Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

 Bosqichma – bosqich o’tish bu: 
- ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy o’zgarishlari;
-jamiyat taraqqiyotining bir davridan ikkinchisiga o’tish Shakllaridan biri;
- jamiyat hayotining turli sohalarida islohotlar olib borish usuli.
Bosqichma – bosqich o’tish eskilik o’rniga yangiliklarni uzluksiz, izchil
Shakllantirish va yangi sifatni yuzaga keltirishni anglatadi. U jamiyat
o’zgarishining inqilobiy yo’lini rad etadi.
Unga xos bo’lgan xususiyatni aniqlashtirib quyidagicha izohlash mumkin.
Mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib, o’rniga yangi hokimiyat
vujudga kelishi bilan eski tizim bir zarb bilan tugatilmasdan bosqichma–bosqich,
vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim imkoniyatlaridan ham
foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib borishda va
boshqa yo’nalishlarda yangi munosabatlar Shakllantiriladi.
4. O’zbekistonda tadrijiy islohot yo’lining hayotga tatbiqi va uning natijalari. 
Mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda: Birinchidan,
aholining tafakkur va milliy–tarixiy turmush tarzini, xalq an’analari va urf –
odatlarini har tomonlama e‘tiborga olish, ijtimoiy jihatdan uyu Shib yashashning
jamoa shakli O’zbekiston xalqiga tarixan xos bo’lib, uning an’anaviy turmush tarzi
bilan chambarchas bog’liq.
Ikkinchidan, Respublika qulay jug’rofiy– siyosiy mavqega ega. O’zbekiston
hududi tarixan eng qadimgi savdo yo’llari tutashgan, tashqi aloqalar va
madaniyatlarning bir – birini o’zaro boyitish jarayoni avj olgan joy bo’lib kelgan.
Uchinchidan, o’ziga xos demografik vaziyatga ega ekanligi. O’zbekiston
tug’ilish darajasi va aholining tabiiy o’sishi yuqori bo’lgan mamlakatlar jumlasiga
kiradi.
To’rtinchidan, Respublika milliy tarkibining o’ziga xosligidir. Etnik tarkibda
tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Shubilan bir vaqtda respublika hududida o’z


madaniyati va an’analariga ega bo’lgan 136 dan ziyod millat vakillari yashab
kelmoqda. 
Beshinchidan, tabiiy – iqlim Sharoitlarining o’ziga xosligi. O’zbekistonda
quyoshning yil davomida 250-270 kun zenitda bo’lishi, dehqonchilik tarmog’ini
rivojlantirish , alohida qimmatli texnik ekinlarni va chorvachilik mahsulotlari
yetishtirish imkoniyatini beradi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling