Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

25-mavzu. SOTSIAL KONFLIKTLAR
REJA
1. Sotsial konfliktlar to’g’risida ilk ijtimoiy qarashlar
2.XVIII-XX asrlarda sotsial konfliktlarni ilmiy o’rganilishi
3.Sotsial konfliktologiyaning zamonaviy tamoyillari
4. Konfliktlarning mazmun-mohiyati, uning ob’ekti va predmeti
Ijtimoiy konfliktlarning tabiati to’g’risidagi ilk fikrlar va tushunchalar
orasida qadimgi yunon faylasuflarining ijtimoiy qarashlari alohida o’rin egallaydi.
Xususan, antik davr faylasufi Geraklit (tahminan er. av. 530-470 y.) uru Shlar va
ijtimoiy konfliktlar to’g’risidagi fikr va mulohazalarini tabiiy borliq haqidagi
umumiy qarashlar tizimi bilan bog’lashga harakat qilgan. Uningcha jamiyatda
hamma narsa o’zaro bog’liq, shu jumladan, insoniy munosabat me’yorlari ham.
Dunyoda hamma narsa o’ch va adovat tufayli vujudga keladi, deb hisoblagan
Geraklitning fikriga ko’ra: “Koinot mavjudligining yagona umumiy qonuniyati –
bu “hamma narsaning otasi va pod Shohi “uru Sh”ekanligidir. U har qanday
jamiyatda kimlarnidir xudo, kimlarnidir sig’inuvchi odamlar, yana birovlarni qul,
boshqasini esa ozod qilib belgilab bergan”
1
.
Shu tariqa Geraklit uru Sh, ziddiyat, kurashning jamiyat taraqqiyotidagi
ijobiy rolini to’g’ri belgilab berishga harakat qilgan. Geraklit qarashlarida konflikt
o’ziga xos yangi ma’noda, misoli jamiyat hayotining ramzi, aniqrog’i, jamiyat
rivojining eng kerakli va asosiy Sharti sifatida namoyon bo’ladi. Geraklitning
“barcha narsalarning asosi konflikt va kurash” degan tushunchasini qadimgi yunon
faylasuflaridan yana biri Epikur (er. av. 341-270 y.) ham qo’llaydi. Epikur
jamiyatdagi to’qnashuvlarning salbiy oqibatlari insonlarni tinch-osoyishta va
birdamlikda yashashga chorlaydi va qachonlardir Shunga olib keladi, deb
hisoblagan. 
O’rta Osiyoda ilk Uyg’onish davri deb nom olgan IX-XII asrlarda faoliyat
ko’rsatgan mutafakkirlarning dunyoviy ma’rifatga intilishi va bu yo’lda o’tmish
davlatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, insonni ulug’lash, uning
ma’naviy fazilatlarini asoslash borasidagi fikr-mulohazalari jamiyatdagi konfliktlar
haqidagi tarixiy-tadrijiy bahslarda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Abu Nasr Forobiy (873-950 y.) birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi va
davlatni qanday boshqarish kerakligi haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimini
ishlab chiqdi. Bular asosan quyidagilardir:
- ijtimoiy hayot haqidagi fan va uning vazifasi;
-
inson jamoasining vujudga kelishi, tarkibi va turlari;
-
Shahar-davlat jamoasining hayoti va fazilati, davlatning faoliyati
vazifasi va uni boshqarish Shakllari;
-
insonning jamiyatdagi o’rni va vazifasi, aqliy, axloqiy kamoloti
masalalari;
-
davlat jamoasining maqsad va vazifalari, insonni baxt-saodatga
erishtirishning usullari va yo’l-yo’riqlari.
1


Forobiyning fikricha, jamiyatdagi konfliktlarning birdan bir sababi odamlar
tafakkurida ijtimoiy hayot, shahar-davlat, axloq va fiqh ilmlarining to’la
shakllanmaganligidadir. O’z navbatida yuzaga kelmoqchi bo’layotgan
konfliktlarning oldini olishda hamda odamlarning ushbu ilmlar bo’yicha olgan
yuqori bilimlari ijobiy natijalar berishi haqida gapirib, nazariy bilimlarning
egallanishi amaliyotda muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtiradi.
Forobiyning jamiyat haqidagi mulohazalarida “zo’ravonlik va majburlash
ta’limoti” qoralanadi. Chunki, har qanday davlat va jamiyatda “zo’ravonlik va
majburlov ta’limoti”ning amaliyotda aks etishi, o’ Sha davlat va jamiyatdagi
konfliktlar Shakllanishining asosidir. Forobiy “zo’ravonlik va majburlov
ta’limoti”ga qarama-qarshi o’laroq “tabiiy ehtiyoj nazariyasi”ni ilgari suradi. Zero,
odamlarning birgaliqda totuv yashashi, jamoalarga uyu Shishi, bir-biriga
yordamlashib kun kechirishi kabilar tabiat va jamiyatdagi “tabiiy ehtiyoj”
mavjudligining belgilaridir.
“Odamlarni birlashtirib turuvchi bosh mezon - insoniylikdir. Shu tufayli
kishilar odamzod turkumiga oid bo’lganligi uchun ham o’zaro tinchlikda
yashamoqlari lozim”
1
-deb yozadi Forobiy.
Demak, insoniylik – eng ulug’ ne’mat bo’lib, u jamiyatdagi konfliktlarning
yuzaga chiqmasligi uchun odamlarni tinch-totuvlikka chorlovchi ilk ijtimoiy
manbadir.
Forobiy o’z davri turmush tarzidan kelib chiqqan holda jamiyatdagi fozil va
johil Shahar-davlatlar o’rtasidagi farqlarni bir-biriga taqqoslaydi. Dehqonchilik,
Chorvachilik, to’quvchilik, baliqchilik kabi sohalar bilan birgalikda kasb-hunarga
katta e’tibor berish fozil Shahar-davlatga xos bo’lgan xususiyatdir. Xalqlarning
bir-birlari hududlarini bosib olishi, asirlarni qul sifatida ishlatishi, faqat o’z
davlatining tinch-totuvligiңi, farovon hayotini ko’zlagan davlatni johil Shahar-
davlat, deb ta’riflaydi. U johil Shahar-davlatlarning mavjudligini nafaqat davlatda,
balki jamiyatda ham konfliktlarning tobora kengayishidagi bosh omil sifatida
qoraladi.
Umuman olganda Forobiy jamiyatda “ideal davlat”larning bo’lishini orzu
qiladi. “Ideal davlat”larning mavjudligi jamiyatda konfliktlar o’rniga barqarorlikni
ta’minlaydi. Bunday jamiyatga erishishning manbai sifatida, u odamlarning ilm-
fanni Chuqur egallashlari zarurligini ko’rsatadi.
O’rta Osiyodagi ilk Uyg’onish davri vakillaridan biri Abu Ali Ibn sino (980-
1037 yy.) jamiyatdagi konfliktlar haqida o’zining “Risolatu tadbiri manzil”, “In
Shorat va Tanbixat” kabi asarlarida fikrlarini bildirgan. “Risolatu tadbiri manzil”
asarida shunday yozadi: “...odamlarning mulkiy tengsizligi, vazifasining bir xil
emasligi, o’zaro farqlari, inson ijtimoiy faoliyatining asosiy sababidir”.
Bizningcha, tarixan bunday ijtimoiy borliq ilk marotaba “aql idrokli odamlar”
davrida shakllangan. Demak, bu fikrlarga asoslangan holda konflikt avvalo
ijtimoiy hodisa ekanligini alohida ta’kidlash mumkin.
1
Xаyrullаev M. Forobiyning fаlsаfiy vа ijtimoiy qаrаshlаri // O’zbekistondа ijtimoiy-fаlsаfiy fikrlаr tаrixidаn. –
Toshkent: O’zbekiston, 1995. - bet


Ibn sinoning jamiyatda “o’zaro bog’liqlik va almashinuv jarayonida insonlar
bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etishi” xususidagi qarashlarini
Forobiyning “tabiiy ehtiyoj nazariyasi"ni tadrijiy davomi sifatida qarash mumkin.
Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, Forobiy “tabiiy ehtiyoj nazariyasi”ni jamiyatdagi
“zo’ravonlik va majburlash ta’limoti"ga qarama-qarshi qo’ysa, Ibn sino “o’zaro
bog’liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir-birini qandaydir muhtojlikdan xoli
etishi”dan keyingina jamiyatda “adolat qoidalari va qonunlari o’rnatiladi”
1
deydi.
“Adolat qoidalari va qonunlari o’rnatilgan” jamiyatda esa konfliktlarning tobora
kamayib borishi tabiiy holdir. 
Sharqdagi ilk uyg’onish davri vakillari qarashlaridan farqli ravishda G’arb
dunyosi o’rta asrlari Yevropa uyg’onish davri namoyondalari ijtimoiy konfliktlarga
murakkab va qarama-qarshi baho berdilar. Negaki, bu davrda jamiyatdagi ijtimoiy
ziddiyatlar va qurolli to’qnashuvlarni mashhur gumanistlar T. Mor, E. Rotterdam,
F. Rable, F. Bekonlar keskin qoralab chiqqan edilar.
Erazm Rotterdam (1464-1536 yy.) uru Sh – “uru Shni bilmaganlar uchun
Shirin”
2
- deydi. U boshlanajak konfliktning misoli zanjir reaktsiyasi yanglig’, o’z
domiga aholining yangi qatlamlari va davlatlarni tortib ketishi borasida so’z
yuritib, qarama-qarshi turgan tomonlar garchi umumiy jihatdan g’oyaviy birga
bo’lsalar ham, o’zaro sulhga kelishishi mu Shkulligiga e’tibor qaratdi.
Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) ning konfliktlar tabiati
to’g’risidagi fikrlari ham e’tiborga loyiqdir. U ilk bor davlatning ichki ijtimoiy
konfliktlari sabablarini aniq nazariy tahlil qilib chiqib, ijtimoiy tartibsizlikning
moddiy, siyosiy va ruhiy Shart-sharoitlarini sinchiklab o’rgangan hamda ularni
bartaraf etish yo’llarini belgilab bergan. F. Bekon qarashlarida davlat va
jamiyatdagi ijtimoiy tartibsizliklarning yuzaga kelishida asosan moddiy omillar
ustuvorligi xarakterlidir. “...davlatda qancha nochor bo’lsa, - deydi u – Shuncha
tayyor ko’zg’olonchi bor deganidir. Mabodo nochorlikka oddiy xalqning
kambag’allashuvi sabab bo’lsa, xavf ortib boradi va aniqroq namoyon bo’ladi.
Biroq unutmaslik kerakki, qorin uchun bo’ladigan qo’zg’olonlar xavflarning eng
xavflisidir”
1
.
Ijtimoiy ziddiyatlarning oldini oladigan yo’llardan biri sifatida F.Bekon
siyosiy manyovr san’atini ko’rsatadi. “Odamlarni bir umiddan ikkinchisiga
ishontirish norozilikning oldini oladigan eng yaxshi vosita. Insonlarning
ehtiyojlarini qondira olmasalarda ularni kelajakka faqat umidlar bilan ishontira
oladigan, har qanday adovatni o’z vaqtida orzu va umid uchqunlari bilan yum
Shata oladigan hukumat oqildir. Bu narsa aytarli mu Shkul emas, zero Shaxslar va
ba’zan butun boshli partiyalar o’z istiqbollariga ishonmasalarda, baribir orzu va
umidlari to’g’risida ochiq gapirib, o’zlarini ana shular bilan ovutadilar”. F.Bekon
“davlatga qarshi bo’lgan ittifoqlar va partiyalar orasiga qutqu solib, o’zaro qarama-
qarshi qilib qo’yish, ularda kelajakka nisbatan ishonchsizlik paydo qilish”da
siyosatning roli va ahamiyati katta ekanligiga alohida urg’u beradi. 
1
2
Jumаev R.Z, Ubаydullаev U.А, Xo’jаnov B.А. Konfliktologiya аsoslаri. O’quv qo’llаnmа – Toshkent: Аkаdemiya
nаshriёti, 2000. – 10 b.
1


Ziddiyat darajasidan qat’i nazar konfliktning oldini olishda F.Bekon ta’rifi
bo’yicha, “norozilar orasida ularni birlashtiradigan etakchi bo’lmasligiga erishish
eng “go’zal me’yordir”. Ikkinchi tomondan esa, xalq qo’zg’olonlari va
tartibsizliklarini bosadigan bitta, yaxshirog’i bir nechta bunday Shaxslarning
bo’lishi vaqti kelib olomon xalqqa aylanganda ular qanday asosiy sifatga ega
bo’lishidan dastlabki ehtimollarni beradi. Shuning uchun “... harbiy boshliqlar va
xalq fidoiylari ishonarli va obro’li kishilar bo’lishi, ajralishlar tarafdori va
shuhratparast bo’lmasliklari, shuningdek, davlat amaldorlari bilan har qanday
lahzada til topishadigan Shaxs bo’lishi zarur. Aks holda lahzalik malham og’ir
kasallikdan ham xavfliroq bo’lishi mumkin”,- deb yozadi Bekon
2
.
Ma’lumki, yashash uchun kurash muammosi ingliz biologi Charlz Darvin
(1809-1902 yy.) ta’limotida ham markaziy o’rinni egallagan. Uning asosiy nazariy
g’oyalari biologik evolyutsiya to’g’risidagi “Turlarning tabiiy tanlov natijasida
kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda toza naslli turlarni saqlab qolish”
(1959 y.) ilmiy asarida bayon etilgan. Asarning asosiy g’oyasi uning nomida o’z
aksini topgan, ya’ni tirik tabiatning rivojlanishi yashash uchun olib borilayotgan
doimiy kurashda, yanada aniqrog’i eng yashovchan turlargina tabiiy tanlov
natijasida omon qolishida ekanligi isbotlab berilgan. Ch.Darvin o’zining mazkur
ta’limotini jamiyat tarakqiyotiga tadbiq etganmi yoki yo’qmi aytish qiyin.
Umuman olganda olimning ijodini o’rgangan tadqiqotchilar o’rtasida bu borada
yagona fikr mavjud emas. To’g’ri, uning ketidan “ijtimoiy darvinizm” oqimi paydo
bo’ldi. Ammo, bu oqim tarafdorlari jamiyat taraqqiyotini tabiiy tanlov va yashash
uchun kurashning biologik qonuniyatlari asosidagina tushuntirishga harakat
qilganlar.
Keyinchalik yashash uchun kurash tamoyiliga asoslangan (bu jihatdan
Darvin ta’limotiga yaqin), biroq yashash uchun kurashga ijtimoiy tamoyillarni asos
qilib olgan pozitivizmning rahnamolaridan biri Gerbert spenser (1820-1903 yy.)
jamiyat taraqqiyotida asosiy qonun bo’lgan jamiyat Shukuhiga eng moslashgan
individlarning tirik qolishi haqidagi g’oyani ilgari surdi, xolos. G.Spenser
ta’limotiga ko’ra jamiyatdagi mavjud qarama-qarshilik holati ko’p qirralidir. Xuddi
shu jihati bilan u faqat alohida jamiyat orasidagi muvozanatni emas, balki jamiyat
va uni o’rab turgan tabiiy olam o’rtasidagi munosabatlarni ham o’ziga qamrab
oladi. Shuning uchun ham olim jamiyatda konfliktlar qonuniyatini umumiy va
asosiy qonun sifatida e’tirof etadi.
G.Spenser ta’limotida jamiyat bilan tabiiy muhit o’rtasidagi
munosabatlardan tashqari jamiyat rivojining tarixiy chegaralari ham ana shu
qonuniyat asosida bo’lishi bayon etilgan. Uningcha, jamiyatdagi tabiiy muhitning
ilk sarchashmalari jamiyat rivojining, muayyan bosqichida xalqlar va irqlar
o’rtasida to’liq tenglik yuzaga kelmaguncha namoyon bo’la olmaydi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda ijod qilgan olim Uilyam
samner (1840-1910 yy.) yashash uchun kurashda taraqqiyotning muqarrar omili
sifatida insoniyatning eng kuchsiz va ongsiz qatlami halok bo’lishi shart degan
aqidani olg’a suradi. G’oliblar-chi!? G’oliblar esa jamiyatdagi ishbilarmon
2
O’shа joy.


tadbirkorlar, xodimlar, bankirlar va shu kabilar - barcha “umumbashariy
qadriyatlar ijodkorlari va umuman eng yaxshi insonlar sanaladi”
2
.
Konfliktologiya borasidagi konservatizmga asoslangan fikrlardan farqli
ravishda, U.Samner qarashlari fanning ilmiy irmoqlariga kutilmagan “toshqin”
singari qo’shildi. Uning qarashlarida pozitivistik ohang hukmron edi. Tarixiy-
etnografik materiallarning qatlamiga tayangan U.Samner, ijtimoiy munosabatlar
me’yorini o’rgaңishda tizimli uslubiy yondashuvga asos solib, guruhlar ichidagi va
guruhlararo munosabatlarni shu tarzda o’rganishni boshlab berdi. Konfliktlarni
tadqiq qilishda guruhlararo konfliktlarga alohida e’tibor qaratish U.Samner
ta’limotining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’ldi.
Konfliktlar borasidagi yangi nazariy-tahliliy motivlar polyak olimi Lyudvig
Gumplovich (1838-1909 yy.) ijodida ham uchraydi. Jahon tarixi irqlar o’rtasidagi
doimiy kurashdan iborat ekanligini e’tirof etgan olim, irqlarning yuzaga kelishi
hamda ularning bir-biridan farqli jihatlari biologik emas, balki madaniy o’ziga
xoslikda yotadi, deb hisoblaydi. Har bir irq o’ziga xos madaniyatdir. Shu bois,
konfliktning sababini nafaqat inson tabiatidan, balki madaniy tafovutlarining
ijtimoiy omillaridan izlash kerak. Negaki, madaniyat ijtimoiy konfliktlarning
ijtimoiy hayot talablariga monand o’zgarib borishi jarayonidagi ilk ma’lumotlarni
berishi mumkin.
L.Gumplovich fikricha, konfliktlar yagona va zaruriy ijtimoiy jarayon emas.
Biroq, keng ijtimoiy jamoalar hamda davlatlarni vujudga keltiradigan ijtimoiy
birlashuvlar ahamiyatga molik jarayondir. Chunki jamiyatda ijtimoiy guruhlar
aynan konflikt natijasida birlashadilar. 
Nemis sotsiologi Georg Zimmel (1858-1918 yy.) "konflikt sotsiologiyasi"
atamasini ilmiy atamashunoslikka kiritgan olim sifatida tan olingan. Olimning
fikricha, konfliktlar jamiyatda ijtimoiy integratsiyani muayyan darajada
muvofiqlashtiradi, ijtimoiy bilimlarning aniq xususiyatlarini aniqlab, ularni tashkil
etish tamoyillari va me’yorlarini mustahkamlaydi.
XX asrning 20-yillarga kelib, Chikago maktabining ko’zga ko’ringan
sotsiologlari Robert Park (1864-1994 yy.), Ernest Berdjess (1894-1964 yy.),
Albion smoll( 1854-1926 yy.)lar G.Zimmelning nazariy tadqiqotlarining davom
ettiradilar. Ular ijtimoiy jarayonni o’zaro bog’liq bo’lgan to’rt harakat: musobaqa,
konflikt, moslashuv va assimilyatsiya asosida ko’rib chiqishadi. Konfliktlar
jamiyatdagi ushbu o’zaro ijtimoiy munosabatlarda markaziy o’rinni egallab,
ijtimoiy jarayondagi musobaqadan moslashuv va assimilyatsiyaga o’tkazuvchi
rolini o’ynaydi va bu bilan ijtimoiy o’zgarishlarning muhim manbaiga aylanadi. 
XX asrning 30-yillaridan boshlab jamiyatdagi konfliktlarni ilmiy
o’rganishga bo’lgan qiziqishni pasayishi sodir bo’ldi. Ayrim sotsiolog va huquq
Shunoslar jamiyatdagi ish tashlashlar, namoyishlar, qurolli to’qnashuvlar ortidagi
muammolar va uru Shlarning kelib chiqish sabablarini tadqiq qila boshladilar.
Biroq bu tadqiqotlar ko’proq epizodik va empirik tadqiqotlar ko’rinishida edi.
2
Jumаev R.Z, Ubаydullаev U.А, Xo’jаnov B.А. Konfliktologiya аsoslаri. O’quv qo’llаnmа – Toshkent: Аkаdemiya
nаshriёti, 2000. – 16 b.


Ko’rinib turibdiki, konfliktlarni tizimli tahlili o’rnini ruhiy tanglik va ularni
engillatish uslublari egallay boshladi. Natijada jamiyatdagi konfliktlarning sababi
sifatida faqat ikki tomon o’rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlar birinchi
o’ringa chiqib qoladi. Vaholanki, konflikt qanday xarakterda bo’lmasin ularning
yuzaga kelishida o’ziga xos ob’ektiv va sub’ektiv sabablar mavjud bo’ladi.
XX asr 40-yillarida jamiyatning funktsional modeli asosida konfliktlarni
tadqiq etish rivojlandi. Xususan, Tolkott Parsons (1902-1979) konfliktlarni tadqiq
qilish va bartaraf etishni integratsion jarayon sifatida baholadi va uni ijtimoiy
ziddiyat, engib o’tish lozim bo’lgan o’ziga xos ijtimoiy kasallik, deb biladi. 
Ijtimoiy konfliktlarga nisbatan T.Parsons tutgan yondashuvni "insoniy
munosabatlar" (Public relations) maktabi vakillari ham o’z tadqiqotlarida tatbiq
etdilar. Ularning fikricha, sanoati rivojlanib borayotgan davlatlarning xalqaro
munosabatlarda o’zini tutishi va olib borayotgan siyosati ijtimoiy konsensusga
asoslanmog’i lozim. Shundagina ular o’zining rivojlanish darajalarini bir me’yorda
saqlab turishi mumkin. Ushbu maktabning taniqli vakili Garvard universiteti
professori Elton Meyo (1880-1949) "hozirgi zamon bosh muammosi" sifatida
"sanoatda tinchlik o’rnatish"ga erishishning tobora qiyinlashib borayotganini
ko’rsatadi. Konflikt, uningcha, jamiyatdagi o’ta mudhish "ijtimoiy kasallik"dir.
Uni bartaraf etish uchun avvalo "ijtimoiy muvozanat" va "hamkorlik holati"ni
davlat va jamiyatda qaror toptirish uchun harakat qilmoq kerak
3
. Shundagina
"sog’lom jamiyat"ga erishish mumkin. 
1956 yilda Lyuis Kozerning “Ijtimoiy konflikt funktsiyalari” nomli kitobi
nashr etildi. Unda L.Kozer konfliktsiz jamiyat, demak konfliktsiz ijtimoiy guruhlar
ham bo’lmasligini ta’kidlar ekan, konfliktlar jamiyat tuzumining yangicha
rivojlanishida ijobiy ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiradi. L.Kozer
"konfliktning ijobiy funktsional kontseptsiyasi" deb nomlangan nazariy dasturini
klassik funktsionalizm nazariyasiga qarama-qarshi tarzda ishlab chiqdi. Unda
konfliktlar ijtimoiy tahlil Chegaralaridan tashqarida o’rganiladi. Agar funktsional
tizim tarafdorlari ijtimoiy konfliktlarda ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyatning
tartibsizlanish belgilarini ko’rsa, L.Kozer esa aksincha, konfliktlarning jamiyatdagi
har qanday tartibsizlik va barqarorlikni ta’min etishdagi ijobiy roliga e’tiborini
qaratdi va uni asoslab berishga urindi. Uning fikricha, jamiyatdagi barqarorlik
mavjud konfliktli munosabatlar va ular o’rtasidagi aloqalar turiga bog’liq. 
1965 yilida Ralf Darendorf Germaniyada "Sinfiy tizim va sinfiy konflikt"
nomli asarini Chop etdi. Uning "konfliktli jamiyat" kontseptsiyasi dunyo
hokimiyati: konfliktlar va rivojlanishlar asosidagi "aksilhayoliy" turmush tarzida
qurilgan edi. Agar L.Kozer konfliktning ijtimoiy birlikni ta’min etishidagi ijobiy
rolini asoslashga uringan bo’lsa, R. Darendorf konfliktni ijtimoiy organizmning
permanent holati deb hisoblaydi. “Konfliktning borligi emas, uning yo’qligi
qandaydir g’alati va g’ayritabiiy hol. Jamiyat yoki muassasada konflikt holati
sezilmasa, albatta, bu - Shubhaga olib keladi” - deb ta’kidlaydi R. Darendorf. “Har
qanday jamiyatning turmush tarzi konflikt asosida qurilgan. Chunki jamiyat ham,
3
Jumаev R.Z, Ubаydullаev U.А, Xo’jаnov B.А. Konfliktologiya аsoslаri. O’quv qo’llаnmа – Toshkent: Аkаdemiya
nаshriёti, 2000. – 27 b.


jamiyatdagi qadriyatlar ham o’zgaruvchandir. Shu boisdan ham aynan konfliktda
turli birlashmalar va erkinlikning ijodiy asosi, shuningdek, ijtimoiy muammolar
ustidan nazorat va maqsadga muvofiq ravishdagi qulay muhit mujassamlashgan
bo’ladi”
4
.
Amerikalik sotsiolog va iqtisodchi, “konfliktning umumiy nazariyasi”
muallifi Kennet Boulding, mavjud konfliktlarning to’liq ilmiy nazariyasini tirik va
jonsiz tabiat, shaxsiy va umumiy hayot doirasi ko’rinishlarida tasvirlab berishga
intildi. “Konflikt” atamasi uning tadqiqotlarida jismoniy, biologik va ijtimoiy
xususiyatlardan kelib chiqib keng tahlil qilinadi. K.Boulding “dengizning quruqlik
bilan yoki erdagi bir turning boshqa bir Shakl bilan tuganmas uru Shi”ni ko’rsatar
ekan, jonsiz tabiatning ham jiddiy mojarolardan holi emasligini uqtiradi.
Qarama-qarshiliksiz yashash istagi - yaxshi g’oya. Birok inson - ijtimoiy-
siyosiy mavjudot. Shuning uchun ham insoniyat tobora rivojlangan muhitda
yashash uchun intiladi. Rivojlanish esa qarama-qarshiliksiz bo’lmaydi. Zero,
qarama-qarshilik tomonlar o’rtasida konfliktlarni keltirib chiqarishi tabiiy. XX
asrning 70- yillariga kelib jamiyatdagi inqirozli holatlar – konfliktlarni ijobiy
tarafdan o’rganish yanada rivojlandi. Ayniqsa, jamiyatning konfliktlarsiz
rivojlanish g’oyasini “muqobil” sotsiologiyaning atoqli vakili, amerikalik sotsiolog
Alvin Gouldner (1920-1980) qattiq tanqid qildi. Uning fikricha, sotsiologiyaning
asosiy vazifasi jamiyatning konfliktli holati va jamiyat rivojlanishiga to’siq
bo’ladigan inqirozli vaziyatlar sabablari va ularni bartaraf etish yo’llarini
aniqlashdan iboratdir. G’arb jamiyatining inqirozini A.Gouldnsr insonning tobora
yakkalashib ketishi, dunyoga nisbatan odamlarning maqsadli qarashlarining
yo’qolishi, bilim va hokimiyat o’rtasidagi ziddiyatli munosabatlarning
rivojlanishiga bog’liq, deb baholaydi
5
.
Jamiyatning konfliktlarsiz rivojlanishi borasidagi qarashlar Ch.Mills va
boshqalarning asarlarida ham tanqid qilingan. Biroq, XX asrning 80-yillar boshida
jahonda nafaqat rivojlanish, balki tinch-totuv yashash va doimiy barqarorlikka
erishish uchun konfliktlarga chek qo’yish haqidagi qarashlar Shakllandi. Bunday
jarayonga, avvalo, umumbashariy muammolarni bartaraf etish uchun davlatlarning
hamkorlikka bo’lgan tabiiy talab sezilarli ta’sir o’tkazdi. Birinchilar qatorida
“umumbashariy muammolar”ni tadqiq etishga Rim klubi a’zolari alohida e’tibor
qaratib, bu borada “tizimli tahlil” uslubini qo’lladilar. Ushbu klub xalqaro
nohukumat tashkiloti bo’lib (1968) o’z safiga jahondagi ko’plab davlat va jamoat
arboblarini, olimlarni birlashtirgan edi. “O’sish Chegaralari” – Rim klubi
tomonidan 1972 yilda tayyorlangan ilk ma’ruzalar to’plamidir. Ushbu ma’ruzalar
majmuasi Massachusets texnologiya instituti ilmiy-tek Shirish guruhi tomonidan
tayyorlangan (Denis va Donsll Medouz rahbarligida) bo’lib, ma’ruzalar matni
xalqaro hamjamiyatning yuksak e’tirofiga sazovor bo’ldi. 
Klubda o’tkazilgan yig’ilishlarda ko’plab siyosiy ziddiyatlar, uru Sh va
mojarolar, tinchlik muammolari muhokama etildi. Ushbu muhokama etilgan
4
Dаrendorf R. Elementi teorii sotsiаlnix konfliktov // Sotsiologicheskoe issledovаnie. – M, 1994. – № 5. 
5
Jumаev R.Z, Ubаydullаev U.А, Xo’jаnov B.А. Konfliktologiya аsoslаri. O’quv qo’llаnmа – Toshkent: Аkаdemiya
nаshriёti, 2000. – 33 b.


muammolarning asosini er yuzida tinchlikni ta’minlash masalasi tashkil etdi. Zero,
tinchlikni ta’minlash uru Shning yo’qligi demakdir. Qolaversa, er yuzida uru
Shlarga barham berish tinchlik haqidagi maqsadlarning samarali intihosidir. Faqat
jahon rivojlanishidagi uyg’unlik Sharoiti, davlatlar o’rtasidagi hamkorlik
orqaligina mustahkam tinchlik va xavfsizlikka erishish mumkin. Davlatlarning
o’zaro hamkorlikka intilishi xalqaro keskinliklarni yum Shatish uchungina emas,
balki davlatlar umummanfaatlari mu Shtarakligini ham namoyon etadi. Qolaversa,
uzoq kelajakni ko’zlab qilingan hamkorlik Shartlari tomonlar uchun
musobaqalashuv yoki raqobatlashuvdan ko’ra manfaatliroqdir.
Barqarorlik va tinchlik Sharoitida jamiyatning yangicha turmush tarziga
erishish uchun Rim klubi mutaxassislari ijobiy taraqqiyot va o’sishning yangicha
kontseptsiyalarini taklif qiladilar. Klub a’zosi, germaniyalik taniqli jamoat va
siyosat arbobi E.Pestel uzviy taraqqiyotning o’ziga xos tomonlarga ega ekanligini
aytib, uni quyidagicha ta’riflaydi:
-
o’zaro aloqadorlikdagi tizim, ya’ni bir-biriga zarar etkazmasdan
o’zaro bog’liq ravishda o’sadigan tizim - jamiyatdagi progressiv o’zgarishlar;
-
turli xil tizim qismlari talablariga javob beradigan ko’ptomonlama
rivojlanish, shuning uchun ham dunyoning turli mintaqalarida joylashgan davlatlar
turlicha rivojlanadi (buning ustiga rivojlanish jarayoni vaqt o’tishi bilan o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib o’zgarib turadi);
- maqsadlarni muvofiqlashtiruvchi mu Shtarakligi tinchlikni ta’minlashga
daxldor ekanligini bildiradi;
-
tezkorlik, harakatchanlik va moslashuvchanlik – taraqqiyot jarayonida
vujudga keladigan tasodifiy ta’sirlarni bartaraf etishda qo’l keladi. Bosh maqsad
yo’nalishiga bunday xususiyatlar hech qanday halaqit bermaydi;
-
odamlarning turmush Sharoitini yaxshilash va kerakli narsalar bilan
ta’minlashni taraqqiyotning bosh mezoni sifatida bilish;
-
rivojlanish bosqichida qiyinchiliklar va yangi muammolarning
darajasiga qarab baho beradigan vaqt o’lchovini anglash;
-
maqsadlarning doimiy “yangilanib borishi”, ya’ni “eski” maqsadlarga
erishilganidan yoki qayta mulohaza etilganidan so’ng, yana “yangi” maqsadlarning
yuzaga kelishi.
Xullas, jamiyatdagi ziddiyatlar xususida XX asrda bildirilgan turli xil
mulohazalar ikki yo’nalishda o’z aksini topdi, bular;
Birinchidan, G’arbiy Yevropa (Frantsiya, Gollandiya, Italiya, GFR,
Ispaniya)da shakllanib o’zining muayyan rivojlanish bosqichiga ega bo’lgan ilmiy
institutlar faoliyati.
Ikkinchidan, AQSHda yuzaga kelgan va rivojlaңgan ilmiy yo’nalish.
Umuman ikkala makonda tadqiqot olib borgan olimlarning maqsadlari mu Shtarak.
Faqat ular ob’ektga nisbatan turli xil uslubiy yondashuvlar asosida o’z fikrlarini
bayon etishgan xolos. Ushbu tadqiqotlardan birida martabaga erishish yo’llari
haqida fikr yuritilib: “Tinchlik istasang uru Shni o’rgan”, - deyladi. Tinchlikni
yoqlovchi institut tadqiqotchilari esa tinchlik va kelishuv muammolariga e’tibor
qaratadilar. 


Mamlakatimizda ijtimoiy konfliktlarni ilmiy o’rganish mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlandi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, sobiq ittifoq
davrida ushbu fan yo’nalishi yaqin-yaqinlargacha biz o’rganib kelayotgan fanlar
qatorida konfliktologiyani uchratmas edik. Hozirgi vaqtda davlatimizning bir qator
ilm dargohlarida konfliktologiya fan sifatida o’qitilmoqda. 
Konflikt so’zi lotincha «conflictus»
6
, ya’ni ixtilof, to’qnashuv, nizo kabi
ma’nolarni bildiradi. Konflikt hayotiy ziddiyatlar, insonlarning istak va intilishlari,
his-tuyg’ulari va ehtiroslari, o’y-fikrlari va xatti-harakatlaridagi qarama-
qarshiliklar, kuchli dramatik to’qnashuvlar, kelishmovchiliklar, kishilar ongi va
dunyoqarashlaridagi kayfiyati va fe’l-atvoridagi qarama-qarshiliklar,
kelishmovchiliklar va ziddiyatlarni ilmiy ifodalash Shaklidir. Konflikt jamiyat
taraqqiyotining muayyan ijtimoiy kuchlari va an’analarning to’qnashuvi asosida
yuzaga keladi va echiladi. An’anaviy ma’nodagi tenglik va tengsizlik, adolat va
adolatsizlik, to’g’ri va egri, rost va yolg’on, yaxshilik va yomonlik, ma’rifat va
xurofot, zulmat va nur, ezgulik va yovuzlik kabi ko’plab qarama-qarshi vaziyat,
hodisalar tarzida namoyon bo’ladi. 
Konfliktologiya – mojarolar mohiyatini o’rganish va ular muammolarining
echimiga qaratilgan optimal taklif va tavsiyalar ishlab chiqish haqidagi bilim
sohasidir. Konfliktologiya ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy boshqarish,
ijtimoiy munosabatlarni uyg’unlashtirish va mutanosiblashtirish zaruriyati siyosat
Shunoslik, siyosiy ruhiyat Shunoslik, sotsiologiya fanlari oralig’ida vujudga
kelgan. Hozirgi davrda shakllantirilgan konfliktologiya bilim sohasi siyosat
Shunoslik va sotsiologiya fanlari erishgan yutuqlarga suyangan holda iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ahloqiy munosabatlar jarayonida kelib
chiqayotgan to’qnashuv-mojarolarning tinchlik bilan guruhlararo, davlatlararo,
millatlararo, jamoalararo, xalqaro miqyoslarda kelishuv-murosa yo’li bilan bartaraf
etish mexanizmlarini ishlab chiqib amaliyotga kiritishga muvaffaq bo’lgan. 
To’qnashuvlar doimiy harakatda bo’lib, to’qnashuv vaziyatlaridan kelib
chiqadi va shu vaziyat tabiatiga ko’ra,ularni asta-sekin yo’qqa chiqarish yoki
alangalatish imkoniyatlaridan foydalanadigan ijtimoiy yoki siyosiy kuchlar
jamiyatda doim mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham konfliktologiyaning asosiy
strategik vazifasini to’qnashuv – mojarolarning echimini izlab topishgagina emas,
balki, kelib chiqishi – amaliy asoslarini ishlab chiqib, jamiyat hayotining barcha
jabhalariga ularni joriy qilish mexanizmlarini belgilab berishdan iborat.
Sotsiologlar fikricha, aslida barcha konfliktlarda gap ikki narsa: resurs va uning
ustidan nazorat qilish xususida boradi. «Moddiy dunyo va ijtimoiy dunyo borliq
elementlarining ma’lum bir konflikt ob’ekti bo’lishi uchun element ustidan nazorat
o’rnatishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari uning atrofida
bir-biriga tutashgan holda bo’lishi kerak».
7
Konfliktni bartaraf etish yo’llarini topish asosan uning predmeti qanchalik
aniqlanib, tahlil etilganligi bilan belgilanadi. Konflikt predmetini tadqiq qilish
faqat tomonlar o’rtasidagi vositachi yoki hakamlargagina tegishli bo’lib
qolmasdan, balki bevosita konflikt sub’ektlarining ham muhokama mavzusi
6
Sotsiologicheskiy slovаr. – Minsk, 1997. 
7
Lebedovа M.M. Politicheskаya urelegirovаnie konfliktov. – Moskvа, 1997


bo’lishi mumkin. Bunday muzokaralar tomonlarning o’zaro muzokaralar olib
borishi bilan amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, konfliktlarning turli shakllari
bo’lib, ular oddiy ikki insondan tortib yirik harbiy yoki millionlab insonlar ishtirok
etgan siyosiy uru Shlarda bo’ladi. Ijtimoiy hayotda konfliktlarning xili, shakli ko’p
bo’lsada ular umumiy xarakteristikaga ega va aynan Shu tadqiqotda konfliktning
asosiy o’lchamlarini turkumlashda va uning jadallashuvidagi omillarni aniqlashda
yordam beradi. Barcha konfliktlarga ushbu xususiyatlar xos:
- konflikt sabablari;
- konfliktning keskinligi;
- konfliktning davomiyligi;
- konfliktning natijasi.
Ushbu xarakteristikalarni o’rganib, ulardagi o’xshashlik va farqlarni anglash
va konfliktning muhim tomonini aniqlash mumkin. Konflikt munosabatlarini
o’rganishda konfliktning xarakterini belgilash va uning sababini tahlil qilishni
uning turlaridan boshlasak maqsadga muvofiq bo’ladi. Bular:
YAshirin maqsad sari inson o’z ehtiyojini qondirishga harakati jarayonida u
qarama-qarshi maqsadli qadriyatga intiladi. Ayni damda boshqa individ va
guruhlar ham Shu qadriyatga intilishadi. Natijada ularda to’qnashuv sodir bo’ladi
va bu konflikt kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qarama-qarshi maqsadli qadriyat
konfliktlari turli xil bo’lib, ular sevgi, oila, nikoh, hatti-harakat odobi, san’at, sport
va boshqa sotsial institutlarga turli munosabat tufayli paydo bo’ladi. O’rta
darajadagi konflikt turli madaniyatlar to’qnashuvidan yuzaga keladi. Qarama-
qarshi maqsadga sabab bo’lgan konfliktlar iqtisodiy-siyosiy, sotsial-psixologik va
boshqa qadriyatli maqsadlar muhitida sodir bo’ladi. G’oyaviy kelishmovchiliklar
asosida paydo bo’lgan konfliktlar qarama-qarshi mo’ljal konfliktlarida tez-tez
uchrab turadi. Ularning farqi shundaki, g’oyaviy konfliktning sabablari
jamiyatning g’oyaviy tizimiga bo’lgan turli munosabatidir. Diniy e’tiqod, sotsial-
psixologik intilish qarama-qarshiliklarning katalizatoridir. 
Konflikt sabablaridan yana biri iqtisodiy xilma-xillik va sotsial tengsizlikdir.
Individ va guruhlarda daromad bilan axborot madaniyat elementlari kabi
qadriyatlar taqsimlanishidagi farqlar konfliktga sabab bo’ladi. Ma’lumki, har
qanday jamiyatning yuzaga kelish asosida muayyan konfliktlarni, qarama-
qarshiliklarni bartaraf etishdek murakkab jarayon yotadi. Sotsiometrik ta’limot
konfliktologiya muammolarini nisbatan aynan jamiyatdagi konfliktlarni emas,
balki, jamiyatdagi qarama-qarshilik ya’ni bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan kuchlar
o’rtasidagi munosabatlarnigina tadqiq qiladi.
8
Jamiyatdagi muayyan qarama-
qarshilik muammolari bilan Shug’ullanishni to’la ma’nodagi konfliktologiya
muammolari bilan Shug’ullanadi deyish qiyin, biroq konfliktlarni tadqiq etish
muayyan qarama-qarshiliklarni ham tadqiq etishdir, deyishimiz mumkin.
Har qanday konflikt qamrov doirasi keng bo’lgan ichki va tashqi holatlarga
bog’liq bo’lib, bu holatlar qanchalik o’zgaruvchan va o’ziga xos bo’lmasin, baribir
ular o’rtasida mutanosiblik mavjud, Konfliktning tashqi va ichki omillari bir-biriga
bog’liq bo’lsa-da, o’ Sha tashqi yoki ichki omillarni tadqiq etishdagi uslubiy
yondashuvlar bir-birinikidan farq qilishi mumkin. Ichki va tashqi holatni
8
Istoriya sotsiologii. // Pod red. А.M.Elsukovа. – Minsk: Visheyshаya shkolа, 1997. – S. 215. 


o’rganishda yuzaga keladigan farqliliklarni avvalo, konfliktning qamrov doirasi,
ularning aniq bir kategoriyalarga, yo’nalishlarga ega bo’lishi kabi sabablar yuzaga
chiqaradi. Konfliktni umumiy qilib (ichki yoki tashki holatlarga ajratmasdan)
tadqiq qilayotganda konflikt yo’nalishi va uning mavjudligini belgilovchi ikki
jihati - ya’ni konflikt predmeti va uning ob’ektini ajratib ko’rsatish kerak.
Konflikt predmeti deganda tomonlar o’rtasida ob’ektiv jihatdan mavjud
bo’lgan yoki biror maqsadni ko’zlab yuzaga keltirilgan muammo tushuniladi.
Holbuki, ushbu muammo tomonlarning o’zaro konfliktga kirishuviga sabab
bo’ladi. E’tiborli jihati shundaki, bunda har ikki tomon ham ushbu muammoni
o’zlarining foydasiga hal etilishidan manfaatdor bo’ladi. Demak, konflikt predmeti
- konflikt ishtirokchilari, ya’ni sub’ektlarning o’zaro kurashga kirishib, o’zlaricha
biror echimga harakat qilishini nazarda tutuvchi ziddiyatlar majmuasidir. Bu
to’qnashuvlar asosida hokimiyatni egallash, u yoki bu boylikka ega bo’lish yoki
raqibidan doimo birinchi turish istagi yotadi.
Konfliktni bartaraf etish yo’llarini topish, asosan uning predmeti qanchalik
aniqlanib tahlil etilganligi bilan belgilanadi. Garchi bu ba’zan o’ta mu Shkul vazifa
bo’lsa-da. Ko’pgina konfliktlar murakkab va chalkash tarixga ega bo’lib, uning har
bir bosqichini birma-bir ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Chunki, konflikt predmeti
bir necha qatlamlardan iborat bo’lishi, oqibatda bir-biriga bog’liq tarzda ko’plab
“og’riqli nuqtalar” hosil qilishi mumkin. Biror oiladagi davomli konfliktlar yoki
millatlararo konfliktlarning nechog’li ko’p qirrali xususiyatlarga ega ekanligi
bunga misol bo’la oladi.
Konflikt predmetini tadqiq etish faqat tomonlar o’rtasidagi vositachi yoki
hakamlargagina tegishli bo’lib qolmasdan, balki bevosita konflikt sub’ektlarining
ham muhokama mavzusi bo’lishi mumkin. Bunday muhokamalar tomonlarning
o’zaro munozaralar olib borishi bilan amalga oshiriladi. Sub’ektlar o’rtasidagi
muzokaralar (vositachilik yoki hakamlik qilishga nisbatan olganda) o’zining
tomonlar o’rtasida ruhan muammoni his qilishi, ijtimoiy o’zaro ta’sir etish kuchiga
(munosabatlarga nisbatan) egaligi, imkoniyatlarning bir qadar ko’pligi bilan ajralib
turadi. Gap Shundaki, muzokaralar Chog’ida sub’ektlarning o’ziga xos yashirin
manfaatlari umumiy “manfaatlar konflikt”i doirasida hal etiladi yoki aksincha.
Muzokaralar predmeti esa aynan manfaatlar konflikti tanlagan predmetning xuddi
o’zi. Biroq, bu erda tomonlar konfliktdagi kabi harakat qilmaydilar. Ular
o’rtasidagi muzokaralar risoladagidek olib borilib, u ko’proq ilmiy bahs yoki
bozordagi savdoni eslatadi. Biroq muzokaralar - mavjud munosabatlar yuzasidan
bo’ladigan muzokaralardir. Qolaversa, bu bahs va munozaralarda tomonlar
manfaatlarining qarama-qarshiligidan so’z yuritiladi.
Muzokaralar davomida tomonlar o’zlarining konfliktlari predmetini aniqlab
olishi yoki uni ma’lum darajada hayolan tasavvur etishlari mumkin. Biroq
muzokaralar jarayonida tomonlar bir-biriga nisbatan tugayotgan pozitsiyalarini,
vositachilar esa konfliktni yuzaga keltirgan asosiy "yadro"ni aniqlab olishlari
kerak. Ana shu konflikt "yadro"si keyinroq "konflikt ob’ekta" tushunchasini anglab
etishda kerak bo’ladi.
Sotsiologlar fikricha, aslida barcha konfliktlarda gap ikki narsa: resurs va
uning ustidan nazorat qilish xususida boradi. Ushbu nuqtai nazardan hokimiyatni


egallash resurslar ustidan nazorat o’rnatish, mulkka egalikni qo’lga kiritish esa,
Cheksiz resurslarga egalikni qo’lga kiritish demaqdir. Resurslarni moddiy va
ma’naviy resurslarga bo’lish mumkin. Ma’naviy resurslar jamiki mavjud
resurslarni yaratuvchi omildir. Bu fikr albatta, boshqa fanlarning ko’plab
mutaxassislari tomonidan muqarrar Shaklda ifoda etilmaydi. Biroq barcha
mutaxassislarning umumiy fikrlarini tahlil etganda, “konflikt ob’ekti” degan
tushunchaga nisbatan va bu tushuncha orqali konfliktning ikkala ishtirokchilari
ham egallashga harakat qiladigan ana o’ Sha konkret moddiy yoki ma’naviy boylik
nazarda tutilganligining guvohi bo’lamiz. Konflikt ob’ekti sifatida shaxs, guruhlar
yoki davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi moddiy dunyo va ijtimoiy
borliqdagi mavjud narsalar u yoki bu ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin.
Moddiy dunyo va ijtimoiy borliq elementlarining ma’lum bir konflikt ob’ekti
bo’lishi uchun, ushbu element ustidan nazorat o’rnatishga harakat qilayotgan turli
ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo’lishi
kerak. Bunga ko’plab misollar keltirish mumkin: Chiroyli o’yinchoq ustida
talashib qolgan bolakaylar o’rtasidagi munosabatlar, u yoki bu hududni o’z
nazoratiga olish istagida yurgan davlatlar o’rtasidagi xalqaro konfliktlar va
boshqalar.
Munosabatlarning muayyan tizimidagi konflikt ob’ekti - doimo tanqis
resurslar bo’lgan. Masalan:
-
bo’ Sh direktor lavozimiga da’vogarlik qilayotgan ikki o’rinbosar;
-
do’kondagi so’nggi non uchun navbatda turganlarning janjali;
Afsuski, insonlar hayotida uchrab turadigan bunday ko’plab muammolarni
barcha tomonlarning istaganidek hal etib bo’lmaydi. Kundalik hayotimizda sodir
bo’lib turadigan bir qator konfliktlar ob’ektini ajratib olganimizda, umumiy
xarakterga ega muammolar doirasini belgilab olish mumkin. 
Biroq, konflikt aniq ob’ektga ega bo’lmasligi ham mumkin. “Ob’ektli”
konfliktdan tashqari konflikt kategoriyalari o’z ustidan nazorat qilishga yo’l
bermaydigan “ob’ektsiz” konflikt turiga ham ajratishadi. Masalan, oddiy ko’p
qavatli uydagi ikki qo’shnilardan biri yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi
qo’shni biror san’at asbobini Chalayapti. Birinchi qo’shni musiqa tovushi unga
halaqit berayotgani uchun devorni taqillatadi. Natijada konflikt boshlanadi.
Ko’rinib turibdiki, konfliktga ikki tomonning o’zaro kelishib vaziyatni yum
Shatishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga halaqit
berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishi sabab bo’lmoqda.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling