Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va
o’zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin. Sotsial differentsiatsiya tushunchasi
birinchi bo’lib G.Spenser tomonidan qo’llanilgan. Uning fikricha, ijtimoiy
evolyutsiya bir vaqtning o’zida differentsiatsiya (bir xillikdan ko’p xillikka o’tish:
mehnat taqsimoti, maxsus sotsial institutlar paydo bo’lishi) va integratsiya
(organlarning bir-birlariga tobora muvofiqlashib borishi, oddiydan murakkabga
o’tishi, umumiy aloqadorlik takomillashuvi), ijtimoiy tartibot mukammalashuvidan
iboratdir. E. Dyurkgeym sotsiologik tizimida ham jamiyatdagi differensiatsiya va
integratsiya jarayonlariga e’tibor bergan. U differensiatsiyani aholi zichligining
oshishi va shaxslararo va guruhlararo muloqatlar sur’atiga bog’lab tushuntirgan.
Odatda differensiatsiya tushunchasi «tafovut» so’zining sinonimi sifatida
ishlatiladi. Bu holda u rollar, statuslar (maqomlar), institut va tashkilotlarni turli
mezonlar yordamida klassifikatsiya qilishga yordam beradi. Strukturaviy
funksionalizm va sistemali yondashuv tarafdorlari (Parsons, Ettsoni va b.) sotsial
differensiatsiya bilan sotsial sistemani o’z-o’zini saqlashning Sharti deb qaraydilar.
Bunda sotsial differensiatsiyaning yaxlit jamiyat, uning ostki tizimlari, guruhlari
darajasida ko’rinishlari qat’iy farqlanadi. Ularning fikricha, quyidagi hayotiy
muhim vazifalar - muhitga moslashish, maqsadlarini qo’ya bilish, ichki ixtiloflarni
bartaraf etish (integratsiya) va hakozolar bajarilgandagina muayyan tizim mavjud
bo’la olishi mumkin. Bu vazifalar esa faqat ozmi-ko’pmi maxsuslashgan institutlar
tomonidangina bajarilishi mumkin. Demak, bunga muvofiq sotsial tizimlar ozmi-
ko’pmi differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) bo’ladi. Sotsial differensiatsiya
o’sishi bilan faoliyatlar ko’p maxsuslashib boradi, shaxsiy va oilaviy aloqalar o’z
o’rnini borgan sari odamlar o’rtasidagi shaxssiy narsaviy munosabatlarga bo’
Shatib beradi. Bu munosabatlar ko’proq ramziy vositalar bilan boshqariladi
(masalan, iqtisodiy munosabatlar uchun bunday vositachi-pul). Sotsial integratsiya
(lot. integratio — to’ldirilish, tiklanish; integer yaxlit, butun) sotsial
differensiatsiya nisbatdosh tushunchadir. Ho’zirgi zamon sotsiologiyasi tizimlar
nazariyasidagi integratsiya tushunchasidan foydalaniladi. Unga ko’ra,


integratsiyada alohida differensiatsiyalashgan qismlarning bir butun qilib turuvchi
aloqa va shu holatda olib keluvchi jarayon tushuniladi. Integratsiya turli xil sotsial
sub`ektlar—individlar, tashkilotlar, davlatlar va hakozolar o’rtasida ixtilofsiz
munosabatlar bo’lishini ko’zda tutadi. Sotsial tizimlar integratsiyasining darajasi
va mexanizm to’g’risidagi qarashlar tarixan o’zgarib kelgan.
Ho’zirgi jamiyatda integratsiya muammolari bir qator mexanizmlar
yordamida hal qilinmoqda. Umumiy huquqiy tizimlar, ko’ngilli assotsiatsiyalar,
hamjamiyat azolari huquq va imtiyozlarini kengaytirish, ramziy vositalar
umumiylik darajasini oshirish va hakozolar ana shulardan iborat. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, Yevropa hamjamiyati, qolaversa, Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. 
Funksional bo’lmagan sotsiologik yo’nalishlar tarafdorlari (Bendiks,
Gouldner) funksionalchi sotsiologlar sotsial integratsiya ahamiyatini
mutloqlashtirishdan ogohlantiradilar. Ularning fikricha, haddan tashqari, batamom
sotsial integratsiya amaliy nuqtai nazardan xatto zararlidir, Chunki u sotsial tizimni
harakatsiz va mo’rt qilib qo’yadi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling