о‘rganadi.
Mashhur rus-amerika sotsiologi P.A.Sorokin “Barcha uchun sotsiologiya” (1920y) nomli darsligida shunday yozgan: “Rasmiy jihatdan sotsiologiyaning qaror topishi O.Kontning nomi bilan bog‘liq. U ilk bora mazkur fanning nomini ilmiy tilga kiritigan va fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab bergan. Ammo mazkur fannning elementlari va mahsus savollari O.Kontgacha ham Qadim Sharq va yunon, olimlari, Qadim Rim huquqi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ulardan Platon, Aristotel, Tita Lukretsiya Kar, Foma Akvinat, arab olimi Ibn-Xaldun, shuningdek, Makiavelli, Gvichiardini, Bodena va Viko, Monteske va Tyurgo, Russo va Kondorse, Maltus va Ad.Smit, Gerder va Sen-Simonlarni alohida ko‘rsatish lozim”. A.Sorokinning fikricha, Kontdan so‘ng sotsiologiyaga ulkan hissa qo‘shgan olim bu G.Spenser, Dj.S.Mill, G.T.Bokl1.
M.M.Kovalevskiy ham sotsiologiyaning otasi sifatida O.Kontni tan olgan hamda sotsiologiyaning rivojida G.Spenser (1820-1903yy.) ning o‘rni muhimligini ta'kidlagan2. V.P.Kultigin sotsiologiyaning qaror topishi va shakllanishida – O.Kont va G.Spenserning hissasi katta, deb hisoblaydi3.
Sotsiologiya atamasini fanga birinchi marotaba XIX asrning 1838-yilida fransuz faylasufi Ogyust Kont (Auguste Comte) ilmiy jarayonga kiritgan. Uning tushunishicha, “Sotsiologiya” jamiyatga taalluqli bо‘lgan hamma narsalarni о‘z ichiga olgan “jamiyatshunoslik” bilan bir qatorda turgan. XVIII asrda kishilik jamiyati, uning qonuniyatlarini о‘rganuvchi mustaqil fan sifatida falsafa tarkibida shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvchi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qо‘ydi. XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir qismi bо‘lib keldi. XIX asr boshlaridan esa sotsiologiya о‘ziga xos ilmiy metodlarga ega bо‘lib, falsafadan ajralib chiqish imkoniga ega bо‘la boshladi. Ijtimoiy tizim taraqqiyoti va faoliyat kо‘rsatish qonuniyatlari haqidagi mustaqil fan sifatida XIX asrning 30-yillarida ilmiy muomalaga “sotsiologiya” atamasi kiritilgandan sо‘ng shakllandi. Jamiyat haqidagi “pozitiv fan” yaratishga urinish XIX asr о‘rtalarida yuzaga keldi.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri O.Kont “Sotsiologiya”ni jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb atagan. Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiya fanga aylanishi uchun, “sotsial faktlarni” о‘rganishi, “sotsial faktlarni buyumlar kabi о‘rganish lozim”1 deb jamiyatda yuz berayotgan о‘zgarishlarni alohida empirik tarzda о‘rganishni ilgari surgan. Kо‘zga kо‘ringan buyuk sotsiologlardan biri Maks Veber sotsiologiya fani tо‘g‘risida gapirar ekan, uni shunday tushuntirgan; “...tabiiy olamni tadqiq etishda qо‘llaniladigan tartiblardan foydalangan holda, insonlar hayotini ham о‘rgana olishimiz mumkin, deb о‘ylash unchalik ham tо‘g‘ri emasdir. Inson - fikrlovchi va mulohaza yurituvchi mavjudotdir; biz qilayotgan ishlarimizga kо‘proq ma’no va ahamiyat beramiz va inson hulq-atvori bilan shug‘ullanadigan har qanday fan, bu omilni albatta hisobga olishi lozim.”2 deb tushuntirgan.
Hozirgi adabiyotlarda “Sotsiologiya”ga quyidagicha ta’rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishi tо‘g‘risidagi fandir3.
Aniqroq qilib aytganda u yaxlit tizim sifatidagi jamiyat, alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni о‘rganuvchi fan. Uning tushunishicha sotsiologiya jamiyatga taalluqli bо‘lgan hamma narsalarni о‘z ichiga olgan jamiyatshunoslik bilan bir qatorda turgan.
Zamonaviy sotsiologiya – umumiy ijtimoiy tizim, uning kichik tizimlari va alohida qismlari, ularning ta’siri va rivojlanish qonunlarini о‘rganuvchi jamiyat haqidagi mustaqil fandir.

Download 145.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling