Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Nazorat savollari:
1. Konflikt deganda nimani anglaysiz? 
2. Konfliktning umumiyligi nimada? 
3. Sotsial konfliktlar ko’rinishlarining xilma-xilligi deganda nimani tushunasiz? 
4. Sotsial konfliktning sabablari nimalardan iborat?
5. Konflikt ob’ekti va predmetini tushuntirib bering?
Foydalanadigan adabiyotlar ro’yxati


1.
Darendorf R. Elementi teorii sotsialnix konfliktov // Sotsiologicheskoe
issledovanie. – M, 1994. – №5. 
2. Zdravomislov A.G. Sotsiologiya konfliktov. – M., 1996.
3.
Istoriya sotsiologii pod redaktsiey. A.M.Elsukova. – Minsk: Vi
Sheyshaya shkola, 1997.
4. Kozirev G.I. Vvedenie v konfliktologiyu. – M.,1999. 
5. Konfliktologiya. Sotsialnie konflikti: uchebnik dlya studentov vuzov / T.N.
Kilmashkina. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: YUNITI-DANA, 2012.
6. Lebedova M.M. Politicheskaya urelegirovanie konfliktov. – Moskva, 1997.
7. Jumaev R.Z, Ubaydullaev U.A, Xo’janov B.A. Konfliktologiya asoslari. O’quv
qo’llanma – Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2000. – 10 b.
8. Sotsialniy konflikt. Sovremennie issledovaniya: Reformativniy sbornik. – M.,
1997. 
9. Sotsiologicheskiy slovar. – Minsk. 1997. 
10.
Xayrullaev M. Forobiyning falsafiy va ijtimoiy qarashlari //
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. – Toshkent, O’zbekiston. 1995.


26-mavzu. EKOLOGIYA SOTSIOLOGIYASI
REJA
1. Ekologiya sotsiologiyasining rivojlanishi.
2. Ekologiya sotsiologiyasi ob’ekti va predmeti.
3. Sotsial-ekologik qarashlarning vujudga kelishi.
4. Sotsiologiyada “YAngi invayronmental paradigma”.
Inson doimo boshqa sotsial sub’ektlar va atrof-muhit bilan o’zaro aloqada
bo’lib turadi. Bu ikki tizim organik jihatdan bir-biri bilan bog’langan va bunda
jamiyatning rivojlanish darajasi insonning tabiatga bo’lgan munosabatini belgilab
beradi. Atrof-muhitning holati inson tsivilizatsiyasi mavjudligning muhim omili
bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun insoniyatning eng muhim vazifalaridan biri
tabiiy resurslardan foydalanishda anglangan va tizimli boshqarish faoliyati bo’lib
xizmat qiladi. Ekologik muammolar, garchi ular barcha hududlarga tegishli
bo’lsada ayniqsa industrial rivojlangan markazlarda keskin tus olgan. Atrof-muhit
muammolari faqatgina jismoniy yoki ekologik muammolardan iborat bo’libgina
qolmaydi. Ular siyosiy, institutsional, madaniy-ekologik negizlarni aks ettirib,
ijtimoiy fanlarning diqqat markazida bo’ladi. 
Ekologiya sotsiologiyasining ob’ekt va predmeti. Ekologiya sotsiologiyasi -
sotsiologiya sohasi bo’lib, insonlar bilan atrof-muhit o’rtasidagi o’ziga xos
aloqalar, sotsial jarayonlar, sotsial struktura va institutlar faoliyatiga antropogen
ekologik omillar ta’sir qilishi, ularning rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishining
o’ziga xos jihatlarini o’rganadi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarda,
sotsial xatti-harakatlar va ommaviy hulq-atvor qonuniyatlarini, ekologik krizis
holatini vujudga kelish muammolarini hal qilish mexanizmlarini o’rganadi. Uning
bosh vazifalaridan biri jamiyat va tabiatning o’zaro bir-biriga ta’sir qilish
qonuniyatlarini o’rganish, ana shu o’zaro munosabatning muvozanatlashishiga
erishish, haqqoniy sotsial-ekologik axborotni olish, ularni yuzaga keltiradigan
ekologik muammolar va omillar bo’yicha jamoatchilik fikrini aniqlash bo’lib
xizmat qiladi. Uning ilmiy qiziqishi sohasida atrof-muhitning jamiyatga ta’siri,
ekologik ongni shakllantirish, fuqarolarning davlat ekologik siyosatini amalga
oshirishda ishtirok etishini ta’minlash va shunga o’xshash vazifalar yotadi. 
Ekologiya sotsiologiyasining predmetiga jamiyat va insonning sun’iy yashash
muhiti o’rtasidagi o’zaro aloqa muammolarini ham kiritish mumkin.
«Ekologiya» atamasi ilmiy sohaga buyuk nemis biologi E.Gekkeleyning
urinishlari tufayli 1866 yilda organizmlar va atrof-muhitning munosabatlari
to’g’risidagi fanni belgilash orqali kirib keldi.
1
Bu so’z qadimiy yunon tilidan
olingan (oikos - uy, turar joy)
2
, uy, turar joy ma’nosini bildiradi. Ekologiyaning
rivojlanishidagi muhim bosqichi bu ekotizimdir. Amerikalik ekolog A.Tensli
tomonidan 1935 yilda tirik va notirik elementlardan iborat bo’lgan “ekotizim”
tushunchasi asoslab beriladi
3
. Atrof-muhitga antropogen (inson faoliyati keltirib
1
Sotsiologicheskаya entsiklopediya. M., 2003. T. 2. S. 791-794.
2
Entsiklopedicheskiy sotsiologicheskiy slovаr. M., 1995. S. 896-898
3
Toshenko J.T. Sotsiologiya. M., 2005. Gl. «Ekologicheskаya sotsiologiya».


chiqargan, u tomondan murakkab va qudratli texnikaning qo’llanilishi natijasida
yuzaga kelgan) ta’sirning kuchayishi tufayli vaqt o’tishi bilan “tabiat
ijtimoiylashuvi” g’oyasi yuzaga keldi. Ushbu g’oya XX asrning 30-yillar
o’rtalarida sotsiologiyaning Chikago maktabi etakchilari R.Park, YU.Berdjessa va
R. Makkenzi tadqiqotlarida o’z aksini topdi. Ular “ Shahar-organizm” va
jamiyatning “chuqur biologik hodisa” ekanligi to’g’risidagi kontseptsiyani ilgari
surishdi. Kontseptsiyaga ko’ra, jamiatda biologik va sotsial jarayonlarning o’zaro
bir-biriga ta’sir qiladigan harakati amalga oshadi va uning natijasida “sotsial
muvozanat” yuzaga kelishi lozim bo’ladi. Ushbu muammolar majmuasini Chikago
maktabi etakchilari “Sotsial ekologiya” deb atashni taklif etadilar. Aynan Shu
davrda ekologiya sotsiologiyasi sotsiologik bilishning nisbatan mustaqil sohasi
sifatida shakllanishga hali ulgurmagan bo’lib, unda faktologiya ham, nazariy
kontseptsiyalar ham etishmasdi. Uning oyoqqa turishi faqatgina XX asrning 70-
yilar o’rtalarida amalga oshib, biosferaning tashkil etilganligini, o’zini
shakllantirish mexanizmlari samaradorligi insonning faol faoliyati natijasida
haddan tashqari kamayib ketishi bilan, bu holat halokatli natijalarga olib kelishi,
jamiyat va tabiat o’rtasidagi dinamik muvozanatning buzilishiga olib kelishi
mumkinligi oydin bo’lib qoladi. Ekotizimlarni sotsiologik tadqiqot qilish
borasidagi tarqoq va lokal harakatlar asosida asta-sekin nisbatan mustaqil bo’lgan
ilmiy bilishning integratsiyalashgan sohasi – ekologiya sotsiologiyasi shakllana
boshlaydi. O’zining asosiy vazifasi bo’lib, tabiiy va ijtimoiy bilimlar
kontseptsiyalarining tadqiqot usullarini nazariy sintez qilish, ular asosida inson va
tabiatning o’zaro aloqa qilishining kontseptual modelini ishlab chiqish deb biladi.
Bu holat o’zaro aloqa jarayonlarini optimallashtirishga, so’ngra esa
uyg’unlashtirishga imkon berardi. Atrof-muhitning geologik va biologik muhitlari
tabiatdagi jarayonlarning ta’siri texnologik va sotsial – sotsial jarayonlar natijasida
yuzaga kelgan bo’lib, ular sotsial munosabatlarda va inson xatti-harakati natijasida
namoyon bo’ladi. Bu esa shunday xulosaga olib keladiki, ekologiya sotsiologiyasi
bo’lib turli sotsial jarayonlarda birlashgan insonlarning ongli, maqsadga
yo’naltirilgan faoliyati natijasida shakllanadigan va amal qiladigan sotsial-tabiiy
munosabatlar va o’zaro aloqalarning murakkab tizimi bo’lib xizmat qiladi. Albatta,
u ana shu murakkab tuzilgan tizimning har bir qismining o’ziga xos jihatlari,
rivojlanishinig tendentsiyalari va qonuniyatlarini o’rgana olmaydi. Albatta, bu
ko’pchilik fanlarning vazifasidir - fizika, kimyo, geologiya, biologiya va hokazo. U
“jamiyat – inson –texnika - tabiat” kabi o’zaro aloqalar tizimi bo’lib xizmat
qiladigan ana shu ko’p jihatli ob’ektdan maxsus, faqat unga xos bo’lgan tadqiqot
predmetini ajratib oladi. Modomiki bu fan oyoqqa turish bosqichida ekan, uning
predmetiga qarashlarda turli fikrlar mavjud bo’ladi. Ko’pchilik bir nechta o’zaro
bog’langan tadqiqot muammolarini tan oladi, ekologiya sotsiologiyasining fan
sifatidagi muammolar maydonini va demak uning predmetini birgalikda tuzadi.
Ularning orasida – turli ko’lamdagi ijtimoiy tizimlar (alohida individ, oila, umumiy
planetar tizim sifatidagi insoniyat) va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro
aloqalar. Bunda faqatgina jamiyat va tabiatning o’zaro aloqasining sotsial omillari
emas, balki birinchi navbatda ijtimoiy umumiylikning elementi bo’lgan insonning
faol tabiatni o’zgartiruvchi (ko’pincha tabiatni vayron etuvchi) faoliyati tahlil


qilinadi. U va tabiat o’rtasida maxsus uchinchi element – texnika, texnologiya va
“ikkinchi tabiat” tomonidan sun’iy yaratilgan boshqa predmetlari faoliyat ko’rsatib
turadi. Chunki jamiyat va tabiat o’rtasidagi kelajakdagi munosabatlar aynan
hududiy, kasbiy, etnik va boshqa sotsial jamoada birlashgan odamlar, ular
tomonidan yaratilgan texnosferaning tabiiy yashash muhitiga ko’rsatadigan
vayronalarcha ta’siriga va ular tomonidan tanlab olingan va amalga oshiriladigan
tabiatdan foydalanish strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ekologiya
sotsiologiyasi faqatgina sotsial jarayonlarning faoliyatini o’rganib qolmasdan,
balki insonning manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan, hamda biosferaning
saqlab qolinishiga va qayta ishlab chiqarilishiga, jamiyatning tabiat bilan
uyg’unlashishiga yordam beradigan optimal modellarni yaratishga xizmat qilishi
lozim bo’ladi. Insoniyatning atrof-muhit bilan o’zaro aloqasini optimallashtirishga
yo’naltirilgan nazariyalar ishlab chiqish bilan bir qatorda ekologiya sotsiologiyasi
ana shu o’zaro aloqalarning maqsadga yo’naltirilgan holda shakllanishining faol
omili bo’lib xizmat qiladi. Bu funktsiyani u boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish orqali ijro etadi. 
Demak, ekologiya sotsiologiyasining predmeti – bu inson (jamiyat) va atrof-
muhit o’rtasidagi o’ziga xos maxsus aloqalarni, uning tabiiy va ijtimoiy omillar
majmuasi sifatidagi insonga ta’sirini, shuningdek insonning atrof-muhitga ta’sir
qilishini tadqiqot qilish hisoblanadi. Uning global, hududiy, antropogen
o’zgarishlari, atrof-muhitda insonning sotsio-biologik mavjudot sifatida normal
hayot kechirishi uchun, saqlab qolish va qayta ishlab chiqarishni sotsio-madaniy
interpretatsiyasi qiziqtiradi. Ekologiya sotsiologiyasining predmetini aniqlash
masalasi uning ob’ektini aniq ajratib olishga imkon beradi. Ekologik va sotsial
ob’ektlarni o’rganishdagi ikki xil yondashuvning – ekologiya va sotsiologiyaning
integratsiyasi bo’lgani holda, bu integrativ fan kontseptsiyalar, nazariyalar, har bir
fanlardan alohida olingan ilmiy bilimlarning mexanik birlashuvi bilan chegaralanib
qolmaydi. Uning ob’ektini ajratib olish o’z ichiga ekologiya va sotsiologiya
komponentlarini kiritib umumlashgan, sintetik, sifat jihatdan yangi ilmiy
kontseptsiya tufayli amalga oshadi. Agar tadqiqot ob’ektiga nisbatan ekologik
yo’naltirish tirik organizmlar va atrof-muhitning o’zaro aloqa qilishi borasidagi
asosiy tamoyillardan kelib chiqilsa, sotsiologik yo’nalish esa – individlar va
guruhlarning sotsial muhit bilan o’zaro aloqa qilishidan kelib chiqadi, u holda
tadqiqot ob’ektiga sotsioekologik yo’naltirilganlik “tabiiy- sun’iy”lik o’zaro
aloqasi bilan belgilanadi. Uning nigohi faqatgina tirik organizmlarning yashash
muhiti bilan o’zaro aloqasining tabiiy jarayonlariga emas, balki murakkab eko- va
sotsiotizimlarning o’zaro aloqa qilish jarayonlariga, alohida ob’ektlar – “ikkinchi
tabiat”ning, ya’ni inson tomonidan yaratilgan predmetli muhitning tuzilmasi,
o’ziga xos jihatlari va tendentsiyalariga qaratilgan bo’ladi. 
Masalan, muhit doirasida shahar, temir yo’l, atom elektrostantsiyasi, ishlab
chiqarish faoliyatining butun infratuzilmasi yotadi. Bu ob’ektlar insonning o’zi
yashaydigan «ikkinchi», sun’iy yaratilgan tabiatga kiradi. “Ikkinchi tabiatning”
mavjudligining o’zi ekologik va sotsial tizimlar Chegarasida yuzaga keladigan
ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Barcha sotsioekologik muammolar


aynan sotsioekologik tadqiqotlarning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Demak xulosa
qiladigan bo’lsak : 
1. Inson va sotsial jarayonlarning tabiiy va sun’iy muhitning ikkilangan va
bir-birini kesib o’tuvchi ta’siri ostida rivojlanadi va faoliyat ko’rsatadi. 
2. “Ikkinchi” tabiatning barcha komponentlari, ularning funktsional
xususiyatlari inson bilan tabiat o’rtasida uchinchi element – mehnat qurollarining
(tabiatdan olingan va natijaga erishish uchun texnik jihatdan qayta ishlangan qurol)
borligi oqibatida yuzaga keladi. Bu Shuni anglatadiki, insoniyat jamiyatining tabiiy
muhit bilan o’zaro aloqa qilishining eng muhim komponenti bo’lib faqatgina
antropogen emas, balki insonning texnogen faoliyati mahsuli bo’lgan sun’iy
yaratilgan muhit bo’lib xizmat qiladi. 
3. Insonning tabiat bilan o’zaro aloqasi faqatgina texnik emas, balki sotsial
omillar – huquqiy, ahloqiy, iqtisodiy, sotsio-madaniy omillar bilan ifodalanadi.
Ushbu fikrlarni hisobga olganda, ekologiya sotsiologiyasining ob’ekti nihoyat
Shakllandi – bu munosabatlar o’zaro aloqalarning murakkab va ko’p jihatli tizimi
bo’lib, u o’zida inson bilan biosferaning o’zaro aloqasi sotsial va texnologik
omillar bilan belgilangan “jamiyat – inson – texnika – tabiiy muhit” kabi o’zaro
bog’liq elementlarni birlashtiradi. Ushbu tizim uning kontseptual yadrosini tashkil
etadigan insondan tashqari o’zaro bog’liqlikda insonning hayot faoliyatini tashkil
etadigan bir nechta turli muhitlarni – geomuhit, biomuhit, texnomuhit va
sotsiomuhitni o’z ichiga oladi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling