Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi
turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Reproduktiv dinamika. Sotsial dinamikaning bu turi tug’ilish, ishlab
chiqarish, ekologiyaning sotsial jihatlarini o’z ichiga oladi. Aholi sonining o’sishi,
tug’ilish miqdori, ularni belgilovchi omillar reproduktiv sotsial dinamika sohasiga
kiradi. Ishlab chiqarish, ekologiya va sotsial sub’ektlar reproduktiv o’rnashmalarga
aloqodor bo’ladi.
2. Maqom (status) sotsial dinamikasi. U o’z ichiga xizmat lavo’zimlarida
ko’tarilishi yoki pasayishni, turmush darajasi va sifatini qamrab oladi.
3. Hududiy sotsial dinamika. Aholi ko’chishlari sur’ati va miqdorlarining
sotsial jihatlari, katta shaxar vujudga kelishi bilan paydo bo’lgan sotsial
muammolar, ishlab chiqarishning joylashtirilishi uning sotsial oqibatlari
hududiy(territorial) sotsial dinamika ob`ektlaridir.
4. Ma’naviy hayot dinamikasi manfaatlar, qadriyatlar, fikrlar, normalar
harakati, o’zgarishi va rivojlanishi bu soha doirasida bo’ladi.
5.Siyosiy dinamika jamiyat sotsial-sinfiy tarkibi, hokimiyat Shakllari
o’zgarishini tushuntirib beradi.
6. Fan-texnika dinamikasi. Fan-texnika taraqqiyotining sotsial jihatlari,
ishlab chiqarish vositalari o’zgarishlarining ijtimoiy sub’ektlari hayotiga ta’siri,
axborot va kommunikatsiya bilan bog’liq sotsiodinamik o’zgarishlar fan-texnika
dinamikasiga kiradi.
Sotsial dinamika abstrakt, mavhum qonuniyat ifodasi emas. Har bir mintaqa,
ijtimoiy tuzumda o’ziga xos sotsiodinamikani ko’rishimiz mumkin. Bundan
Shunday xulosa kelib chiqadiki, o’tkazilajak sotsiologiya tadqiqot albatta
mintaqaviy, maxalliy Sharoitlarga mos «tuzatish koeffitsientini ham o’z ichiga
olishi lo’zim.
«Sotsial rivojlanish» sotsiologiyaning muhim tushunchalaridan
hisoblanadi. Ho’zirgi zamon sotsiologiyasining etmishdoshlari deb aytsa
bo’ladigan qadimgi va o’rta asr Sharq va G’arb ijtimoiy falsafasi vakillari


Konfutsiy, Aflotun, suqrot, Arastu, Forobiy, Beruniy, Foma Akvinskiy, Ibn
Xaldunlar jamiyat rivojlanishi omillari, xarakalantiruvchi kuchlari, kelgusi jamiyat
«loyihasi» va unga erishish yo’llari haqidagi masalalar o’z tarixiy davrlari
Chegarasida qo’ya bilishgan edi. Ayniqsa, ularning ijtimoiy rivojlanishni abstrakt,
mavhum tarzda emas, balki hayotiy muammo sifatida tahlil qilishgani diqqatga
sazovordir. Jumladan, Abu Nasr Forobiy Shunday yozgan edi: «Insoniy vujuddan
maqsad — eng oliy baxt — saodatga erishuvdir, avvalo u baxt — saodatning nima
va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o’ziga g’oya va eng oliy
maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo’lishi kerak. Keyin bu baxt
saodatga olib boradigan ish-amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini
bilib olishi zarur. So’ngra esa baxt saodatga ergashtiradigan ishlarni shaxsan
bajarishga kirishmog’i lo’zim bo’ladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling