Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik
- O’zbekistonRespublikаsini
24-mavzu. ETNOSOTSIOLOGIYA
REJA: 1. Etnik munosabatlar 2. Etnostsiologiya fanining Shakllanishi va rivojlanishi 3. Etnosotsiologiyaning predmeti va ob’ekti 4. Etnos, millat sotsiologiya o’rganish ob’ekti sifatida 5. Millatlararo munosabatlar tushunchasi va uning tasnifi 6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik Etnik munosabatlar masalasi ko’p millatli mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutadi. Va shu narsa tushunarliki, birorta tamoyil jihatidan masala yo’qki, aholining milliy tarkibi hisobga olinmasdan turib hal qilinsa. Etnik munosabatlar murakkab sotsiologik kategoriya hisoblanib, umumiy holatda sotsiologik munosabatlarning o’ziga xos spetsifik Shakllaridan biri hisoblanadi. Ular alohida holatda, boshqa ijtimoiy masalalardan sof holatda mavjud emas, balki iqtisodiyot, siyosat va ma’naviy hayot bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Zamonaviy O’zbekiston o’zining mustaqil rivojlanish yo’lini tanlar ekan, bevosita umumjahon tsivilizatsiyasiga tegishli jarayonga qo’shilishi amalga oshdi. Mamlakatimizda bir vaqtning o’zida ijtimoiy jihatdan mo’ljal olingan bozor iqtisodiyotiga asoslanilgan demokratik, huquqiy davlat barpo qilindi, bunda millatlararo o’zaro hamjihatlikni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi Harakatlar strategiyasini asosiy vazifalardan biri: – “xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash” deb belgilangan 1 . O’zbekistonning ijtimoiy hayotini isloh qilish va yangilash mamlakatimiz uchun butunlay yangi bo’lgan sotsiologiya yo’nalishini – etnik sotsiologiyaning Shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi. YAngicha ijtimoiy – madaniy vaziyatda yangicha bilimlar, g’oyalar, o’quv fanlarini shakllantirish, shuningdek adekvat haqiqat tarzidagi dunyoqarashni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Etnosotsiologiya – bu sotsiologiya fani tarkibida eng yosh va istiqbolli hisoblangan yo’nalishlardan biri bo’lib, u kelajakka xos bo’lgan dunyoqarashlarni tuzib chiqishda o’zining sezilarli hissani qo’shishi ta’kidlangan. Bu holat albatta, o’tmishda etnik masalalar mavjud bo’lmaganligini anglatmaydi. Biroq, oldinlari ko’pgina olimlarning ishlarida bu yo’nalishda ma’lum bir aniq g’oyaviy qaror topishlar o’z aksini topgan, shuningdek millatlararo munosabatlarda qandaydir 1 O’zbekistonRespublikаsiPrezidentiningFаrmoni“O’zbekistonRespublikаsiniyanаdаrivojlаntirishbo’yichаhаrаkаtlа rstrаtegiyasito’ғrisidа. (O’zbekistonRespublikаsiqonunhujjаtlаrito’plаmi, 2017 y., 6-son, 70-moddа). http://www.lex.uz masalalarning mavjudligini rad etish, jumladan millatlararo ziddiyatlardan ko’z yumish, shunchaki umumiy holatda sobiq Ittifoq halqlarining o’zaro ahil – inoqligi haqidagi g’oyaviy manzarani aks ettirishga urinilgan. 1980-yillarning o’rtalariga kelib boshlangan etnik o’zaro to’qnashuvlar milliy siyosatdagi alohida xatolar va shuningdek iqtisodiy, demografik sabablarga bog’liq holatda izohlanilgan. Jamiyat transformatsiyasi jarayonida etnik omillarning rolini mazmun – mohiyatini ilmiy jihatdan asoslab berish 1980-yillarning oxirlari va 1990-yillarning boshlarida boshlangan. Olimlar – etnologlar, siyosat Shunoslar, sotsiologlar ushbu davrda yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni izohlashga harakat qilishgan. Ko’p sondagi nazariy, empirik faktlarga asoslanilgan tadqiqot ishlari yuzaga kelgan, ularning mualliflari etnosotsiologik masalalarga turli xil jihatdan yondashilishga harakat qilishgan. Mamlakatda amalga oshirila boshlangan demokratik o’zgarishlar umumiy holatda sotsiologik fanlarda ham o’z ta’sirini ko’rsatgan va ularning rivojlanishi qayd qilinadi, ushbu ko’rinishda uning maxsus yo’nalishi – jamoatchilik fikri yuzaga kelgan. Boshlang’ich davrda bu holat asosan marketing yo’nalishidagi tadqiqotlarda foydalanilgan, shuningdek alohida olimlar tomonidan aniq va individual amalga oshiriluvchi dasturlarda qo’llanilgan. 1997 yilda jamoatchilik fikrini o’rganish «Ijtimoiy fikr» Respublika markazi tashkil qilinganidan keyin jamoatchilik fikrini o’rganish tizimli xususiyatga ega bo’lishi kuzatildi. Ishonchli hisoblangan etnosotsiologik axborotlarning olinishi empirik tadqiqotlarda alohida muhim o’rin tutadi. O’zbekistonda bu ko’rinishdagi tadqiqotlar bo’yicha etarlicha tajriba to’plangan. Etnik o’zaro munosabatlar darajasi va yo’nalishlari empirik tahlil jarayonida dolzarb predmet sifatida qaror topgan. Etnosotsiologik tadqiqotlar yo’nalishida O’zbekistonda mavjud bo’lgan tajriba, hozirgi kunda uning xususiyatlari yuzaga chiqishi, polietnik muhit Sharoitlarida moslashtirilgan holatdagi uni amalga oshirish usullari, shuningdek yangi yo’nalishlarni o’rganish jamoatchilik munosabatlarida eng dolzarb hisoblangan yangi yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling