o’zgarish. Bu yo’l bilan borgan mamlakatlarning aksariyati iqtisodiy buxronga
uchradi. Lekin Shu yo’l bilan borgan mamlakatlarga: Pol Sha,
Rum Shiya,
Chexoslovakiya, Bo’lgariya Xitoy, sSSR va boshqa sots. mamlakatlar, ular orasida
Xitoy va Kuba rivojlanishning aralash Shaklini qo’lladi.
3. Ilohiyat – mavjud jamiyat doirasida u
yoki bu ijtimoiy institutlar
faoliyatida qilinadigan o’zgartish. Islohat odatda yangi qonunchilik hujatlari
yordamida amalga oshiriladi.
4.
" Shokterapiya" (fran. zarba) yo’li bilan borayotgan mamlakatlar bor.
Bu yo’lda davlatmulkini birdaniga
chiqarib, xususiylashtirish ko’zda tutiladi.
Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy yo’llari
Klassik yoki an`anaviy (uzoq muddatli)
Inqilobiy ( Shok terapiyasi) yoki sakrab o’tish
Tadrijiy (evolyutsion) yoki bosqishma-bosqish o’tish
“O’tish davri ”tushunchasi va uning asosiy yo’llari.
“O’tish davri” keng va o’ta murakkab jarayon bo’lib, davlatlar
taraqqiyotining bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tib borishi bilan bog’liq davr
hisoblanadi.
Uning
kengligi shundaki, o’tish davri boshlanishida yuzaga keladigan
muammolarning ko’lami g’oyatda keng bo’lib, uni
yechishda aniq andozalarni
ya’ni bir mamlakat tajribalarini ikkinchisida aynan qo’llab bo’lmasligi bilan
bog’liq. Shuning bilan birga demokratik jamiyatga o’tishning barcha mamlakatlar
uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlari ham mavjud.Jumladan, siyosiy tizimni isloh
qilish, bozor munosabatlarini shakllantirish, insonning o’z ichki imkoniyatlarini
yuzaga chiqarish uchun Shart– Sharoitlarni vujudga keltirish, jamiyat taraqqiyotida
yuksak intellektual salohiyat ustuvorligini ta’minlash va boshqa bir qator
qonuniyatlar barcha mamlakatlar uchun umumiy hisoblanadi.
Bir ijtimoiy –
iqtisodiy, siyosiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish uchun zarur
bo’ladigan“ o’tish davri” yoki oraliq bosqichning muhlati ana shu yangi yuzaga
kelgan ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy tuzum o’z imkoniyatlarini to’la yuzaga chiqarib
barqaror taraqqiy qilish jarayoni yuzagakelishi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: