Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
R. Dunlap. Handbook of Environmental Sociology. — 2000.
Ekologik muammolarni o’rganishda mutaxassis bo’lgan bilimlar sohasi ommalashib bormoqda, nisbatan mustaqil bo’lgan fan – ekologiya sotsiologiyasi ham jadal Shakllanmoqda Tabiiy muhit faqatgina insoniylik faoliyatining barcha jarayonlariga kirib boribgina qolmay, balki tabiat qonunlariga muvofiq ravishda ana shu jarayonlarga ta’sir ko’rsatadigan Sharoitda aynan jamiyat va tabiatning o’zaro aloqa qilishi dolzarb bo’lib qoladi. Tabiiy muhitning o’zgarishi sotsial ahamiyat kasb etadi. Tabiat qonunlarini o’zlashtirib va tabiat kuchlarini egallagan bo’lishiga qaramay jamiyat ana shu qonunlarni o’zgartirishga yoki ularni sotsial qonuniyatlarga bo’ysundirishga qodir emas (xuddi sotsial qonuniyatlarni ham tabiiy qonuniyatlarga keltirish mumkin bo’lmaganday). Zamonaviy ekologik vaziyatning o’ziga xosligi ana shu turli qonuniyatlarning muayyan ekotizim bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu sotsial tizim Sharoitida kesishib va o’zaro aloqa qilishi xizmatga qiladi. Tizimlarning o’zaro bog’langanligi va o’zaro faoliyat ko’rsatishi ana shu o’zaro bog’lanishning o’ziga xosligini o’rganishni talab qiladi, bu esa ham sotsiologik “germetizm”ni, ham tabiiy reduktsionizmni istisno qiladi. Zamonaviy ekologik vaziyatni sotsial va tabiiy qonuniyatlarning kesishishidagi ikkita unsur qarama-qarshiliklarining namoyon bo’lishining eng rivojlangan Shakli, ya’ni nazariy ko’rib chiqish uchun ma’qul bo’lgan Shakl deb hisoblash mumkin bo’ladi. Bu ma’noda so’nggi o’n yilliklarda fanlararo xarakterga ega bo’lgan turli sotsial-ekologik nazariyalarning paydo bo’lishi tabiiy bo’ladi. Avvalgi sotsiologik nazariyalarning ham, tabiiy va keng dunyoqarashli kontekstdagi sotsiologik jihatdan nazariylashtirilgan nazariyalarni ham sintez qilishga intiladi. Ana shunday sintezning eng yorqin misoli, amerikancha invayronmentalizm bo’lib xizmat qiladi va u tegishli sotsial fanning ommaviy sotsial harakat amaliyoti bilan birgalikdagi muayyan turdagi dunyoqarash va nazariy asoslarni ifoda etadi. Amerikancha invayronmentalizm o’zining boy va qadimiy an’analariga ega (o’tgan asrning o’rtalaridan mavjud). Uning rivojlanishining hozirgi bosqichi ham nazariy, ham sotsial-siyosiy jihatdan 70-chi yillardan boshlanadi va ko’pchilik infayromentalistlar hisoblashicha, 1973 yildagi energetik krizis oqibatlari (iqtisodiy, siyosiy, sotsial va hokazo) bilan bog’liqdir. Invayronmentalistik harakat rivojlanishining va sotsial-ekologik tadqiqotlarning institutsional asoslari bir necha yil avval amalga oshirilgan edi 7 (1969 yilda milliy tabiatni muhofaza qilish siyosati to’g’risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi, 1970 yilda Er himoyasi kunini o’tkazish, umummilliy va lokal darajada turli xil tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarining tashkil etilishi). Umumiy ekologik kayfiyatlardan Amerika sotsial fani ham Chetda qolmadi: 1976 yilda Amerika sotsiologiya assotsiatsiyasida invayronmentalistik sotsiologiya sektsiyasi ochiladi, 1977 yilda assotsiatsiya sessiyasida “Invayronmentalizmning sotsial ildizlari” mavzusi muhokama qilinadi, bundan ham avvalroq Shunga o’xshash sektsiyalar, sotsial muammolarni o’rganish, qishloq sotsiologiyasi jamiyatlari tashkil etilgan ko’rishimiz mumkin. 7 R. Dunlap. Handbook of Environmental Sociology. — 2000. Nihoyat 80-yillar oxiriga kelib “invayronmentalizm asri”ning kirib kelishini e’lon qiladigan “yangi invayronmentalistik paradigma” ning asosiy (boshlang’ich) qoidalari shakllanadi. Bu paradigma umuman olganda ratsionallikning yangi turini va yangi standartlarini tartibga solishning siyosiy va iqtisodiy jihatlarini qadriyatli darajada qaytadan ko’rib chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Atrof muhitning degradatsiyasi shunday bo’lib ketdiki, ekologik "konservatsionistik" va progressistik harakat "radikal-invayronmental" harakatga aylanadi va bu holat texnik taraqqiyot afzalliklarini ilgari suradigan postulatlarni shubha ostiga oladigan vaziyatni keltirib chiqaradi. «Bu ezgulik kabi shunday yovuzlikdir"- deb xulosa qiladi invayronmentalistlarning umumiy Shijoatini L.Milbret. 8 1978 yildan boshlab Amerika sotsiologik jurnallaridagi invayronmentalizmga bag’ishlangan maqolalar soni oshadi. U.Ketton va R.Denlep so’nggi o’n yilliklardagi invayronmentalizm tomonidan yig’ilgan nazariy tajribani umumlashtirib sotsiologiyada "yangi invayronmental paradigma"ni e’lon qiladi, uning namoyon bo’lishi “sotsial voqelik”ning o’zgarishi bilan bog’liqdir. 70-chi yillar boshlarida “Sotsial vaziyatning o’zgarishi“ birinchi navbatda sotsiologiyadagi invayronmental g’oyalarning faollashishining sababi va manbasiga aylandi. Bu o’zgarishning mohiyati “iqtisodiy krizis” tushunchasida namoyon bo’ladi. Bu tushuncha bilan invayronmentalistlar quyidagi hodisalarni tushuntiradilar: atrof muhitning zararlanishi, tabiiy resurslar etishmasligi, aholi sonining oshib ketishi, urbanizatsiya oqibatlari, hayvonlarning ayrim turlarining yo’q bo’lib ketishi va hokazo. Ushbu xodisalar “sotsial xodisalar” deb tan olinmasdan, balki o’ta sotsial ahamiyatga ega bo’lgan xodisalar deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir, negaki ushbu xodisalar jamiyat rivojlanishi bilan uyg’undir. Modomiki yangi isbotsiz qabul qilinadigan qoidaning ta’kidlanishi “qarshi fikr yuritish” usuli bilan amalga oshirilar ekan va bu qoidalarning printsipial jihatdan yangligi aytib o’tilar ekan, bundan avvalgi sotsiologik nazariyalarning inkor etilishi ravShan bo’lib qoladi. Bunday nigilizm uchun asoslab berishda quyidagi fakt xizmat qiladi. Sotsiologiyaning butun tarixiy jarayonidagi invayronmental sotsiologlarning fikricha “muhit” asosan “o’zaro aloqa qilish ishtirokchilari tomonidan unga beriladigan ahamiyat atamalari” orqali sotsial ta’sir ko’rsatish holatining bir bo’lagi sifatida talqin qilingan, vaholanki ularning fikricha sotsial o’zaro aloqa darajasida teng huquqli bo’lgan ob’ekt sifatida qaralishi lozim edi (muhit o’zgaruvchilariga quyidagilar kiradi: ifloslanish darajasi, energiyani Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling