Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Xozirgi davrda ko’pgina davlatlar – polietnik davlatlardan tashkil
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik.
Xozirgi davrda ko’pgina davlatlar – polietnik davlatlardan tashkil
topgan. Bu ko’rinishdagi mamlakatlarda halqlar o’rtasidagi, ozchilik va ko’pchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasi siyosiy hayotning muhim momentini yuzaga keltiradi. Uzoq davrlardan tashkil topgan tarixiy rivojlanish davomida bizning mamlakatimiz hududida turli xil millat vakillari tinch – totuvlikda va o’zaro hamjihatlikda istiqomat qilib kelishadi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p millatli davlat sifatida tan olingan. O’zbekistonda aholining 80% oshiq qismini tashkil qiluvchi o’zbek millati vakillaridan tashqari 130 dan ortiq halqlar vakillari yashashadi. Shunga bog’liq holatda millatlararo munosabatlar masalalarini o’rganish o’z dolzarbligini yo’qotmagan. O’zbekiston uchun millatlararo munosabatlarda nizolar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadlarida millatlararo munosabatlarni doimiy ravishda o’rganish masalasi dolzarb hisoblanadi. Etnik ozchilikka tegishli masalalarning o’z vaqtida, ularning ijtimoiy – madaniy ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan hal qilinishi, demokratik tamoyillar va tenglikning amal qilishi mamlakatda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi, shuningdek ilmiy asoslanilgan milliy siyosatni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi. 6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik. Bardoshlilik yoki tolerantlik masalasi birinchi marta 1995 yil noyabr oyida YUNESKO da ilgari surilgan. Bu vaqtda 1995 yil 16 noyabr sanasi Halqaro tolerantlik kuni sifatida e’lon qilinib, tolerantlik Deklaratsiyasi tamoyillari qabul qilingan. Tolerantliknimani anglatadi, uning mazmun – mohiyati nimada? «Tolerantlik» atamasining o’zi lotin tilidan «tolerantia» so’zidan olingan bo’lib, G’arb adabiyotiga kirib kelgan va Uyg’onish davrida faol tarzda qo’llanila boshlagan, bu vaqtda ushbu atama asosan e’tiqodga nisbatan bardoshlilik ma’nosida qo’llanilgan. Keyinchalik bu tushuncha umuman odamga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish, boshqalar nuqtai nazarlari, begona urf – odatlarga hurmat bajo qilish ma’nosidla qo’llanila boshlangan. Rus tilida lotin tilidan olingan «tolerantia» so’zining analogi sifatida «bardosh» (terpenie), ingliz tilida unga ekvivadlent sifatida – «tolerance», «toleration» so’zlari va mos ravishda «bardoshlilik» (terpimost) qo’llaniladi. Shunga bog’liq holatda, tolerantlik tushunchasi orqali begonalar nuqtai nazarlariga, e’tiqodi va xulq- atvoriga bardoshlilik, Chidam aks ettiriladi. 14 «Tolerantlik» tushunchasini turli xilda tavsiflash mavjud hisoblanadi. Ko’pincha holatlarda ushbu tushuncha orqali «teng huquqlilik va o’zaro kelishuv tamoyillariga intilish» tushuniladi. 15 14 Kаttа entsiklopedik luғаt. – M., 1998. 1209-bet. 15 Drobijevа L.M. Tolerаntnost i rost etnicheskogo sаmosoznаniya: predeli sovmestimosti \\ Tolerаntnost i soglаsie. – M., 1997. – 63 b. «Bardoshlilik» va «bardosh» tushunchalarining ijtimoiy mohiyatini o’zaro farqlay bilish talab qilinadi. Bardosh – Shaxsning psixologik his qilish darajasi, pag’onasi hisoblanib, uning uchun yoqimsiz bo’lgan guruhning ijtimoiy, ma’naviy va boshqa turlagi ta’siri ostida u o’zining psixologik va o’zini qo’lga olib tura olish barqarorligini yo’qotadi hamda aytish qiyin bo’lgan hatti – harakatlarga moyil bo’ladi. Bardoshdan farqli ravishda bardoshlilik o’z – o’zini kamsitish belgilariga ega hisoblanmaydi, balki o’ziga yoki boshqalarga nisbatan o’zaro tenglikni his qilish, tan olishni anglatadi, ya’ni tomonlar o’rtasidagi ijobiy o’zaro munosabatlar konstruktiv asoslarda amalga oshiriladi. Tolerantlik o’z asoslariga ko’ra o’zining ichki Chidamsizligini engib o’tishni ifodalab beradi, u o’z navbatida etnik xilma – xillikning mavjudligi asoslarini tashkil qiladi va yuzaga keluvchi millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlarni o’zaro muloqot, kompromiss, teng huquqlilik asosida hal qilishga qaratiladi. Tolerantlikning jamiyatdagi roli va ahamiyati uning mazmun – mohiyatidan kelib chiqadi. Asosiy odamlar ommasining turli xil g’oyaviy nazariyalarga, ahloqiy, diniy qarashlarga, madaniy hodisalarga, turli xil millatga mansub odamlarga bo’lgan munosabatlari darajasi va yo’nalishlari sezilarli darajada jamiyatdagi barqarorlikni aniqlab beradi, bu holat ijtimoiy va ma’naiy – ahloqiy taraqqiyotning o’rnini almashtirib bo’lmaydigan Sharoitlaridan biri hisoblanadi. Alohida odamning tolerantlik darajasi ko’p jihatdan uning Shaxsiy sifatlariga, ma’naviy kamol topganligiga va madaniyatiga bog’liq bo’lib, uning boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Ko’pgina ijtimoiy va siyosiy nazariyalarda jamiyatning tolerantlik darajasi jamiyatning ma’naviy – ahloqiy, ijtimoiy, davlatga oid bo’lgan taraqqiyotining etakchi va ayrim holatlarda asosiy mezonlaridan birini tashkil qilishi keltiriladi. O’zbekistonda ko’p millatli tarkibga ega aholi qayd qilingan bir Sharoitda ayniqsa tolerantlik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu holat hozirgi kunda jamiyatda tolerantlikni yuqori darajada shakllantirish yuzasidan ko’plab ijtimoiy va davlat miqyosidagi institutlar ish olib borishayotganligi bilan xam izohlaniladi. Millatlararo va millatlarao munosabatlarda tolerantlikka erishish siyosati oldingi, eskirgan aqidalardan voz kechish va odamlar ongiga milliy mustaqillik, ma’naviy yangilanish tamoyillari va g’oyalarini tadbiq etishga yo’naltirilgan. O’zbekistonda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, odamlar tolerant hisoblanib, muloqotlarga kirishishga tayyorligi, hamma joyda shunchaki indeferentdan farqli ravishda ko’proq narsaga qodirligi tasdiqlangan. O’zbek millati vakillarining boshqa millatlar vakillariga nisbatan bag’rikenglik, ochiq ko’ngillik bilan munosabatda bo’lishi so’rovlarda ishtirok etgan tatar millatiga mansub repondentlarning 33,4% qismi tomonidan, shuningdek slavyan millati vakillari tomonidan 33,3% holatlarda tasdiqlangan. Bunda so’rovlarda ishtirok etganlarning tatar millatiga mansub respondentlarning har uchinchisidan ko’proq qismi (39,4%) va slavyanlar (31,2%) o’zbek halqi vakillarining bag’ri kengligi va uning ahloqiy sifatlarini jamiyatda millatlararo birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi ustuvor omil sifatida ta’kidlashadi. Umuman olganda, Yevropaga oid millat vakillari tomonidan jamiyatimizdagi millatlararo va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro birdamlikning umuminsoniy omillari sifatida o’zbek halqining bag’ri kengligi, uning boshqa millat vakillariga, nisbatan ko’ngli ochiqligi, diniy sabr – bardoshliligiga alohida e’tibor qaratiladi. 16 Millatlararo tolerantlik hatti – harakatlarda o’zligini namoyon qiladi, biroq ong sferasida shakllanadi va yakuniy holatda etnik identiklik bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Giperidentiklikning barcha turlari Millatlararo munosabatlarda akstolerantlik darajasini oshirishi qayd qilinadi. Ushbu asosda etnik o’zlikning anglanishi giperbolizatsiyasi tolerantlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi va akstolerant qaror topishlarning nafaqat psixik doiralarda o’sishiga olib keladi, balki uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot sferalarida xam namoyon bo’lishiga olib kelishi mumkin. Tolerantlik millatlararo, dinlararo o’zaro hamjihatlik hisoblanib, barcha ijtimoiy, milliy guruhlarning manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishi sifatida aks etadi, asosiy – tub bo’lmagan aholi vakillarining yangicha o’zgaruvchan Sharoitlarga ijtimoiy – psixologik jihatdan moslashishini, ijtimoiy va siyosiy identifikatsiyani ta’minlaydi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling