Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Millatlararo munosabatlar tushunchasi va uning tasnifi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
5. Millatlararo munosabatlar tushunchasi va uning tasnifi. Birorta bir
etnik birlik boshqa halqlardan mutloqo alohidalangan holatda mavjud bo’lishi mumkin emas. Amaliy jihatdan har bir etnos u yoki bu darajada o’zaro aloqalar va boshqa etnoslar bilan madaniy yutuqlarni almashinish uchun ochiq hisoblanadi 11 Nаtsionаlnie otnosheniy:Slovаr. – M., 1997. – 91b. hamda o’zining xususiy madaniy yutuqlari va qadriyatlari bilan bo’lishishga tayyor hisoblanadi. millatlararo munosabatlar etnoslar o’rtasidagi turli xildagi o’zaro aloqalardan tashkil topgan bo’lib, uning ta’sirida o’zaro ta’sirlashuvchi etnik guruhlar va ularning a’zolarining individual va ijtimoiy tavsiflari o’zgarishga uchraydi. Ko’p sondagi etnomadaniy yo’nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari guvohlik berishicha, millatlararo aloqalarning tarkibi va xarakteri ko’p jihatdan uning ishtirokchilari imkoniyatlariga va bir – birini tushuna olishlari, o’zaro kelishuvga erishishlariga bog’liq hisoblanadi. Turli xildagi etnik birliklar vakillari o’zaro munosabatlarda ta’sirlashishlari davomida bir tomondan o’zlarining xususiy belgilarini va sifatlarini o’zgartirishi va boshqa tomondan – o’zaro birgalikda faoliyat ta’siri ostida ularning har birida oldin mavjud bo’lmagan qandaydir umumiy takrorlanmas xususiyatlar o’zlashtirilishi amalga oshadi. Ushbu holatdan kelib chiqqan tarzda, millatlararo munosabatlar ushbu atamaning keng ma’noda tushunilishini ta’minlaydi, bunda uning mazmun – mohiyati ijtimoiy hayotning turli xil sohalarida, jumladan iqtisodiyot, sa’nat, fan va boshqalarda halqlarning o’zaro aloqalari ko’rinishida tavsiflanadi, tor ma’noda esa bu tushuncha turli xil etnik mansublikka ega bo’lgan odamlarning turli xil sohalarda, jumladan mehnat, oilaviy – kundalik turmush, shaxsiyatlararo o’zaro munosabatlari, muloqotning norasmiy turlari ko’rinishida belgilanadi. Etnosotsiologiyada millatlararo munosabatlarni o’rganishda ikkita daraja o’zaro farqlanadi, jumladan institutsional va guruhlar o’rtasidagi, shaxsiyatga oid. 12 Institutsional daraja makromuhit – mamlakatdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy Sharoitlar xususiyatlarini o’rganishni o’z ichiga oladi. Mikromuhit ichidagi o’zaro munosabatlar ikkinchi – Shaxsiyatga oid va guruhlar o’rtasidagi munosabatlar darajasiga tegishli tadqiqot hisoblanadi, bu darajadagi tadqiqotlar bevosita mamlakatdagi mavjud vaziyatni, o’zaro aloqaga kirishuvchi guruhlarning etnomadaniy jihatdan spetsifik o’ziga xosliklarini va ularning o’zaro muloqotlari darajasini aniqlash imkonini beradi. Millatlararo munosabatlar institutsional darajada funktsiya bajaradi va davlat va jamiyat tashkilotlarining o’zaro aloqalari orqali ro’yobga chiqadi. Guruhlar, turli xil etnik mansublikka tegishli odamlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar vaziyatida gap millatlararo munosabatlar haqida ketadi. 13 Millatlararo munosabatlar tavsiflariga mamlakatda mavjud bo’lgan umumiy siyosiy vaziyat, hokimiyatning qonuniyligi va barqarorligi, liberalizatsiyaga bo’lgan mo’ljal olishlar – jumladan, turli xil millatlarga mansub bo’lgan ma’lum bir Shaxslararo munosabatlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Kundalik turmushda har kuni ishga oid va norasmiy aloqalar davomida odamlar amaliy jihatdan tenglikni his qilishlari yoki his qilmasliklari, o’zaro hamkorlik yoki huquqlarning Cheklanishi, bularning barchasi tolerant munosabatlarni belgilab beradi. Millatlararo munosabatlar masalasi so’nggi yillarda ijtimoiy fanlarda eng ommalashgan masalalardan biriga aylanishi kuzatiladi. Olimlar tomonidan tasdiqlangan oldindan bashorat qilishlarga muvofiq, millatlar o’rtasidagi o’zaro 12 Аrutюnyan Ю.V., Drobijevа L.M., Susokolov А.А. Etnosotsiologiya. – M., 1999. – 184b. 13 Drobijevа L.M. Sotsiаlnie problemi mejnаtsionаlnix otnosheniy v postsovetskoy Rossii. – M., 2003. – 263 b. aloqalar kuchayishi va globallashish tendentsiyalari jadallashishi bilan birgalikda millatlararo farqlanishlar nafaqat saqlanib qolishi, balki ko’pgina mamlakatlarning siyosiy hayotida nisbatan muhimroq rol o’ynashi, davlatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi ta’kidlanadi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling