Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. SOTSIAL GURUHLAR REJA 1. «Sotsial guruh» tushunchasining mazmun-mohiyati 2. Sotsial guruhlarga xos asosiy xususiyatlar
- Ichki guruh (inguruh) va tashqi guruh (autguruh) 7. Referent guruhlar 8. Sotsial dilemma va guruhiy tafakkur 9. Kvaziguruh va uning asosiy ko’rinishlari
Nazorat savollari:
1. Sotsializatsiya deganda nimani tushunasiz? 2. Sotsializatsiya tushunchasini kim birinchi bo’lib o’rgangan? 3. Shaxs sotsializatsiyasi fazalari nimalardan iborat? 4. Siyosiy sotsializatsiya nima? 5. Sotsializatsiya jarayonlari nimalardan iborat? 6. Sotsial interiorizatsiya nima? 19 Jаn-Pol SHаrl Emаr Sаrtr (1905 - 1980) — frаntsuz fаylаsuf-ekzistentsiаlisti, ёzuvchi, drаmаturg vа esseist. J.P.Sаrtr «Ekzistentsiаlizm — eto gumаnizm.” M.: Izd-vo inostr. lit., 1953 20 Ekzistentsiаlizm - (lot. exsistentia - yashаmoq) ёki yashаsh fаlsаfаsi, XX аsrning boshlаridа vujudgа kelgаn fаlsаfiy oqim. Bosh mаqsаdi – inson borliғigа eъtibor qаrаtish. Uning yashаshi, qаyғurish, qo’rquv, qаtъiyatlik, vijdon, kurаsh, o’lim kаbi holаtlаrning bir birigа chаmbаrchаs boғliqligini ko’rsаtа bilish. Nаmoёndаlаri K.YAspers, G. Mаrsel, N. А. Berdyaev, L. SHestov, M. Xаydegger, J. P. Sаrtr, А. Kаmyu. 21 Robert Merton 1938 yildа chop etgаn «Sotsiаlnаya strukturа i аnomiya” mаqolаsidа аnomiya, bu — «mаdаniyat» bilаn «ijtimoiy tizimlаr” o’rtаsidаgi kurаsh deb izoh berаdi. 7. Siyosiy sotsializatsiya nechta tamoyil qarama-qarshiligi asosida kechdi? 12-mavzu. SOTSIAL GURUHLAR REJA 1. «Sotsial guruh» tushunchasining mazmun-mohiyati 2. Sotsial guruhlarga xos asosiy xususiyatlar 3. Sotsial guruhlarning hajmiga ko’ra turlari 4. Rasmiy va norasmiy guruhlar 5. Birlamchi va ikkilamchi guruhlar 6. Ichki guruh (inguruh) va tashqi guruh (autguruh) 7. Referent guruhlar 8. Sotsial dilemma va guruhiy tafakkur 9. Kvaziguruh va uning asosiy ko’rinishlari «Sotsial guruh» tushunchasi sotsiologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Bizni o’rab turgan jamiyat ko’plab sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Inson butun umri davomida bir necha sotsial guruhlar a’zosi sifatida yashab o’tadi: oila, maktab, mahalla, qarindosh-urug’, do’stlar davrasi va h.k. Hech qanday guruhga a’zo bo’lmay turib yashash yoki jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni tasavvur etish mumkin emas. Sotsial guruh jamiyat va inson o’rtasida bog’lovchi ko’prik sifatida xizmat qiladi. Demak, « Shaxs-guruh- jamiyat» tamoyili asosida inson ma’lum bir guruh a’zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a’zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a’zoligi uning jamiyatdagi maqomini belgilaydi. Sotsial guruh jamiyatning poydevori hisoblanadi. Inson sotsial guruhning muhimligini o’zi ko’nikkan birlikni, masalan, o’z oilasini tark etganda, o’quv yurtini tamomlaganda anglaydi, shu guruhni, u bilan uzilgan aloqalarni qo’msay boshlaydi. Sotsial guruhlar insonlar o’zaro ta’sirlashuvi asosida birlashadigan ijtimoiy yacheykalar asosida tashkil topadi: oila, jamoa, millat, irq, klub, korporatsiya va h.k. Ilk marotaba «sotsial guruh» termini shaxs (individ) va jamiyat tushunchalari kabi mustaqil tushuncha sifatida Arastu tomonidan ishlatilgan. T.Gobbs birinchilardan bo’lib guruhni «umumiy manfaat yoki umumiy ish bilan birlashgan insonlarning ma’lum miqdori» deb ta’riflaydi 1 . U guruhlarni tartibli va tartibsiz turlarga ajratadi. Tartibli guruhlarni, o’z navbatida, absolyut, mustaqil (faqatgina davlat), qaram (tobe) guruhlarga ajratadi. Qaram guruhlarni siyosiy va xususiy, xususiylarini esa qonuniy va noqonuniy turlarga ajratadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida E.Dyurkgeym, G.Tard, G.Zimmel, L.Gumplovich, Ch.Kuli, F.Tyonnis kabilar sotsial guruh nazariyasini yaratishga urindilar. XIX asrning oxirgi 30 yilligida sotsial jamoa va guruhlarni o’rganish bo’yicha sotsial tadqiqotlar amalga oshiriladi. XX asrga kelib tadqiqotlar muntazam olib boriladigan bo’ldi va fundamental ahamiyat kasb etib bordi. Sotsial guruhlarni o’rganishda E.Dyurkgeymning hissasi katta. 1 Gobbs T. Leviаfаn, ili Mаteriya, formа i vlаst gosudаrstvа tserkovnogo i grаjdаnskogo // Izbr. proizv.: V 2 t. T.2. – M.: Misl, 1964. – S. 747. Umuman olganda, sotsiologiyada sotsial guruh muammosini o’rganishda 3 xil nuqtai nazardan yondashuvni kuzatish mumkin: funktsionalistik, konfliktli va interaktsionistik. Birinchi yondoshuvda (strukturaviy-funktsionalizm) tadqiqotchilar asosan guruhlarning umumiy maqsadga erishish yo’lidagi rollar va vazifalar taqsimotiga (makrodaraja), keyingi yondoshuvda (konflikt) asosan guruhlarning manfaatlari o’rtasidagi tafovutlarga, oxirgi yondoshuvda (interaktsionizm) esa ular o’rtasidagi kundalik o’zaro munosabatlarga e’tibor ko’proq qaratganligini ko’rishimiz mumkin (mikrodaraja) 2 . Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki, sotsial guruh tushunchasiga ijtimoiy fanlarda turlicha ta’rif beriladi. Xususan, sotsial psixologiya va sotsiologiya fanlari ham sotsial guruhga turlicha yondoshadi. Sotsiologiyada hozirgi davrgacha sotsial guruhga berilgan ta’riflar, ularga xos xususiyatlar borasida xilma-xil qarashlar mavjud. Shunday bo’lsada, ko’pchilik sotsiologlar nisbatan turg’un sotsial o’zaro munosabat modellarida bir-biriga bog’langan va umumiy qarashga ega ikki yoki undan ortiq individlar yig’indisini guruh deb yuritadilar. Rollar insonlarni sotsial munosabatlar doirasida birlashtiradi. Bu munosabatlar uzoq muddat davom etsa, ularga guruh xususiyati beriladi. Bu jarayon natijasida quyidagilarni kuzatishimiz mumkin bo’ladi: birinchidan, biz munosabatlarga ma’lum bir chegara doirasida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar sifatida qaray boshlaymiz. Shunday qilib, insonlar guruhning «ichida» yoki «tashqarisida» bo’lib qoladilar; ikkinchidan, biz ularni voqelik sifatida qabul qilamiz; uchinchidan, guruh biz uchun o’ziga xos submadaniyat yoki kontrmadaniyat tashuvchisi, ya’ni o’ziga xos me’yor va qadriyatlar yig’indisi hisoblanadi; to’rtinchidan, bizda guruhga nisbatan sodiqlik tuyg’usi paydo bo’ladiki, biz o’zimizni boshqalardan farq qiluvchi yaxlit birlik sifatida tasavvur qilamiz. Sotsial guruh – ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy xususiyatga ega insonlar yig’indisidir. Buni umumiy maqsadlar, umumiy manfaatlar, umumiy faoliyat bilan birlashuv sifatida tushunish lozim. Insonlarning umumiy ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatga ega har qanday yig’indisi sotsial guruh sifatida tushuniladi. Sotsial guruh – alohida inson bilan jamiyat o’rtasidagi ko’prik vazifasini o’taydi. Insonning ko’plab xususiyatlari – tafakkur, nutq, til, o’zini o’zi nazorat qilish va ahloqiy qadriyat kabilar guruhiy faoliyat natijasi hisoblanadi. Inson doimo guruhga ehtiyoj sezadi, chunki kishilar yakka holda o’z hayotini saqlay olmaydi. Ibtidoiy jamiyat davridayoq insonlar sotsial guruh bo’lib faoliyat yuritgan va yashaganlar. Sotsial guruh – insonlarning sotsial tashkillashgan umumiy manfaat, maqsad va faoliyat bilan yig’ilgan birlashmasidir. Sotsial ijobiy guruh individning sotsial-psixologik rivojlanishiga kuchli ta’sir o’tkazadi. Tug’ilganidan boshlab bu guruhlarga kirgan bola sotsial malaka va mavjud madaniyatning o’zi uchun kerakli jihatlarini o’zlashtiradi. Sotsial guruh ichida individ o’zining qobiliyatlarini namoyon eta oladi. Unda individning qadri, kuchli va zaif tomonlarni anglab boradi. 2 Introduction to Sociology. OpenStax College. Rice University Houston, 2013. – R. 121-130. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling