Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


"Ethnicity: definition of ethnicity"


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

"Ethnicity: definition of ethnicity"
. Oxford Dictionaries. Oxford University Press. Retrieved28 December2013.
8
Fredrik Barth, ed. 1969 Ethnic Groups and Boundaries: The Social Organization of Cultural Difference; Eric Wolf 
1982 Europe and the People Without History p. 381
9
Krisko V.G. Etnopsixologiya. – M., 2002. – 75-b.


oshirilgan sotsiologik tadqiqot ishlarida ilmiy doiralarda etnomadaniy birliklarni
aniqlashda qo’llaniluvchi qabul qilingan «etnik guruhlar» tushunchasi bilan
birgalikda «etnomillat» yoki «milliy mansublik», «halq» tushunchalari ham
ishlatiladi. 
Millatning integral nazariyalari tarafdorlari hisoblashlaricha, barcha tarixiy
paydo bo’lgan holatlar va hozirgi kunda mavjud bo’lgan millat nazariyalari
barchasi bir tomonlama bo’lib, haqiqiy mavjudlikdan alohidalanib qolgan. Integral
nazariya tarafdorlaridan biri hisoblangan M.O.Mnatsakanyan tomonidan
bildirilgan fikrlarga ko’ra, ushbu nazariya milliy birliklarning haqiqiy integral
tabiati, uning substratga oid asoslari va xususiyatlarini adekvat tarzda aks ettirish
sifatida yuzaga kelgan. Integral yondashuv nafaqat milliy hayot fenomenlarining
Shunchaki barcha xususiyatlarini, ularning bir butunligini qamrab olmasdan, balki
bunda eng avvalo ichki integral milliy bog’lanishlar, asosiy xususiyatlar sifatida
odamlarni va avlodlarni bir butun jamoaviy birlik ko’rinishida bog’lashni amalga
oshiruvchi jihatlarning hozirgi kunga qadar soyada qolib ketishlarni oydinlashtirib
berishga harakat qiladi.
10
Deyarli barcha tadqiqotchilar bir ovozdan millat – yangi davr hodisa
ekanligini tasdiqlashadi. Biroq, ayrim mualliflar (B.Anderson) hisoblashlaricha,
millat XVIII asrning oxirlarida yuzaga kelgan, boshqalar tomonidan esa
(E.Gellner) bu tushunchaning burjuaziya rivojlanish davrida shakllanganligi qayd
qilib o’tiladi. Marksizm ta’limotida millatning Shakllanishi feodalizm tuzumining
emirilishi va milliy davlatlarning paydo bo’lishi, o’z navbatida Yevropa aholisi
orasida tilga oid Chegaralanishlar yuzaga kelishi, burjuaziya harakatlari
boshlanishi bilan bog’liqligi ta’kidlaniladi. 
YUqorida keltirilgan yondashuvlardan farq qilib, etnologik yondashuvda
asosiy etnik belgilar sifatida – original xulq-atvor stereotiplari, kelib chiqishning
o’ziga xosligi, o’zlikni anglash va shu kabi bir qator holatlar ilgari suriladi. 
Millat tugunchasini tavsiflashning qiyin jihati shu bilan bog’liq
hisoblanadiki, u bir qator mavjud va mavjud bo’lmagan xususiyatlarni namoyon
qilishi bilan birgalikda ular o’rtasidagi o’zaro farqlanishlar har doim ham yaqqol
qaror topmaganligi kuzatiladi. Ushbu vaziyatdan millatning yuqorida keltirilgan
hohlagan aniqlanishlaridagi shartlilik va chegaralanganlik holatlari kelib chiqadi. 
Shuningdek, tasdiqlash mumkinki, millat – tarixiy hodisa hisoblanib,
ma’lum bir aniqlikdagi integrativ omillar tizimi bilan aniqlanuvchi, uning milliy
ongi va o’zligini anglanishini shakllantiruvchi omillar bilan belgilanishi qayd
qilinadi. 
Millatni aniqlashda til, hudud, madaniyat, iqtisodiy hayot kabi belgilarning
o’zi kamlik qiladi. Bunda odamlarning jamoaviy identiklik xususiyatlari
shakllanishi sharoitlari va omillari xam kam ahamiyatga ega emasligi qayd
qilinadi. Millat – odamlar birligi bo’lib, ularning o’zligini anglash va psixologik
jihatdan o’xshashligini (identifikatsiya) sub’ektiv tarzda individual his qilishlari
asosida yuzaga keladi. Shaxsning milliy identikligining qaror topishida aniqlovchi
rolni madaniyat va jamoaviy psixologiya o’ynaydi, bu holatda tarix va tarixiy
10
Mnаtsаkаnyan M.O. Nаtsii i nаtsionаlnqe otnosheniya. Sotsiologiya i psixologiya nаtsionаlnoy jizni.. – ., 2004. – 
72b.


xotira yig’ilishi amalga oshadi, shuningdek milliy madaniyat, an’analar va urf –
odatlar yig’ilishi kuzatiladi. 
Millatning nisbatan barqaror holatdagi aniqlanishida ko’pgina tadqiqotchilar
tomonidan foydalaniluvchi aniqlanish «Milliy munosabatlar» lug’atida keltirilgan
bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: «Millat – etnos tipi bo’lib, odamlarning tarixiy
tarkib topuvchi ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy birligi hisoblanadi. Millat hudud
umumiyligi, iqtisodiy aloqalar birligi, psixologik yig’ilmalar, madaniyat va
o’zlikni anglash birligi ko’rinishi namoyon bo’ladi».
11
«Milliy mansublik» tushunchasi ushbu hodisaning keng ma’noda millat va
boshqa etnomilliy birliklarni tavsiflashda qo’llanilishini ifodalab beradi, tor
ma’noda esa – milliy-o’ziga xoslik (ya’ni, xususiy etnik) xususiyatlarni
tavsiflashda foydalaniladi. Milliy mansublik so’zi orqali odamning u yoki bu
ijtimoiy – etnik birlikka: millat, halq, milliy yoki etnik guruhga tegishliligi
ifodalanadi.
Millatning nisbatan muhim hisoblangan tavsiflari sifatida uning rivojlanish
barqarorligi, Chuqur tarixiy ildizlarga egaligi, til va madaniyatga egaligi, ijtimoiy
hodisa sifatida takrorlanmas xossalarga egaligi kabilar ko’rsatib o’tiladi. Birorta
boshqa ijtimoiy guruh bu ko’rinishdagi odamlarning o’zaro munosabatlarida
avlodlar o’rtasidagi qudratli uzatuvchi, g’oyalar, an’analar, xulq-atvor usullari,
qadriyatlar tashuvchisi sifatida o’rin tutmaydi. P.A.Sorokin bildirgan fikrga ko’ra,
millat o’ziga xos xususiyatlari bilan «alohida holatdagi kuchli sabab – mohiyat
ko’rinishida ko’plab individlarga ta’siri bilan ajralib turadi, bu holat insoniyatning
rivojlanishi va bir butun ijtimoiy – madaniy olam taraqqiyoti davomida amalga
oshishi qayd qilinadi».
Millatga mansublik fuqoroning pasportida va boshqa xujjatlarida qayd
qilinadi. Milliy mansublikning anglanishi shaxsiyatning o’zi ijodiy iqtidorini ochib
berishining qo’zg’atuvchisi hisoblanadi, bunda u o’z halqning bir qismini anglashi
orqali jamiyatning taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishda g’urur hissini his qiladi,
bu holat Shaxsni butun halq manfaatlari yo’lida mehnat qilishiga chorlaydi. 
Har bir millat uni tashkil qiluvchi odamlar o’rtasidagi barqaror o’zaro
aloqalar va munosabatlar tizimi hisobiga mavjud hisoblanadi. Bu aloqalar va
munosabatlar etnik rivojlanish jarayonida shakllanib, ushbu muhitda qabul
qilingan an’analar va xulq-atvor me’yorlari bilan nazorat qilinadi va boshlang’ich
milliy madaniyat va til qaror topishi va rivojlanishi davomida takomillashib borishi
qayd qilinadi. 
Millatning mavjudligining asosiy belgilaridan biri – tarixiy xotira hisoblanib,
u ajdodlarning madaniy merosi, halq tarixini, ma’naviy birlikni o’zida aks ettiradi.
U yoki bu millat vakili sifatida odam faqat o’zining ajdodlari kimligi haqida
bilimlarga ega bo’lgan holatdagina o’zligini to’liq anglay oladi. Tarixiy xotira
madaniy, diniy, xo’jalik, davlatga oid uzatilishlar va merosda moddiylashadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling