Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish sotsial
boshqarishning Shakllari sifatida qaralishi mumkin. Sotsial rejalashtirish —
sotsial boshqarn Shning dastlabki bosqichlariga xosdir. Rejalashtirish — o’ziga
xos sotsial boshqarish bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy jarayonlar maqsadini, uning
ustivor tomonlarini, ularga erishishning vosita va maqsadlarini aniqlash, rejalarni
ishlab chiqish va ularni bajaruvchilarga etkazish, rejalar bajarilishi ustidan
nazoratni o’z ichiga oladi. Odatda, direktiv va indikativ rivojlantirini farqlashadi.
Direktiv rejalashtirish yuqori organlar tasdiqlagan ko’rsatkichlar majburiy
bajarilishini taqozo etadi. Indikativ rejalashtirishda reja ko’rsatkichlari
yo‘naltiruvchi, axborot tarzida bo’ladi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar
rejalashtirishni mutloqlashtirganlari uchun, u jamiyat rivojlanishi yo’lidagi to’siqqa
aylangan edi. Bozor iqtisodi amal qilayotgan ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda
indikativ rejalashtirish keng qo’llaniladi. Ayniqsa, Fransiya, YAponiya, Janubiy
Koreyada rejalashtirish yaxshi samara bermoqda. 1962 yildan beri «rejali»
rivojlanayotgan Janubiy Koreya jahonda etakchi o’rinlardan biriga chiqdi. Ho’zirgi
vaqtda bu mamlakatda 1990—1994 yillarda fanda eng ko’p qo’llanilayotgan
sohalarni rivojlantirish bo’yicha reja qabul qilingan va bajarilmoqda.


Sotsial boshqarishni yana bir Shakli sotsial loyihalashtirish tushunchasi hali
mavjud bo’lmagan, lekin yaratilishi lo’zim bo’lgan, shuningdek, tubdan o’zgarish
lo’zim bo’lgan ob’ektlarga nisbatan qo’llaniladi. Sotsial loyihalashtirishni sotsial
rejalashtirishning ko’rinishi deb ham aytish mumkin. U ijtimoiy munosabatlar,
sotsial jarayonlar va aholi yashash Sharoitlarni yaxshilash vositasidir. Sotsial
rejalashtirish mavjud bo’lmagan yoki tubdan o’zgarish lo’zim bo’lgan ob`ektlarga
nisbatan «rivojlanish» iborasini qo’llash qiyin. Ular yaratilgandan so’nggina
rivojlanishi mumkin. Sotsial loyihalashtirish sotsial rivojlantirishni emas, balki
yangi ob’ektlarning dastlabki sotsial holatini loyihalashtirishdir. Undan tashqari,
agar sotsial rejalashtirishda sotsial jarayonlarning hamma boshlang’ich sifatiy va
miqdoriy ko’rsatkichlarni aniq ko’rsatilgan ob’ekt bilan ish ko’rilsa, sotsial
loyihada esa bu boshlang’ich tavsiflar mavjud bo’lib turgan sotsial institutdagidek
bo’lmaydi.
Sotsial boshqarish Shakllari orasida sotsial prognozlashtirish alohida o’rin
tutadi. Inson va jamiyat faoliyatining bevositagina emas, balki ancha keyin ro’y
beradigan natijalarni ko’ra bilish va shunga yarasha sotsial rivojlanishni boshqarish
zaruriyati sotsial prognozlashtirishni keltirib chiqardi. Turli xil mezonlar —
maqsadi, vazifalari, vaqti, usuli, prognozni tashkil etishi va hokazolarga asoslanib
har xil prognozlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Vaqt mezoniga ko’ra quyidagi
prognozlarni qayd qilsa bo’ladi:
—joriy prognozlar - soatlar, kunlar, hafta va oylar;
—qisqa muddatli prognozlar- 1-5 yil oralig’ida;
—O’rta muddatli prognozlar - 5-10 yil oralig’ida;
—Uzoq, muddatli prognozlar - odatda, keyingi ikki-uch o’n yilliknio’z ichiga
oladi;
—O’ta uzoq, muddatli prognozlar — uzoq muddatlidan keyingi davr;
Sotsial prognozlashtirish usullari g’oyat ko’p.Ularning eng asosiylari
quyidagilardir: ekstrapolyatsiya tarixiy analogiya, kompyuterda modellashtirish,
kelajak senariysi, ekspert baholar. Ekstrapolyatsiya ho’zirgi ijtimoiy rivojlanish
tendensiyalarini kelajakka ko’chirish demakdir. Mazmuni va bajaradigan
vazifasiga ko’ra prognozlarning quyidagi to’rtta asosiy turini ko’rsatish mumkin:
1. Qidiruv prognozlari. Bu prognozlar «rivojlanish qaysi yo’nalishda
ketmoqda ho’zirgi tendensiyalar saqlanib qolganda nima ro’y beradi?» degan
savolga javob beradi;
2. Normativ prognozlar. Bunda oldindan aniqlangan normalar,
maqsadlar,ideallar asosida ijtimoiy xodisalarning kerakli holatiga erishish prognoz
qilinadi, buning uchun maxsus takliflar — rekomendatsiyalar tavsiya etiladi;
3. Analitik prognozlar. Kelajakni tadqiqot etish metodlarning ilmiy — bilish
ahamiyatini aniqlash amalga oshiriladi.
4. Prognoz ogohlantirishlar. Taxmin qilinayotgan noxu Sh kelajakni oldini
olish, odamlar ongiga ta’sir etish uchun ishlab chiqiladi.
Prognozlashtirishning usullari va turlari o’rtasidagi tafovut qo’llanish
ob’ektiga qarab nisbiy bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar bir vaqtning o’zida
boshqalari qo’llanilishi bilan bartaraf qilinishi mumkin.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling