Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nufuz (prestij).
3. Iqtisodiy holat. Stratifikatsiyaning iqtisodiy darajasi boylik va daromad
bilan belgilanadi. Boylik deganda odamlar egalik qiluvchi moddiy ne’matlar tushuniladi. Daromad soddalashtirilgan ko’rinishda, odamlar oluvchi pullar miqdori sifatida tavsiflanadi. Masalan, inson ulkan boylikka ega bo’lishi va undan oz miqdorda daromad olishi mumkin; bunday odamlar qatoriga noyob tangalar, qimmatbaho toshlar, san’at asarlarini kollektsiya qiluvchilar va boshqa shunga o’xshash odamlar kiradi. Boshqa bir odam katta maosh olishi, hashamatli hayot kechirishi, lekin boy bo’lmasligi mumkin. Nufuz (prestij). Darajasi muayyan sotsial maqom bilan mos keluvchi jamiyatdagi obro’, e’tibor, hurmat bilan o’lchanadi. Nufuz – qo’l bilan u Shlab bo’lmaydigan, faqat nazarda tutiladigan hodisa sanaladi. Ammo, kundalik hayotda inson odatda nufuzga salmoqli tus berishga harakat qiladi – unvonlar beradi, hurmat-e’tibor rasm-rusumlariga rioya qiladi, faxriy darajalar beradi, o’zining «yashashni bilishi» ni namoyish etadi. Bu harakatlar va ob’ektlar sotsial muhimlik darajasini aks ettiruvchi nufuz belgilari rolini bajaradi. Odamlarning bir-biri bilan o’zaro aloqalari tarkibiga ularning bir-biriga ko’rsatishi va bir-biridan olishi lozim bo’lgan hurmat-e’tibor darajasiga doir muzokaralar kiradi. Hatto oddiy so’zlashuvga ham, agar so’zlarimizga e’tibor beriladigan bo’lsa, biz bu gaplarga diqqat bilan quloq solishimiz haqidagi muayyan pinhona ahdlashuv xos. Biz o’zimizdan yuqori darajadagi odamga turli usullar bilan hurmat-e’tibor ko’rsatamiz. Masalan, tanishuv taomilida ramziy harakatlar – ta’zimlar, komplimentlar qo’llaniladi. O’zini olib qochish taomilida ayni shu maqsadga obro’li shaxslarga nisbatan «tegishli masofa» ni saqlash orqali erishiladi. Obro’ qozonish va uni saqlab qolish uchun boylik va hokimiyatga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Ular umume’tiboriga havola etilishi lozim, zero obro’ faqat aniq faktlar asosida qozonilishi mumkin. Hozirgi vaqtda aksariyat odamlarning nufuzi, qoida tariqasida, ularning daromadi, kasb-kori va turmush tarzi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda insonning Shaxsiyati va kirishimliligi ham juda muhim. Garchi ko’pchilik hali-hanuz pul hamma narsadan muhim deb hisoblasa- da, lekin insonning turmush tarzi va u ilgari suradigan qadriyatlar hozirgi vaqtda uning nufuzini belgilashda ayniqsa muhim rol o’ynaydi. Zamonaviy jamiyatlarda ayrim kasblar yuqori nufuzga, ayrimlari, o’rtacha, yana boshqalari esa pastroq nufuzga (prestijga) ega bo’lishadi. Masalan, bizning jamiyatda eng obro’li kasblar sifatida huquq Shunos, shifokor, iqtisodchi, psixologlar, pastroq nufuzga ega bo’lgan kasb-hunarlar sifatida esa farrosh, ko’cha tozalovchi, mardikor, yollanma ishchilar nazarda tutiladi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling