Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

O’simlik va hayvonot dunyosi. Agarda ijtimoiy sotsiologiya tushunchalarini
hayvonot va o’simlik dunyosini talqin etishda qo’llash mumkin bo’lsa, bu erda
ham ijtimoiy tabaqalanishning mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Xususan,
o’simlik dunyosida ham turli xil “ijtimoiy” sinflar, hukmronlik va tobelik
munosabatlari, “iqtisodiy” jihatdan turlicha hayot darajalari (havo, namlik, quyosh


nurining miqdori, erning unumdorligi darajasi bo’yicha) mavjud. Bu kabi hodisalar
o’simlik dunyosi ham mutloq “tenglar jamoasi” emasligidan darak beradi.
Hayvonot dunyosida ijtimoiy tabaqalanish quyidagilarda o’z ifodasini
topadi: a) asalarilar, Chumolilar va boshqa xasharotlarda turli xil qat’iy sinflarning
mavjudligi; b) sut emizuvchilar to’dasida yo’lboshlovchining mavjudligi; v)
ekspluatatsiya, tobelik, hukmronlik va h.k. holatlarning mavjudligi. Demak,
hayvonot dunyosida ham tabaqalashuv holati kuzatiladi. Demak, sorokinnig bu
fikrlaridan Shuni anglash mumkinki tabaqalashuv har qanday jamiyatda mavjud
bo’lib, bu kishilar hayoti uchun albatta zarar keltirmaydi. 
P.Sorokin fikriga ko’ra, jismoniy mehnat vakillari aqliy mehnat egalaridan
ko’ra mehnat haqi kam to’lanadigan, oz imtiyozlarga va zaif ta’sirga ega bo’lgan
guruhdir. Bu holat jismoniy mehnat bilan Shug’ullanuvchilarning intellektual
kasblarga intilishida namoyon bo’ladi. Aqliy va jismoniy kasblarning bu umumiy
ierarxiyasi professor F.Toussig klassifikatsiyasida aks etgan (1-jadval). 
Intellekt indekslari
1-jadval
Intellekt indekslari 
Kasb
0 dan 4.29 gacha
YOllanma
ishchilar,
kundalik
mamashg’ulotlar, dehqonlar mehnati va h.k
5.41 dan 6.93 gacha
Haydovchi, sartarosh, tarqatuvchi va h.k.
7.05 dan 10.83 gacha
Keng miqyosdagi ta’mirlovchi, oshpaz,
fermer, posbon, quruvchi, kulol va h.k.
10.86 dan 16.28 gacha 
Detektiv, transport kompaniya xodimi,
prorab, muxbir, o’rta maktab o’qituvchisi,
muhandis, artist, arxitektor va h.k.
16.58 dan 17.50 gacha
Ulgurji savdogar, ta’lim tizimi ma’muri,
shifokor, jurnalist, nashriyotchi va h.k.
17.81 dan 17.50
Universitet professori, buyuk musiqachi,
rasmiy insonlar, mashhur tadqiqotchi va h.k.
Jadvaldagi ma’lumotga ko’ra qo’l mehnati, intellekt (zakovat) ning past
darajasi hamda ijtimoiy uyu Shtirish va nazorat vazifalaridan begonalashuv kabi
uch ko’rsatkichlar parallel va bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Boshqa
tomondan, bunday holat aqliy mehnatga asoslangan kasblar orasida ham uchraydi.
Har bir kasbiy guruh a’zolari uch qatlamga ajratiladi. Ularning dastlabkisi o’z
faoliyatida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan hamda xodimlarni nazorat etadigan
tadbirkorlardir. Direktorlar, menedjerlar, bosh muhandislar, korporatsiya
direktorlari kengashi a’zolari va h.k. ikkinchi qatlam, ya’ni oliy kategoriya
xizmatchilarini tashkil etadi. Ular bo’ysunadi, o’z xizmatini sotadi, tashkil etish va
nazorat qilishda etakchi rol o’ynaydi, aqliy mehnat bilan Shug’ullanadi. So’nggi
qatlam o’zining faoliyatida mustaqil bo’lmagan, jismoniy mehnat bilan
Shug’ullanadigan, oliy kategoriya xizmatchilaridan kamroq mehnat haqi oladigan
yollanma ishchilardir. 


Hozirgi kunda har qanday demokratik jamiyat ham tabaqalashgandir, deb
ta’kidlaydi sorokin. 
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan
so’ng barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik
biznes va tadbirkorlik faoliyati rivojlandi. Jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllandi. Bu
jamiyat hayotida o’rta qatlamni shakllantirishga bo’lgan harakatni bildiradi. Jamiyat
tarkibida o’rta qatlamning ko’p salmoqli bo’lishi jamiyatni rivojlanishida asos bo’lib
xizmat qiladi. Sotsial sotsial stratifikatsiya nazariyasini asoslagan va tadbiq etgan
P.A.Sorokinning ushbu nazariyalari barcha jamiyatlar uchun ahamiyatlidir.
Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalaridagi stratifikatsion qatlamlarni aniqlash va
ilmiy o’rganish jamiyatimiz rivojlanishida o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling