Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Xabarni ikki pog’onali idrok etilishi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Xabarni ikki pog’onali idrok etilishi
ustuvorligi
Xabarning
bevosita 
idrok etilishi
ustuvorligi
Millatlararo kommunikatsiya – bu: 1.Turli milliy jamoatlar vaqillari orasida
axborot, ma’lumotlar uzatish, ham ikki tomonlama ham bir tomonlama ko’rinishga
ega bo’lishi mumkin. 2.Turli millat vakillarining bevosita hamkorligi va muloqoti
davomida yuzaga keladigan sotsial-psixologik hodisalar va jarayonlar. 
Millatlararo kommunikatsiyaning tarkibiy qismlari: Birinchisi –turli etnik
jamoalar vakillari orasida axborot almashinuvi. U muloqot sub’ektlari faolligiga,
17
Zosimenko I.А.Sotsiologiya mаssovix kommunikаtsiy: uchebnik / I.А. Zosimenko. –Ulyanovsk: UlGTU, 2013. – 
S. 34.


ularning milliy qarashlariga, xalqlarning turmush tarziga bog’liq. Millatlararo
kommunikatsiyaning ikkinchi qismi – turli millat odamlarining bir-birini
tushunishi va qabul qilishi, bu ko’p jihatdan muloqot qonuniyatlariga va turli
milliy-etnik guruh individlari o’zaro hamkorligining sotsial-psixologik
xususiyatlariga bog’liq.
Shaxslararo kommunikatsiyaga quyidagilar xos.
1. Ishtirokchilar o’rtasidagi munosabatlar nisbatan teng huquqli (sevishganlar,
oila, kompaniya).
2. Muloqot qilayotganlar soni zamon va makonda cheklab qo’yilgan: 7-8
kishilik guruh birikishi, «boshini bir yoqadan chiqarishi» ham mumkin, ammo
odamlar soni ko’proq bo’lsa, bu omma, kichik-kichik guruhchalarga bo’linib
ketadi.
3. Muloqot jarayonining kuchli hisoblash-xayajonli jihatlari mavjudligi.
Hisoblash-tuyg’ular almashinuvi ahamiyati shu qadar kattaki, u hatto semantika
hisobiga yuz berishi hammumkin. Sevishganlardan biri: «Seni o’ldiraman!»,
«Yaramas mahluq!», - deganida, ikkinchi taraf uning so’zlarini mehr-
muhabbatning namoyon bo’lishi, deb tushunadi va ko’pincha xato qilmaydi.
4. His-tuyg’ular, qadriyatlar adekvatligini muvofiqlashtirish, moslashtirish,
kelishib olish. «Meni hurmat qilasanmi?» iborasi naqadar kulgili ekanligiga
qaramay – munosabatlar ishonchliligining o’ziga xos timsolidir.
5. Shaxsiy tavsiflarning (iroda, temperament, nufuz) va etakchi shaxsiyatining
his-tuyg’ular, fikrlar, baholarni kelishib olish jarayonidagi ahamiyatliligi; nufuz,
mavqening Shakllanishi («jamoa qalbi», «o’zimizning yigit», «fikr etakchisi»).
6. Munosabatlar ishonarliligi va emotsionalligi, qadriyatli me’yorlarning
o’zaro mosligi (bu ma’noda shaxslararo kommunikatsiya mish-mish va g’iybatlar
tarqalishiga xizmat qiladigan qulay muhit bo’lib xizmat qiladi: axborot tek
Shirilmay, unga so’zsiz ishoniladi)
18
.
Qo’llanadigan kommunikatsiya belgilar tizimlariga bog’liq ravishda verbal va
noverbal turlarga bo’linadi.
Verbal kommunikatsiya (lot.verbalis – so’zga doir) – so’zli muloqot vositalari
yoki suhbatdoshlar o’rtasidagi nutqiy muloqot jarayoni. Imo-ishoralar (imo-
ishoralar tili), mimika, gavda (tana) harakatlari va nutqiy vositalardan holi
muloqot. Verbal kommunikatsiya vositalariga nutq (og’zaki va yozma) kiradi.
Muloqotning og’zaki shakli tashkilotda majlislar, ko’rsatma berish, yuzma-yuz
muloqot, guruhdagi og’zaki taqdimot orqali ifodalanishi mumkin. Samarali verbal
kommunikatsiya uchun chiqishni yaxshilab rejalashtirish, zarur bo’lsa, ko’rgazmali
materiallardan foydalanish, nutqning monoton va uzoqligidan qochish, suhbatni
imkon qadar dialog tarzida olib borish, suhbatdosh fikri va mulohazalarini diqqat
bilan tinglash, uni qiziqtirgan savollarga javob berish talab etiladi. 
Til tafakkur va axloqqa juda katta ta’sir ko’rsatadi. Verbal kommunikatsiya
birliklari bo’lib bildirilgan fikr va diskurs keladi. Nutq akti qabul qilingan
qoidalarga muvofiq muayyan maqsadga qaratilgan nutqiy axloq, harakat bo’lib
18
Sotsiologiya mаssovoy kommunikаtsii: Uchebnik dlya vuzov/L. N. Fedotovа. – SPb.: Piter, 2003. – S.28.


hisoblanadi. Fikrning verballashgan natijasi, nutq harakatining hosilasi bu
mulohaza, bildirilgan fikr hisoblanadi. 
Diskurs –nutqda modellashtirilgan, o’zaro bog’liq yaxlit matn bo’lib,
hodisalar nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Diskursda ham til, ham noverbal
vositalar mavjud. Til omillari so’zlarning birikuvchanligini, iboralarning ko’p
variantliligini, intonatsion jihatlarni, nutqqa, savolga munosabat bildirish
elementlari, hamsuhbatdan qaytib so’rash va gapini bo’lish kabilarni tarkibiga
oladi. Diskursning noverbal omillari, xizmat etiketi vositalari nutqning hayotiy
vaziyatlarni dolzarblashuvi, jonli ko’rinish olishiga ko’maklashadi
19
.
Noverbal kommunikatsiya – imo-ishoralar (imo-ishoralar tili), mimika (yuz
ishoralari), tana harakatlari va nutq vositalaridan tashqari vositalar yordamidagi
muloqot. Noverbal muloqot vositalari quyidagi turlarga ajraladilar:

vizual;

teri reaktsiyalari;

masofani aks ettiradigan;

ko’MakShi muloqot vositalari, shu jumladan gavda tuzilishi xususiyatlari
(jinsiy, yoshga oid) va ularni o’zgatirish vositalari;

akustik yoki tovush;

ekstralingvistik – nutq bilan bog’liq bo’lmagan;

taktil-kinestezik – hamkorlarning tashqi ko’rinishi (kiyimi, soch turmagi,
aksessuarlari va h.k.). Noverbal signallar ko’pincha axborot qabul qiluvchining
hamsuhbatini asl hissiy holati, uning hamsuhbatiga hamda suhbat mavzusiga
nisbatan munosabatidan xabardor qiladi.

olfaktor (hidlar). Hidlar (hamsuhbatlar ishlatadigan parfyumeriya; ongsiz
darajada anglanadigan shaxsiy (individual) hidlar; inson his-tuyg’ulariga ta’sir
ko’rsatadigan atrof-muhit hidlari);
Noverbal kommunikatsiya vositalariga quyidagilar oid:

dastxat;

paralingvistik (yunon. Para – yaqinida, qoshida, tashqari va lot. Lingua
til) vositalar – nutq atrofi: intonatsiya, tovush balandligi, nutq sur’ati, nutq ritmi,
tovush tembri, diktsiya, alohida tovushlar, nutq bilan birga keladigan tovushlar –
«e-e-e», «hm-m», yo’talib qo’yish va b.;

harakat vositalari: yuz harakatlari (mimika), imo-ishoralar, tana holatlari,
yurish xususiyatlari, hamsuhbatiga tegish va b. Tana holatlari va harakatlarini
o’rganadigan fan pantomimika deb nomlanadi. Ma’noli imo-ishoralar, mimik va
pantomimik harakatlar jamlanmasi, o’zgacha qilib aytganda – kinemalar,kinesika
(yunon. Κύνησις - harakat) deb ataladi.
Makoniy muhitni tashkillashtirish (hamkorlar orasidagi masofa va ularning
bir-biriga nisbatan joylashishi). Muloqotning makon jihatidan tashkillashtirilishini
o’rganadigan fan (bir-biriga yaqinlik va sh.k.) proksemika (yunon. Πρόξιμος -
yaqin) deb ataladi. 
Muloqot joyi (muloqot ro’y berayotgan hudud);
19
SHаrkov F.I. Osnovi kommunikаtsiy. www.iub.at.ua. – S. 27.


Noverbal vositalar an’anaviy ravishda turli asoslarga ko’ra guruhlarga
birlashadilar. Misol uchun, muloqotga tayyorlik darajasidan odatda ochiq va yopiq
noverbal vositalar dalolat beradilar.
Ochiq deb shunday kommunikativ ko’rinishlarga aytiladiki, ular hamsuhbat
ochiq ko’ngil, xushmuomala, ochiq-oydin so’zlashga harakat qilayotganidan
dalolat beradi. Ochiq kommunikativ ko’rinishlar hamkorlar, hamsuhbatlar
o’rtasida na jismoniy na ruhiy to’siq hosil qilmaydilar. Samimiy jilmayish, ko’z-
ko’zga tu Shishi – bular ochiq mimika namunalari; kaftlari ochiq holda tepaga
qaratilgan qo’llar – ochiqlik ishorasi; boshni to’g’ri, ko’targan holda tutish va
pastga tu Shgan elkalar ham ochiqlikdan dalolat beradi.
Yopiq deb hamsuhbatlar orasida jismoniy, ruhiy to’siq hosil qiladigan
ko’rinishlarga aytiladi, masalan: chalishtirilgan qo’l yoki oyoqlar, qovog’i soliqlik,
chimirilgan qoshlar, ko’zni qisib qarash yoki ko’zni olib qochish. To’siqni
buyumlar yordamida ham yaratish mumkin: ko’zoynak, barcha tugmalari taqilgan
kiyim, galstuk, bo’yinni yopib turgan sviter, shuningdek suhbatdoshlar o’rtasidagi
stol, stul, sumka yordamida. Yopiq imo-ishoralar kontakt izdan chiqqanligini
anglatadi. Bu hamsuhbatlardan biri zerikib qolgani, shoshilayotgani yoki
boshqasining fikriga qo’shilmagani sababli ro’y berishi mumkin. Boshqa, ya’ni
quyidagi kabi sabablar ham bo’lishi mumkin: hamkoriga nisbatan sovuq
munosabat, unga bo’lgan ishonchsizlik ruhi, qo’rquv, o’ziga ishonchsizlik,
horg’inlik, og’riq, sovuq yoki boshqa noxush sezgilar, shuningdek «qobig’iga
qamalib olish» istagi, ya’ni barchadan chetlashib, suhbat mavzusi ustida mulohaza
qilish yoki esdaliklar og’ushiga cho’mish. Ko’rib turganingiz kabi, sabablar bir-
biriga zid bo’lib, tashqi axloq, o’zini tutish esa o’xshash bo’lishi mumkin. Shu
sababli, boshqalar axloqini izohlashda xato qilmaslik uchun noverbal vositalarning
butun majmuini va ular bir-birining o’rnini egallashini hisobga olish talab etiladi.
Yo’naltirilganligiga ko’ra kommunikatsiya bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) yoki
bilvosita bo’lishi mumkin.
Bevosita kommunikatsiya deb hamkorlar harakatlarini aniq bir-biriga qaratib,
axborot «birinchi shaxsdan» qabul qilib oladigan kommunikatsiyaga aytiladi.
Bevosita kommunikatsiya ham to’g’ridan-to’g’ri ham biror vosita orqali
bo’lishi mumkin.To’g’ridan-to’g’ri bevosita kommunikatsiya deganda verbal
(nutqiy) va noverbal (nutqiy bo’lmagan) vositalar yordamidagi tabiiy «yuzma-yuz»
aloqa bog’lash, so’zlashish tushuniladi.To’g’ridan-to’g’ri bevosita
kommunikatsiya shaxslararo muloqot uchun xos bo’lib, xizmat axboroti bilan
almashinuvidan to sof Shaxsiy ma’lumot almashinuvga qadar turli dolzarblashuv
sohalariga ega.
To’g’ridan-to’g’ri vositali kommunikatsiya – bu «noto’liq» kontakt bo’lib, u
muloqot ishtirokchilari orasidagi teskari aloqani og’irlashtiradigan yoki uni olish
vaqtini uzoqlashtiradigan yozuv yoki texnika vositalari (telefon, telegraf, Internet
tarmog’i vab.) yordamida amalga oshiriladi.
Bilvosita muloqot deb uning jarayonida axborot hamsuhbatga bevosita,
to’g’ridan-to’g’ri emas, balki atrof-muhitdagi narsalar yoki boshqa odamlarga
yo’llangan harakatlar orqali etib boradi. Bu faoliyat izlari keyinchalik


boshqalardan ular haqida e Shitgan, bilgan, ko’rgan odamlar uchun axborot
tashuvchi bo’lib xizmat qilishini anglatadi. Masalan, aholi o’rtasida kompaniya
to’g’risida tarqatilgan fikr faqat bevosita mijozlarning firma rahbariyati bilan
muloqoti hisobiga shakllantirilmaydi (bu kamdan-kam hollarda yuz beradi).
Tashkilot to’g’risidagi taassurot asosan bilvosita yo’l bilan olingan axborot
(boshqalarning hikoyasi, tovar va uning qadog’ini tashqi ko’rinishi, reklama
mazmuni va samaradorligi va h.k.) hisobiga shakllantiriladi.
Xizmat kommunikatsiyasi shakllariga munozara, suhbat, kengash, majlis,
muzokara, brifing, matbuot-konferentsiyalari, taqdimotlar, shaxsiy masalalar
bo’yicha qabul, telefonda so’zlashuv, xizmat yozishuvlari kabilar kiradi.
Dialog – tor ma’noda odamlar o’rtasidagi ham oshkora, ham matbuot
vositalari yordamidagi ikki tomonlama axborot almashinish. Nisbatan kengroq
ma’noda esa – axborotni gorizontal yo’nalishda uzatish bo’lib, buning jarayonida
kommunikator va retsipient teng huquqli ishtirok etadilar.
Munozara – so’z musobaqasi, mubohasa ko’rinishidagi bahs. Munozara qilish
–bahsli masalani oshkora tarzda muhokama etishni bildiradi. Munozarada
qatnashish –biron-bir masalaga bag’ishlangan bahsda, ommaviy muhokamada
ishtirok etish. Bahs uyu Shtirish – biron-bir masala yuzasidan bahs, munozara
uyushtirish. Shunday qilib, agar diskussiya – turli fikrlarni taqqoslash, qarama-
qarshi qo’yish yo’li bilan haqiqatni aniqlash maqsadidagi oshkora bahslashuv
bo’lsa, u holda polemika (masala talashish) – o’z nuqtai nazarini himoya qilish va
opponent fikrini rad etishga qaratilgan oshkora bahsdir
20
.
Suhbat – turli muammolarni muayyan maqsadda muhokama qilishning savol-
javob tarzidagi jamoaviy Shakli. 
Muzokaralar – tomonlarning nuqtai nazarini bilish va qaror qabul qilish
maqsadidagi fikr almashinuvi.
Matbuot-konferentsiya – axborotni uni nashr etish huquqi bilan, manbaini
bildirib, yo bildirmagan holda eksklyuziv tarzda bayon etish (yopiq matbuot-
konferentsiyasi).
Brifing (briefing ot brief – qisqacha) – rahbar organlar (parlament, hukumat
va b.) faoliyati, shuningdek hokimiyat organlari va aholi manfaatlariga oid tegishli
hodisalar to’g’risida qisqacha xabar qilish uchun jurnalistlar bilan maxsus uyu
Shtirilgan uchrashuv.
Taqdimot (lot. praesentatio – taqdim, namoyish etish) – yangi tashkil etilgan
korxona, firma, loyiha, mahsulot, tovarni taklif etilgan Shaxslarga rasman taqdim
etish, tanishtirish.
Telefon orqali so’zlashuvlar, faksimil apparatlari, elektron pochta, Internet va
boshqa vositalarini qo’llagan holdagi xizmat yozishuvlari – bularning bari xizmat
kommunikatsiyalari vositalari.
Kommunikatsiya sotsiologiyasida, shaxslararo kommunikatsiya bilan birga
ommaviy kommunikatsiya ham har tomonlama o’rganilib, unda ommaviy
kommunikatsiyaning jamoatchilik fikrini shakllantirishga ko’rsatadigan ta’sirini
keltirib chiqaradigan sotsial omillar tadqiq etiladi. 
20
Nojin E. А. Mаsterstvo ustnogo vistupleniya. – M., 1989. – S. 240.


Sotsiologiyada ommaviy kommunikatsiya sotsial Shartlar tufayli kelib
chiqqan, asosiy funktsiyasi uzatilayotgan axborot mazmuni orqali auditoriyaga
ta’sir ko’rsatishdan iborat bo’lgan hodisa deb tushuniladi. Kommunikatsiya
sotsiologiyasi uchun bu ta’rifning o’zi etarli emas. Chunki unda ommaviy
kommunikatsiyaning jarayon sifatidagi jiddiy omillaridan biri – axborotni
kommunikativ vositalar yordamidagi dolzarblashtirish mexanizmi hisobga
olinmagan. Muloqot turlaridan biri deb qaralayotgan ommaviy kommunikatsiya,
sotsial hodisalar sababli kelib chiqqan, asosiy vazifasi ma’noli va baholovchi
axborot orqali ta’sir ko’rsatishdan iborat bo’lgan hodisadir. Nutq faoliyatining bir
turi deb ko’rib chiqiladigan ommaviy kommunikatsiya sotsial Shartlashilgan
jarayon bo’lib, bunda ushbu funktsiya sababli kelib chiqib, turli kommunikativ
vositalar va kanallar orqali dolzarblashadi.
Ommaviy kommunikatsiya – sotsial jihatdan ahamiyatli, maqsadga qaratilgan
tarzda muvofiqtirishga moyil bo’lgan va rahbar qatlamlar tomonidan mazkur
jamiyatning muayyan ruhiy qadriyatlarini joriy qilish hamda odamlarning bahosi,
qarashlari va axloqiga mafkuraviy, siyosiy yoki tashkiliy ta’sir ko’rsatish uchun
mo’ljallangan axborotni ochiq, tartiblashtirilgan uzatish jarayonlari yig’indisi
hisoblanadi. 
Ommaviy kommunikatsiya ta’sir qilishi, ishlashi uchun talab etilgan Shart-
sharoitlarga quyidagilar kiradilar:
-ommaviy kommunikatsiya muntazamligi va keng ko’lamliligini
ta’minlaydigan texnik vositalar mavjudligi;
-ommaviy kommunikatsiya muayyan maqsadga qaratilganligini oshiradigan
axborotning sotsial ahamiyatini oshirish;
-uning tarqoq joylashganligi va anonimligini hisobga olib, sinchiklab o’ylab
chiqilgan qadriyatlarga mo’ljal olishni ko’zda tutgan ommaviy auditoriya;
-kommunikativ vositalarning ko’p kanalligi va ularni tanlash imkoniyati, bu
ommaviy kommunikatsiyaning variativligi, shu bilan birga normativligini
ta’minlab beradi.
1948 yili amerikalik olim G.Lassuell tomonidan quyidagi uch omil ajratib
ko’rsatildi: 
1. Atrofdagi olam manzarasining obzori, buni axborot funktsiyasi deb
Sharhlash mumkin. 
2. Jamiyatning sotsial tuzilmalari bilan korrelyatsiyalanganligi, ya’ni o’zaro
bog’liqligi, buni jamiyatga ta’sir ko’rsatish va teskari bog’liqlik (aloqa) orqali uni
bilish deb tushunish mumkin. 
3. Madaniy merosni uzatish, bunga bilish-kulturologik funktsiyasi,
madaniyatlar izchilligi, uzviyligi funktsiyasi sifatida qarash mumkin. 
1960 yili amerikalik tadqiqotchi K.Rayt bular qatoriga yana bir omil –
ko’nchilocharlik funktsiyasini qo’shib qo’ydi. XX asrning 80-yillar boshlarida
Amsterdam universitetiningommaviy kommunikatsiya bo’yicha mutaxassislardan
biri Mak-Kveyl ana shu funktsiyalarga izoh berib, ular safiga mobillovchi deb nom
olgan yana bir funktsiyani qo’shishni taklif qildi. Bunda u ommaviy
kommunikatsiya aksariyat siyosiy, ayrim holatlarda diniy kompaniyalar jarayonida


bajaradigan o’ziga xos vazifalarni nazarda tutgan edi
21
. Fikrimizcha,
muvofiqlashtiruvchi yoki boshqaruvchi sifatida nomlash mumkin bo’lgan bu
funktsiya bizning jamiyatimizda ham kuch yig’ib bormoqda.
Psixolingvistikada radio va televizion muloqot uchun xos bo’lgan to’rt
funktsiya ajralib turadi: 
1. jamoaviy (birgalikdagi) faoliyatni o’zgartirish imkonini beradigan sotsial
muloqotga yo’naltirish hisobiga jamiyat faoliyatini optimallashtirish; 
2. guruh ongini shakllantirishda o’rin tutadigan kontakt funktsiyasi; 
3. sotsial me’yorlar, etik va estetik talablardan foydalanish orqali sotsial
nazorat qilish funktsiyasi; 
4. Shaxsni sotsiallashtirish funktsiyasi – shaxsga jamiyat uchun maqbul
fazilatlarni berib tarbiyalash funktsiyasi
22
.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling