Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

Tizimli yondashuv. Atrof-muhitni komponentlari dinamik jihatdan
muvozanatlashgan, yaxlit tizimli differentsiallashgan tizim sifatida anglashni
nazarda tutadi. Shunga muvofiq ravishda insoniyatning ekologik muhiti - Er
biosferasi bo’lib xizmat qiladi va u atrof-muhit bilan insonni yagona tizimga: tabiat
- jamiyat tizimiga birlashtiradi. 
Ekologiya sotsiologiyasi insonning tabiiy ekotizimlar muvozanatiga ta’sirini
o’rganadi, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni boshqarish va
ratsionallashtirish zarurligini asoslab beradi va insoniyatga ekologik tizimning
tarkibiy qismi sifatida qaraydi. 
Dialektik yondashuv. Tizim komponentlarining o’zaro aloqalari va o’zaro
ta’sir qilishini o’rganishni oldindan belgilab beradi. Tabiatga doimiy va
o’zgarmaydigan qonunlarga bo’ysunadigan va insonga bog’liq bo’lmagan ob’ekt
sifatida qarashdan voz kechgan holda, ekologiya sotsiologiyasi komponentlari
nisbatan avtonom va faol sub’ektlar bo’lgan yaxlit “inson- tabiiy muhit” dinamik
tizimini o’z tadqiqotlarining predmeti deb hisoblaydi. Bu tizim komponentlarining
o’zaro ta’sirining o’ziga xos jihatlari insoniyatning tabiatdan oladigan moddalar va
energiya hisobiga yashashini ta’minlashdan iboratdir. Bularning barchasi ularni
qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va o’zlashtirishni, shuningdek
qayta ishlash va o’zlashtirishning kerak bo’lmagan chiqindilarini ajratib olishni
nazarda tutadi. 
Ekologiya sotsiologiyasining bilimlar sohasi sifatida shakllanishi. Inson va
tabiatning o’zaro aloqa qilishini o’rganish muammolari Chuqur tarixiy manbalarga
ega. Qadimiy yunon sofisti Protagor birorta ham tur nobud bo’lmasligi to’g’risida
qayg’urgan Epimeteyni (Prometey akasini) uning tuhfasi deb bilgan. Butun


mavjudotning o’zaro bog’liqligi, o’zaro ta’sir qilishi birligini his qilish XIX asr
boshlarigacha saqlanib qolgan. Faqatgina zamonaviy Sharoitda – ekologik halokat
yoqasida turganda inson va uning biologik muhiti bilan bo’lgan avvalgi birligini
qayta tiklash uchun xizmat qiladigan chuqur sotsial ekologiya yuzaga
keladi. Bilimlarning mustaqil sohasi sifatida ekologiya biologiya fanida shakllandi.
Uning asosi bo’lib ingliz tabiiy sinovchisi Charlz Darvinning (1809- 1882)
4
tirik
tizimlar evolyutsiyasi to’g’risidagi g’oyalari, xususan uning dunyoda tiriklik uchun
doimiy kurash boradi degan fikri xizmat qiladi. Ekologiya tirik mavjudotlarning
muhitga munosabatini, shuningdek Shu muhitdagi aloqalarini, tirik
mavjudotlarning muhitga ta’sir qilishini o’rganadigan, ekologik muhitning faoliyat
ko’rsatishining maxsus qonunlarini belgilab beradigan fan sifatida talqin etiladi.
Ekologiyaning sohalaridan biri bo’lib inson ekologiyasi – insonning va atrof o’zaro
aloqalari to’g’risidagi axborotni birlashtirib turadigan, odamlar hayotining tabiiy
Sharoitlarini, uning an’analarini, sotsial tuzilmasini va texnologiyalarini,
rivojlanish va tirik qolish yo’llarini, jamiyat va atrof muhit o’rtasidagi
bog’lanishlarni, erkinlik va qadr-qimmatga, insonni bir qism sifatida o’z ichiga
olgan tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo’lishga asoslanadigan jamiyatlar
o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot qiladi. Inson ekologiyasi bo’yicha Jahon
markazi faoliyat ko’rsatadi va u inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalar
muammolari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1984 yilda inson ekologiyasi
kontseptsiyasi tasdiqlandi. Bu bilim sohasidagi mutaxassislar biologik tizimlarni,
shuningdek ekologik muammolarning madaniy, psixologik, sotsiologik, ekologik
va siyosiy jihatlarini, inson bilan tabiatning o’zaro munosabatlarini tadqiqot
qiladilar. Ikki fan – sotsiologiya va ekologiya predmet sohasining ana shunday
kesishuvi natijasida inson bilan tabiiy muhitining o’zaro munosabatlarini
o’rganadigan ekologiyaning kichik sohasi yuzaga keldi. Sotsiologiya “aholi”,
“muhit”, “texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi tushunchalarga
urg’u beradi. Inson ekologiyasi esa insonning ekotizimdagi tutgan o’rnini, inson
bilan ekotizimning o’zaro munosabatlarini, shuningdek ana shu jarayonning
oqibatlarini o’rganadi. Ekologik muammolar insonning predmetli faoliyati bilan
aloqador ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Shu bois jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalarini o’rganishga diqqat e’tiborini
qaratadigan fan zaruriyati kelib chiqadi. Bunday bilimlar tizimini ekologiya
sotsiologiyasi – nisbatan yosh bo’lgan bilimlar sohasi taqdim etadi. Uning
metodologik va gnoseologik qiyinchiliklari oyoqqa turish va rivojlanish jarayoni
bilan bog’liq - predmet sohasining aniqlashtirilishi, metodik va metodologik
apparatning takomillashtirilishi, nazariy ta’limotlar va kontseptsiyalarni tanlab
olishdir. Ekologiya sotsiologiyasining muhim nazariy manbasi bo’lib biosferaning
planetadagi hayotning tarqalishi sifatida qaraladigan va noosfera to’g’risidagi
g’oyalar xizmat qiladi. Uning rivojlanishining yuqori sotsial va antropogen-
4
John H. Wahlert. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling