Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

«Klassik» yo’lning xususiyati shundaki, u uzoq tarixiy davr davomida
amalga oshiriladi va u siyosiy sohada qancha bo’xronlar bo’lishiga qaramay,
asosiy islohotlar iqtisodiy sohada amalga oshiriladi va bunda xususiy mulkchilik
yetakchi o’ringa ko’tarilishiga erishiladi Ushbu tadbirlarning muvaffoqiyatli
amalga oshirilishi ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy sohalarda islohotlarni amalga
oshirish imkonini beradi.
Bu tanlagan yo’l asosan Yevropa mamlakatlari va AQSHga xos bo’lib,
dastlab aholining ko’pchiligini noro’ziligiga, so’ngra esa qarshilik ko’rsatishiga
sabab bo’lgan va bunday kayfiyat aholi farovonligining o’sib borishi bilan so’nib,
o’zining samarasini bera boshlagan va bu 2 - 2,5 asr Chamasi davom etgan.
Bu yo’lning klassik (an`anaviy) deb atalishiga sabab Shuki,
mamlakatlarning demokratik jamiyatga o’tishi dastlab xuddi ana shu ko’rinishda
namoyon bo’ldi va bugun yuksak taraqqiyotga erishgan aksariyat mamlakatlar ana
shu yo’ldan bordilar.


Demokratik jamiyatga o’tishning ikkinchisi «Inhilobiy» yo’l bo’lib ,uning
xarakterli xususiyati shundaki, unda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va
tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni batamom sindirishni talab etiladi. Bunisi
«Falaj bilan davolash usuli» (« Shokoterapiya») deb ataladi. XX asrning 80 – 90
yillarida g’arbiy Yevropaning ba’zi davlatlari shunday yo’l orqali yangi tuzimga
o’tganlar. Bu davlatlarda vujudga keltirilgan kata iqtisodiy salohiyat va ko’pchilik
aholining turmush tarsi nisbatan yuqori bo’lganligiga asoslanib, dastlab siyosiy
sohada keskin o’zgarishlarni amalga oshirish, so’ngi iqtisodiy sohada islohotlarni
o’tkazish orqali demokratik jarayonlarni rivojlantirishga qaratildi. Shunday yo’l
orqali mamlakat siyosiy hayoti bir tizimdan ikkinchisiga o’tdi. Bu o’z navbatida
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarining o’zgarishiga
olib keldi. O’tishning bu yo’lini sobiq jahon sotsializmi tizimiga kirgan ayrim
mamlakatlar o’z boshlaridan o’tkazdilar. Ularning ayrimlarida masalan, Pol Shada
bu jarayon murakkab kechdi.
Uchinchi yo’l bosqichma –bosqich, ya’ni “Evolyutsion” yo’l. Eski iqtisodiy
munosabatlarni bosqichma – bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib,
samarali bozor munosabatlarini shikastsiz vujudga keltirish. Bunga O’zbekiston,
Markaziy Osiyo davlatlari va MDHning ba’zi birlari kiradi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling