Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Xozirgi davrda ko’pgina davlatlar – polietnik davlatlardan tashkil


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Xozirgi davrda ko’pgina davlatlar – polietnik davlatlardan tashkil
topgan. Bu ko’rinishdagi mamlakatlarda halqlar o’rtasidagi, ozchilik va
ko’pchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasi siyosiy hayotning muhim
momentini yuzaga keltiradi.
Uzoq davrlardan tashkil topgan tarixiy rivojlanish davomida bizning
mamlakatimiz hududida turli xil millat vakillari tinch – totuvlikda va o’zaro
hamjihatlikda istiqomat qilib kelishadi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p millatli
davlat sifatida tan olingan. O’zbekistonda aholining 80% oshiq qismini tashkil
qiluvchi o’zbek millati vakillaridan tashqari 130 dan ortiq halqlar vakillari
yashashadi. Shunga bog’liq holatda millatlararo munosabatlar masalalarini
o’rganish o’z dolzarbligini yo’qotmagan.
O’zbekiston uchun millatlararo munosabatlarda nizolar yuzaga kelishiga
yo’l qo’ymaslik maqsadlarida millatlararo munosabatlarni doimiy ravishda
o’rganish masalasi dolzarb hisoblanadi. Etnik ozchilikka tegishli masalalarning o’z
vaqtida, ularning ijtimoiy – madaniy ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan hal
qilinishi, demokratik tamoyillar va tenglikning amal qilishi mamlakatda ijtimoiy –
siyosiy barqarorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi, shuningdek ilmiy
asoslanilgan milliy siyosatni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi. 
6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik. Bardoshlilik yoki tolerantlik
masalasi birinchi marta 1995 yil noyabr oyida YUNESKO da ilgari surilgan. Bu
vaqtda 1995 yil 16 noyabr sanasi Halqaro tolerantlik kuni sifatida e’lon qilinib,
tolerantlik Deklaratsiyasi tamoyillari qabul qilingan. 
Tolerantliknimani anglatadi, uning mazmun – mohiyati nimada?
«Tolerantlik» atamasining o’zi lotin tilidan «tolerantia» so’zidan olingan
bo’lib, G’arb adabiyotiga kirib kelgan va Uyg’onish davrida faol tarzda qo’llanila
boshlagan, bu vaqtda ushbu atama asosan e’tiqodga nisbatan bardoshlilik
ma’nosida qo’llanilgan. Keyinchalik bu tushuncha umuman odamga nisbatan
hurmat bilan munosabatda bo’lish, boshqalar nuqtai nazarlari, begona urf –
odatlarga hurmat bajo qilish ma’nosidla qo’llanila boshlangan. Rus tilida lotin
tilidan olingan «tolerantia» so’zining analogi sifatida «bardosh» (terpenie), ingliz
tilida unga ekvivadlent sifatida – «tolerance», «toleration» so’zlari va mos
ravishda «bardoshlilik» (terpimost) qo’llaniladi. Shunga bog’liq holatda,
tolerantlik tushunchasi orqali begonalar nuqtai nazarlariga, e’tiqodi va xulq-
atvoriga bardoshlilik, Chidam aks ettiriladi.
14
«Tolerantlik» tushunchasini turli xilda tavsiflash mavjud hisoblanadi.
Ko’pincha holatlarda ushbu tushuncha orqali «teng huquqlilik va o’zaro kelishuv
tamoyillariga intilish» tushuniladi.
15
14
Kаttа entsiklopedik luғаt. – M., 1998. 1209-bet.
15
Drobijevа L.M. Tolerаntnost i rost etnicheskogo sаmosoznаniya: predeli sovmestimosti \\ Tolerаntnost i soglаsie.
– M., 1997. – 63 b.


«Bardoshlilik» va «bardosh» tushunchalarining ijtimoiy mohiyatini o’zaro
farqlay bilish talab qilinadi. Bardosh – Shaxsning psixologik his qilish darajasi,
pag’onasi hisoblanib, uning uchun yoqimsiz bo’lgan guruhning ijtimoiy, ma’naviy
va boshqa turlagi ta’siri ostida u o’zining psixologik va o’zini qo’lga olib tura olish
barqarorligini yo’qotadi hamda aytish qiyin bo’lgan hatti – harakatlarga moyil
bo’ladi. 
Bardoshdan farqli ravishda bardoshlilik o’z – o’zini kamsitish belgilariga
ega hisoblanmaydi, balki o’ziga yoki boshqalarga nisbatan o’zaro tenglikni his
qilish, tan olishni anglatadi, ya’ni tomonlar o’rtasidagi ijobiy o’zaro munosabatlar
konstruktiv asoslarda amalga oshiriladi.
Tolerantlik o’z asoslariga ko’ra o’zining ichki Chidamsizligini engib
o’tishni ifodalab beradi, u o’z navbatida etnik xilma – xillikning mavjudligi
asoslarini tashkil qiladi va yuzaga keluvchi millatlararo munosabatlardagi
ziddiyatlarni o’zaro muloqot, kompromiss, teng huquqlilik asosida hal qilishga
qaratiladi.
Tolerantlikning jamiyatdagi roli va ahamiyati uning mazmun –
mohiyatidan kelib chiqadi. Asosiy odamlar ommasining turli xil g’oyaviy
nazariyalarga, ahloqiy, diniy qarashlarga, madaniy hodisalarga, turli xil millatga
mansub odamlarga bo’lgan munosabatlari darajasi va yo’nalishlari sezilarli
darajada jamiyatdagi barqarorlikni aniqlab beradi, bu holat ijtimoiy va ma’naiy –
ahloqiy taraqqiyotning o’rnini almashtirib bo’lmaydigan Sharoitlaridan biri
hisoblanadi.
Alohida odamning tolerantlik darajasi ko’p jihatdan uning Shaxsiy
sifatlariga, ma’naviy kamol topganligiga va madaniyatiga bog’liq bo’lib, uning
boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Ko’pgina ijtimoiy va
siyosiy nazariyalarda jamiyatning tolerantlik darajasi jamiyatning ma’naviy –
ahloqiy, ijtimoiy, davlatga oid bo’lgan taraqqiyotining etakchi va ayrim holatlarda
asosiy mezonlaridan birini tashkil qilishi keltiriladi. 
O’zbekistonda ko’p millatli tarkibga ega aholi qayd qilingan bir Sharoitda
ayniqsa tolerantlik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu holat hozirgi kunda
jamiyatda tolerantlikni yuqori darajada shakllantirish yuzasidan ko’plab ijtimoiy va
davlat miqyosidagi institutlar ish olib borishayotganligi bilan xam izohlaniladi.
Millatlararo va millatlarao munosabatlarda tolerantlikka erishish siyosati
oldingi, eskirgan aqidalardan voz kechish va odamlar ongiga milliy mustaqillik,
ma’naviy yangilanish tamoyillari va g’oyalarini tadbiq etishga yo’naltirilgan.
O’zbekistonda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, odamlar
tolerant hisoblanib, muloqotlarga kirishishga tayyorligi, hamma joyda shunchaki
indeferentdan farqli ravishda ko’proq narsaga qodirligi tasdiqlangan. O’zbek
millati vakillarining boshqa millatlar vakillariga nisbatan bag’rikenglik, ochiq
ko’ngillik bilan munosabatda bo’lishi so’rovlarda ishtirok etgan tatar millatiga
mansub repondentlarning 33,4% qismi tomonidan, shuningdek slavyan millati
vakillari tomonidan 33,3% holatlarda tasdiqlangan. Bunda so’rovlarda ishtirok
etganlarning tatar millatiga mansub respondentlarning har uchinchisidan ko’proq
qismi (39,4%) va slavyanlar (31,2%) o’zbek halqi vakillarining bag’ri kengligi va
uning ahloqiy sifatlarini jamiyatda millatlararo birdamlik va hamjihatlikni


ta’minlashdagi ustuvor omil sifatida ta’kidlashadi. Umuman olganda, Yevropaga
oid millat vakillari tomonidan jamiyatimizdagi millatlararo va fuqarolar o’rtasidagi
o’zaro birdamlikning umuminsoniy omillari sifatida o’zbek halqining bag’ri
kengligi, uning boshqa millat vakillariga, nisbatan ko’ngli ochiqligi, diniy sabr –
bardoshliligiga alohida e’tibor qaratiladi.
16
Millatlararo tolerantlik hatti – harakatlarda o’zligini namoyon qiladi, biroq
ong sferasida shakllanadi va yakuniy holatda etnik identiklik bilan chambarchas
bog’liq hisoblanadi. Giperidentiklikning barcha turlari Millatlararo munosabatlarda
akstolerantlik darajasini oshirishi qayd qilinadi. Ushbu asosda etnik o’zlikning
anglanishi giperbolizatsiyasi tolerantlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi va akstolerant
qaror topishlarning nafaqat psixik doiralarda o’sishiga olib keladi, balki uning
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot sferalarida xam namoyon bo’lishiga olib kelishi
mumkin. 
Tolerantlik millatlararo, dinlararo o’zaro hamjihatlik hisoblanib, barcha
ijtimoiy, milliy guruhlarning manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishi
sifatida aks etadi, asosiy – tub bo’lmagan aholi vakillarining yangicha
o’zgaruvchan Sharoitlarga ijtimoiy – psixologik jihatdan moslashishini, ijtimoiy va
siyosiy identifikatsiyani ta’minlaydi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling