Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Qullikning umumiy tavsifi. Garchi quldorlik amaliyoti turli mintaqalarda
va turli zamonlarda har xil bo’lgan bo’lsa-da, qullikning sababidan qat’i nazar, qul baribir boshqa odamning mulki hisoblangan va qonunlar tizimi qulning maqomini mustahkamlagan. Qullik kishilarni bir-biridan farqlashning qaysi odam erkin-u (muayyan imtiyozlarga ega-yu), qaysi odam qul (imtiyozsiz) hisoblanishini aniq ko’rsatuvchi asosiy mezoni bo’lib xizmat qilgan. 4 Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.203 Kasta ham qullik kabi sotsial stratifikatsiyaning yopiq tizimi hisoblanadi. Kasta tizimi sotsial notenglik tizimi bo’lib, unda kishilarning statuslari ota- onalarida qolgan va umrbod ko’rinishidagi holat bo’lib namoyon bo’ladi. Kasta tizimining qoliqlari zamonaviy Hindiston va Janubiy Afrikada kuzatiladi. Hindistonda kasta mashg’ulotda namoyon bo’ladi. Oilada avloddan avlodga o’tib kelayotgan mashg’ulot bilan Shug’ullanishadi. Janubiy Afrikada esa kasta tizimi irqiy holatga tayanadi. Mamlakt aholisinin ozchilikni tashkil qiladigan oq tanlilar ko’pchilikni tashkil qiluvchi qora tanlilarga qaraganda yuqori statustga ega edilar. 1990 yilgancha oq tanlilar hukumatni tashkil qilib, armiya va politsiya yordamida appartaidni himoya qilishdi. Qora tanlilarga fuqarolik to’liq ma’noda berilmadi, kasalxonalar, maktablar va tukraro joyga egalik qilish huquqlari inkor etib kelindi. Oq tanlilar esa barcha istagan ish joylariga ega bo’lishdi, qora tanlilar esa malakasiz va kam haq to’lanadigan mashg’ulot bilan Shug’ullanishdi. Kasta tizimida nikoh o’ziga o’xshanalar guruhidan bo’lganlar bilan tuzilishi qayd qilib qo’yilgan. Hindistonda ota-onalar o’z farzandlariga azaldan, an’anaviy tarzda nikoh partnerini tanlab qo’yishar edi. Janubiy Afrikada esa 1985 yilgacha aralash irqqa asoslangan nikohlar ta’qiqlangan edi. Madaniy e’tiqod va qadriyatlar kasta tizimiga asos bo’ladi. Hindistonda esa induizm din sifatida kasta tizimining g’oyaviy asosi bo’lib xizmat qiladi. Unga muvofiq kishilar o’z taqdirlariga ko’nikib, jon-jahdi bilan mehnat qilishlari va bu bilan axloqiy majburiyatni sidqi-dildan bajarishlari talab qilinadi. Lekin kasta tizimi borgan sari zaiflashib bormoqda. Sababi jamiyatda sanoatlashishi kuchayib bormoqda va bu holat kishilardan industrializatsiya ko’nikmalariga tobora kengroq ega bo’lishalarini talab qilmoqda. 5 Kastalar tizimida maqom inson tug’ilganda belgilanadi va umrbod amal qiladi; sotsiologik nazariya bo’yicha tavsiflaydigan bo’lsak, kastalar tizimi zamirida amr etish yo’li bilan belgilangan maqom yotadi. Erishilgan maqom individning mazkur tizimdagi o’rnini o’zgartirishga qodir emas. Tug’ilishga ko’ra past maqomli guruhga mansub bo’lgan odamlar har doim hayotda ular Shaxsan nimaga erishishga muvaffaq bo’lganidan qat’i nazar, ayni shu maqomga ega bo’ladi. Stratifikatsiyaning mazkur Shakli xos bo’lgan jamiyatlar kastalar o’rtasidagi Chegarani daxlsiz saqlashga harakat qiladi. Shu sababli bu erda endogamiya, ya’ni o’z guruhi doirasidagi nikohlar amal qiladi va guruhlar o’rtasida nikohlar taqiqlanadi. Kastalar o’rtasida aloqalarga yo’l qo’ymaslik uchun bunday jamiyatlar kastaning tozaligini ta’minlashga qaratilgan murakkab qoidalarni ishlab chiqadi. Bu qoidalarga ko’ra, quyi kastalarning vakillari bilan aloqa qilish yuqori kastaning tahqirlanishiga sabab bo’ladi. YUqorida ta’kidlab o’tilganidek, Hindiston jamiyati kastalar tizimiga yorqin misol bo’lishi mumkin. Irqiy tamoyillarga emas, balki diniy tamoyillarga asoslangan mazkur tizim mamlakatda qariyb uch ming yil mobaynida amal qilgan. Hindlarning to’rt asosiy kastasi yoki varnalar minglab ixtisoslashgan kichik kastalar (jatilar)ga bo’linadi. Bunda har bir kasta va har bir jati vakillari muayyan kasb-kor bilan Shug’ullanadi. 5 Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.204 Klanlar tizimi agrar jamiyatlarga xos. Bunday tizimda har bir individ qon- qarindoshlikning ko’plab sotsial aloqalari - klanlar bilan bog’langan. Klan o’ta tarmoqlangan oilani o’zida ifodalaydi va o’xshash jihatlarga egalik bilan tavsiflanadi: agar klan yuksak maqomga ega bo’lsa, mazkur klanga mansub individ ham Shunday maqomga ega bo’ladi; klanga qarashli barcha mablag’lar – ular xoh qash Shoq, xoh boy bo’lsin, teng darajada klanning har bir a’zosiga qarashli bo’ladi; klanga sodiqlik uning har bir a’zosining umrbod majburiyati hisoblanadi. Klanlar kastalarni ham eslatadi: klanga mansublik eng avvalo tug’ilishga ko’ra belgilanadi va umrbod amal qiladi. Biroq kastalardan farqli ravishda, mazkur tizimda turli klanlar o’rtasida nikohlarga yo’l qo’yiladi; ulardan hatto klanlar o’rtasida ittifoqlar tuzish yoki mavjud ittifoqlarni mustahkamlash uchun foydalanilishi ham mumkin, Chunki nikoh natijasida er-xotinning qarindoshlariga yuklanadigan majburiyatlar ikki klan a’zolarini birlashtirishga qodir. Industrializatsiya va urbanizatsiya jarayonlari klanlarni nisbatan o’zgaruvchan guruhlarga aylantiradi va oxir-oqibat klanlar o’rnini sotsial sinflar egallashiga olib keladi. Qullikka, kastalar va klanlarga asoslangan stratifikatsiya tizimlari yopiq hisoblanadi. Odamlarni bir-biridan ajratuvchi Chegaralar Shu darajada aniq va qat’iyki, odamlarga bir guruhdan boshqa guruhga o’tish uchun imkoniyat qoldirmaydi. Turli klanlarning a’zolari o’rtasidagi nikohlar bundan mustasno. Sinfiy tizim ancha ochiq, Chunki u birinchi navbatda pul yoki moddiy mulkka asoslanadi. Sinfga mansublik ham tug’ilganda belgilanadi – individ o’z ota- onasining maqomini oladi, biroq individning sotsial sinfi uning umri mobaynida u hayotda nimaga erishganiga (yoki erisha olmaganiga) qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari, individning mashg’uloti yoki kasb-korini tug’ilishga ko’ra belgilaydigan yoki boshqa sotsial sinflarning vakillari bilan nikohga kirishni taqiqlaydigan qonunlar mavjud emas. Stratifikatsiyaning sinf tizimi mulkka va resurslarga egalik sifatlari bilan belgilanadi. Nazariy jihatdan qaraganda sinf tizimi kasta tizimiga solishtirganda aniq ochiqlik kasb etadi. Chunki sinflar o’rtasidagi Chegaralar kastachalik qat’iy emas. Sinf tizimida statusga erishish sinfga mansublikka yo’l ochib beradi. Va bunda belgilangan status asosiy rolni o’ynamaydi. Sinf tizimi ota-onalar statusiga to’liq bog’liq bo’lmaydi. Vaholanki, ular past yoki yuqori sinfga taalluqli bo’lgan bo’lsalar-da. 6 O’n to’qqizinchi yil G’arbiy Yevropada sinf tushunchalariga nisbatan turdi- tuman tyondashuvlar paydo bo’ldi. Jumladan, nemis iqtisodchisi K.Marks fikricha g’arb jamiyatida asosan ikki sinf: kapitalistlar va ishchilar mavjud. Kapitalist bu – fabrikalar va shaxtalar uchun zaouo bo’lgan mehnat vositalari, er va kapital egasidir. Ishchilar sinfi esa ushbu mulkka ega bo’lganlarga o’z ishchi kuchini faqat kun ko’rish uchun sotadiganlardir. Bu sinflar o’rtasida notenglik va ekspluatatsiya paydo bo’ladi.Kapitalist foyda olish uchun ishchilarni toboro ko’proq ishlab, yana ko’p boylik to’plashga intiladi. Bunda ishga to’lanadigan haq juda minimal darajada bo’ladi. 6 Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.205 Albatta, K.Marksning yuqorida keltirilgan g’oyalariga qarshi alternatif yondashuvlar ham mavjud. Ayniqsa, uning millatdoshi va zamondoshi M.Veber bu masalada o’zining bir qator ilg’or fikrlarini tavsiya etgan. Xususan, M.Veber idividualizm, byurokratik, korporativlikka asoslangan kapitalizmdagi o’zgarishlarni xis qildi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Veber kapitalizmning o’zgarib borayotganini Marksga qaraganda kengroq tahlil qildi. Albatta, Veber Marksning iqtisodiy omil haqidagi qarashlarini inkor etmadi. Lekin u jamiyatlarni sinflarga ajralishida faqat iqtisodiy omil bilan chegaralanib qolishni yoqlamadi. 7 Binobarin, mazkur sotsialstratifikatsiya tizimi asosan o’z Chegarasining o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligi bilan tavsiflanadi. Sinfiy tizim sotsial harakatchanlik, ya’ni ijtimoiy zinapoyadan yuqoriga ko’tarilish yoki pastga tu Shish uchun imkoniyatlar qoldiradi. O’z sotsial mavqei yoki mansublik sinfini yuksaltirish uchun imkoniyatlarning mavjudligi – odamlarni yaxshi o’qishga va tirishqoqlik bilan mehnat qilishga rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri. Albatta, inson tug’ilganda unga meros bo’lib o’tadigan oilaviy holat mutlaqo noqulay Shart-sharoitlarni belgilashi va ular insonga hayotda yuksak mavqega erishish va o’z farzandiga shunday imtiyozlarni ta’minlash uchun imkoniyat qoldirmasligi ham mumkin. Har qanday jamiyatda jinsiy belgi sotsial stratifikatsiyaning negizini tashkil etadi. Birorta ham jamiyatda jins sotsial tabaqalanishni belgilaydigan birdan-bir tamoyil hisoblanmaydi.Lekin, shunga qaramay, uhar qanday sotsialstratifikatsiya tizimi (qullik, kastalar, klanlar, sinflar)ga xos. Jinsiy belgiga ko’ra har qanday jamiyat a’zolari toifalarga bo’linadi va jamiyat ularga taklif qilishi mumkin bo’lgan boyliklardan foydalanish uchun teng bo’lmagan imkoniyatlarni qo’lga kiritadi. O’z-o’zidan ravShanki, bunday ajratish har doim erkaklar foydasiga amalga oshiriladi. Sotsial stratifikatsiya sotsiologiya fanining keng qamrovli va dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Jamiyat mavjud ekan, jamiyatdagi kishilar harakatda bo’ladi va mana shu harakatlari natijasida ma’lum bir statusga, maqomga ega bo’ladilar. Jamiyat taraqqiyotida kishilar har qaysi makon va zamonda bir xil statusga ega bo’lmaganlar. Chunki, jamiyatda doimiy tengsizlik mavjud bo’lib, bu kishilarning hatti harakatlari bilan uzviy bog’liq hodisadir. Kishilarning xatti-harakatlari, intilishlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, istedodi, bilim va ko’nikmalari, moddiy va ma’naviy imkoniyatlari ularni ma’lum bir pozitsiyadan boshqa bir pozitsiyaga o’tishlariga imkoniyat yaratib bergan. Ushbu jarayonlarni ilmiy o’rganish, tahlil qilish, hozirgi kunda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 1989 yilda vatanimizning mustaqillikka erishishi arafasida O’zbekistonda dastlabki sotsiologiya kafedrasining Toshkent Davlat Universitetida (hozirgi O’zMU) ochilishi bugungi kunda ushbu sohaning rivojlanishi, jamiyatdagi sotsial muammolarni ilmiy o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sotsiologlar tomonidan ko’plab mavzular, muammolar ilmiy jihatdan o’rganildi va buning uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan Shart-sharoit, imkoniyatlar keng 7 Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials,Tenth Edition. R.207 qamrovlidir. Jumladan, ijtimoiy muammolarni, sotsial stratifikatsiya jarayonlarini ilmiy o’rganish imkoniyatini berdi. Shu o’rinda sotsiologiya fanining tarixiga e’tibor qaratsak. Sotsiologiya fan sifatida G’arbiy Yevropada vujudga kelgan bo’lsada, hozirgi kunda er yuzi jamiyatining barcha hududlarida rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Bu fanning rivojlanishiga O.Kont, R.Merton, M.Veber, E.Dyurkgeym, E.Giddens, G.Spenser, Ch.Kuli, M. Sherif, T.Parsons, F.Znanetskiylar o’z xissalarini qo’shgan bo’lsalar, sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, YUsuf Hos Hojib, A.Navoiy, Ibn sino, Imom G’azzoliy, Abdulqodir Bedil, Ibn Xaldunlarning sotsial qarashlari sharqda ijtimoiy fikrlar rivojida asosiy kontseptsiya vazifasini o’tadi. Jumladan, taxminan XI-asr boshlarida yashab ijod etgan YUsuf Hos Hojib “Qutadg’u bilig” asarida davlatni idora qilish usuli, qonun-qoidalari, siyosati va mafkurasi, turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning mavqei va munosabatlari, ahloq va odoblarini ifoda etuvchi holatlarni yoritib, o’ Sha davr uchun ahamiyatli bo’lgan nizomnomani ishlab chiqdi hamda ushbu asarda ijtimoiy tengsizlik muammosini tahlil qilishga urindi. Asarda hokim tabaqa vakillari kambag’allarga nisbatan mehr- Shafqatli, insof-adolatli, tob’elar esa hokimlarga sadoqatli bo’lishi zarurligi, birdamlik o’rnatilishi kerakligi uqtiriladi. Asardagi ko’tarilgan ushbu masallardan Shuni aniqlash mumkinki, o’ Sha davrda ham jamiyatda qatlamlar mavjud bo’lgan. A.Navoiy esa ijtimoiy hayot to’g’risida, turli ijtimoiy tabaqalarning feodal jamiyatda tutgan o’rni va vazifalari to’g’risida “Mahbubul-qulub” nasriy asarida so’z yuritadi. A.Navoiyning fikricha, jamiyat barqarorligida ijtimoiy tabaqalarning o’z vazifalarini to’g’ri, halol bajarishlari katta ahamiyatga ega. Inson hayotini o’zi uchun ham, butun jamiyat uchun ham foydali bo’lgan ishga bag’ishlashi kerak. Mirzo Abdulqodir Bedilning ham sotsiologik qarashlari boy bo’lib, u tilanchi, ta’magir, tekinxo’rlarni, ya’ni boqimandalik va tanballikni qoralab, kishilarning mehnatsevar, harakatchan bo’lishlarini qo’llab quvvatlaydi [3,18]. Demak, sharq va g’arb mutafakkirlari jamiyatda tengsizlik mavjud ekanligini, kishilarning harakatchanligi nechog’lik ahamiyatliligini hamda ushbu hodisalarni ilmiy o’rganish zarurligini ta’kidlaydilar. Bu mavzuni keng qamrovli tarzda tadqiq etgan taniqli sotsiolog Pitirim Aleksandrovich Sorokindir. P.A.Sorokin (1889-1969) yirik olim va jamoat arbobi sifatida Rossiyada sotsiologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. 1920 yilda P.A.Sorokinning “Sotsiologiya asoslari” asari Chop etildi. G’arb sotsiologiyasida jamiyatning ijtimoiy tarkibi sotsial stratifikatsiya tushunchasi asosida o’rganiladi. Stratifikatsiya lotincha “strato”, “qatlam” degan ma’noni anglatib, g’arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri va maxsus sohasi hisoblanadi. Jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini va jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifodlaydi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi marksizm sotsiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bo’lib, jamiyatning sinflarga bo’linishi sababi mulkiy munosabatlarda ekanligiga tabiiy-tarixiy qonuniyat sifatida qaraydi. Bu sinflarni ijtimoiy qatlamlar va guruhlarni ma’lumoti, psixologik jihatlari, turmush Sharoiti, ijtimoiy bandlik, daromadi va shu kabi xususiyatlari bilan farqlaydi. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi dastlab E.Dyurkgeym, G.Spenser, P.Sorokinlarning ilmiy faoliyatlari natijasida shakllanib rivojlandi. E.Dyurkgeym o’zining “Ijtimoiy mehnat taqsimoti” (1893) asarida quyidagi fikrni bildiradi: “o’z- o’zidan, tabiiy kuch asosida kishilar layoqatiga ko’ra farq qiladilar. Boshqacha bo’lishi mumkin emas. Shunday qilib, har bir individning layoqati va ularning holati o’rtasida uyg’unlik tarkib topadi”. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi amerikalik sotsiolog T.Parsons tomonidan yanada rivojlantirilgan. “Stratifikatsiya, - deb yozadi T.Parsons ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatning asosiy yuzaga keltiruvchisi”. Sotsial stratifikatsiya nazariyasini rivojlantirgan P.A.Sorokin sotsial mobillik mavzusiga ham o’z e’tiborini qaratadi. Olim “Inson. Taraqqiyot. Jamiyat” asarining alohida bobida sotsial stratifikatsiya mavzusini yoritib berdi. P.A.Sorokin yuqoridagi asarida ushbu mavzuga tegishli geometrik makon va ijtimoiy makon, ijtimoiy stratifikatsiya, ijtimoiy stratifikatsiyaning asosiy Shakllari va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, kasbiy stratifikatsiyalar, ijtimoiy mobillik kontseptsiyasi va shakllari haqida ilmiy-nazariy ma’lumotlarni keltirgan. U ushbu asarida geometirik makon va ijtimoiy makonni bir biriga taqqoslaydi. “YUqori va quyi sinflar, ijtimoiy pog’onada ko’tarilish, “N.N” sotsial pog’onada muvaffaqiyatli ko’tarilmoqda, uning ijtimoiy mavqei yuqori darajada, yirik ijtimoiy masofa mavjud” kabi tushunchalar bilan kundalik hayotda ham, iqtisodiy, siyosiy va sotsiologik tadqiqotlarda ham to’qnash kelamiz”. deb ta’kidlaydi olim. Biz kundalik hayotda kimningdir yuqori marralarga erishgani haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. Bu kabi tushunchalar ijtimoiy makon tushunchasining mavjudligidan darak beradi. XVII asrning yirik mutafakkirlaridan bo’lgan Dekart, Gobbs, Leybnits, Vaygeldan keyin faqatgina F.Rattsel, G.Zimmel, E.Dyurkgeym, R.Park, E.Bogardus” ijtimoiy makon muammosiga va u bilan bog’liq boshqa masalalarga o’z e’tiborlarini qaratishgan. Mazkur tadqiqotlarning predmetini ijtimoiy mobillik (safarbarlik, harakatchanlik), ya’ni individning ijtimoiy makon ichidagi harakati tashkil etadi. Shu o’rinda Pitirim sorokin quyidagi fikrni bildiradi. Ijtimoiy makon va uning omillari mohiyatini yoritish maqsadga muvofiqdir. Olim geometrik makon bilan ijtimoiy makonni bir-biriga taqqoslab quyidagi misollarni keltiradi: Birinchidan, ijtimoiy makon geometrik makondan tubdan farq qiladi. Geometrik makonda bir-biriga yaqin bo’lgan insonlar (m-n, qirol va uning xizmatkori) ijtimoiy makonda yirik masofa bilan ajralgan bo’lishi mumkin va aksincha, geometrik makonda bir-biridan uzoq bo’lgan insonlar (m-n, biri Amerikada boshqasi esa Xitoyda xizmat qilayotgan ikki general) ijtimoiy jihatdan juda yaqin bo’lishi mumkin. Inson o’zining ijtimoiy mavqeini o’zgartirmagan holda geometrik makonda minglab kilometrni bosib o’tishi mumkin, va aksincha, o’ Sha geometrik makonda qolib o’zining ijtimoiy holatini keskin ravishda o’zgartirishi ham mumkin. YUqorida keltirilgan fikrlar ijtimoiy va geometrik makon bir-biridan keskin farq qilishini ko’rsatadi. Geometrik makonni odatda ko’plab jismlar joylashgan qandaydir koinot sifatida tasavvur qilamiz. Shu ma’noda ijtimoiy makon ham er yuzi aholisidan tashkil topgan koinotdir. Insonlar istiqomat qilmaydigan yoki bitta inson yashaydigan joyda ijtimoiy makon mavjud bo’lmaydi, Chunki bir kishi hech kim bilan munosabatga kirishmaydi. U ijtimoiy makonda emas, balki faqatgina geometrik makonda mavjud bo’ladi. Insonning ijtimoiy holatini aniqlash uchun uning oilaviy ahvoli, fuqaroligi, millati, dinga munosabati, kasbi, siyosiy partiyalarga mansubligi, iqtisodiy mavqei, kelib chiqishini bilish zarur. Ammo, bular ham etarli emas. Chunki, bir xildagi guruhlar ichida ham turli xil pozitsiyalar mavjud (m-n, bir davlatdagi qirol va oddiy fuqaro). Demak, individning jamiyatdagi har bir asosiy guruhlardagi o’rnini ham bilish lozim. Doim ham bizni insonning bo’yi, sochlarining rangi, temperamenti to’g’risidagi axborot bilan ta’minlamaydi. Bularning barchasi biolog yoki psixolog uchun ahamiyatlidir, lekin sotsiolog uchun katta ahamiyatga ega emas, deb ta’kidlaydi. Xulosa sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: 1) ijtimoiy makon – bu er yuzi aholisi; 2) ijtimoiy holat – bu individning jamiyatdagi guruhlar va ularning a’zolari bilan aloqalari majmuidir; 3) insonning sotsial koinotdagi o’rni mazkur aloqalarni o’rnatish yo’li bilan belgilanadi; 4) bunday guruhlar hamda ularning har biridagi holatlar yig’indisi har qanday individning ijtimoiy o’rnini aniqlashga ko’maklashadigan sotsial koordinatlar tizimini tashkil etadi. Bir xil ijtimoiy guruhlarga mansub bo’lgan va ushbu guruhlarning har birida o’xshash vazifalarni bajaradigan kishilar bir xil ijtimoiy o’ringa (holatga) ega. Bu jihatdan farqlanadigan insonlar esa turli xil ijtimoiy holatga mansubdirlar. Kishilarning ijtimoiy holatida qanchalik o’xshashliklar ko’p bo’lsa, shunchalik ular ijtimoiy makonda ham bir-biriga yaqin bo’ladilar. P.A.Sorokin ijtimoiy stratifikatsiyaning uchta asosiy Shaklini ko’rsatib o’tadi: iqtisodiy, siyosiy va kasbiy stratifikatsiya. Odatda, ularning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Qaysidir jihatdan yuqori qatlamga mansub bo’lgan insonlar, odatda boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha ham ushbu qatlamga mansub bo’ladi va aksincha. YUqori iqtisodiy qatlam vakillari bir vaqtning o’zida oliy siyosiy-kasbiy qatlamlarga ham mansub bo’lishi mumkin. Masalan, boylar doim ham siyosiy va kasbiy ierarxiya cho’qqisida bo’lmasligi, huddi shunday kambag’allar ham siyosiy va kasbiy ierarxiyaning quyi o’rinlarini egallamasligi mumkinligini ta’kidlaydi. P.A.Sorokin har qanday uyu Shgan ijtimoiy guruh doim ijtimoiy jihatdan tabaqalashgandir. “Tekis” va barcha a’zolari teng bo’lgan doimiy ijtimoiy guruh mavjud bo’lmagan va bo’lmaydi degan xulosani beradi. Real tenglikka asoslangan tabaqalashmagan jamiyat bu, insoniyat tarixi davomida haqiqatga aylanmagan afsonadir. Tabaqalashuv Shakllari turli xil bo’lishi mumkin, lekin mohiyati o’zgarmasdir. Bu nafaqat insonlar jamiyati uchun, balki o’simlik va hayvonot dunyosi uchun ham xosligini aytadi. Olim quyidagi misollari orqali har qanday jamiyatda tabaqalashuv mavjudligini ko’rsatadi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling