Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov Oliy
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov Oliy
Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi (2010 yil 12 noyabrda) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtir Sh va 5 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartara f etishning yo‘llari va choralari. – T.: «O‘zbekiston», 2009. -56 - b. fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” yuzasidan ma’ruza qilib, uning oltinchi yo’nalishi sifatida “Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish” masalasini qo’ydi. Unda mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida qo’lga kiritilgan yutuqlarga to’xtalgan holda, yana qanday vazifalar oldimizda turganligiga izoh berib o’tdi. Ya’ni, 1991-2000 yillarda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratilganligi, bular Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish Choralari to’g’risidagi” qonunlar qabul qilindi. Islohotlarning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga soliy to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunlar, yangi taxrirdagi soliq kodeksi va boshqa iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va xayotga tadbiq etildi. Navbatdagi vazifa sifatida, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator ustuvor vazifalar belgilanib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish yuzasidan takliflar o’rtaga tashlandi. Ya’ni, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi” Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, “Tadbirkorlik faoliyati soxasida berish tartib-qoidalari to’g’risida” gi Qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida biznesning yangi tashkiliy-huquqiy Shakli sifatida oilaviy-biznesni qonuniy belgilab qo’yish, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish, “Raqobat to’g’risida” gi yangi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish zarurligi qayd etildi. “Hozirgi kunda mamlakatimizda ichki mahsulotning 80 foizdan ortig’ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida” gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti xujjati unga uyg’unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi taxrirda qabul qilishni talab etmoqda”. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur`ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g’risida”, “Garov reestri to’g’risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g’risida”, “Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to’g’risida”gi va boshqa bir qator yangi qonunlar qabul qilishni hayot taqozo etmoqda. Tayanch iboralar Amaliyot, taraqqiyot yo’li, ijtimoiy inqilob, reforma, o’tish davri, tadrijiy (evalyutsion), shok terapiya yo’li. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling