Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

2-jadval. Lassuell formulasi
Kim?
Nimani 
xabar qildi?
Qaysi kanal 
bo’ylab?
Kimga?
Qanday 
samara 
bilan?
Kommunikator Xabar 
Kanal
Xabar 
oluvchi
Samara
Boshqaruv 
tahlili
Mazmun 
tahlili
Vosita va 
kanallari tahlili
Auditoriya 
tahlili
Natijalar 
tahlili
Lassuellning «kommunikativ formulasi» bir vaqtning o’zida kommunikatsiya
jarayonini o’rganish modeli, shu bilan birga kommunikativ keng ko’lamli harakat
rejasi ham bo’lib, uning ijobiy jihati ham ana shunda. Kommunikator va retsipient
o’rtasidagi teskari bog’liqlik kanalini qo’llash unga qabul qilingan signal
to’g’risida ortga qaytarib xabar yo’llash, bildirish imkonini beradi. Zarur hollarda
axborot oluvchi o’z tashabbusiga ko’ra xabar uzatib, bu bilan kommunikatsiya
ob’ektidan uning faol sub’ektiga aylanishi ham mumkin. Bu kabi vaziyatda harakat
o’zaro birgalikdagi harakatga aylanib, bunday bir pog’onali kommunikatsiya
birgalikdagi faoliyat deb qaraladi.
Bu model kommunikatsiyani uning doirasida jo’natuvchi g’oyalari va
sezgilarini ma’lum xabar turi sifatida kodlashtiradigan va so’ng uni biron-bir kanal
(nutq, xat orqali xabar va sh.k.) yordamida oluvchiga jo’natadigan harakat, deb
23
Zosimenko, I.А. Sotsiologiya mаssovix kommunikаtsiy. Uchebnik / I.А. Zosimenko. – Ulyanovsk: UlGTU, 2013.
– S. 38-39.


qaraydi. Agar xabar turli-tuman “shovqin” yoki to’siqlarni engib o’tib, oluvchiga
borib etgan bo’lsa, bu holda kommunikatsiya muvaffaqiyatli, deb topiladi. 
Ushbu model kommunikatsiya jarayonidagi ba’zi muhim jihatlarga diqqatni
tortadi. Bu xabar olingan kanalning xabar oluvchi reaktsiyasiga ko’rsatadigan
ta’siridir. Misol uchun, yuzma-yuz uchrashib qilingan muhabbat izhori xat orqali
o’qilgan yoki telefondan bildirilgan sevgi e’tirofiga nisbatan butunlay boshqacha
qabul qilinadi. Ushbu modelning kamchiliklaridan biri shuki, u kommunikatsiyani
bir tomonlama yo’llangan ya’ni, jo’natuvchidan oluvchiga tomon boradigan
jarayon deb qaraydi. Shu sababli model yozma kommunikatsiyani bayon etish,
xabar oluvchi ta’sir ob’ekti sifatida ko’riladigan ommaviy axborot vositalari
ta’sirini ko’rsatishda ish berishi mumkin. 
Ommaviy kommunikatsiya vositalarining xabarlari barcha retsipientlar
tomonidan bir xil qabul qilinib, ularda zudlik bilan ma’lum, kutilgan reaktsiyani
keltirib chiqaradi, degan ishonch Lassuell kontseptsiyasini «sehrli o’q nazariyasi»
deb nomlanishiga sabab bo’ldi. Chunki, unga ko’ra kommunikatsiya
kommunikator miyasidan retsipient miyasiga yo’llaydigan sehrli o’q singari
kishining g’oyalari, sezgilari va muhimi keyingi harakatlari uchun asos bo’lib
xizmat qiladigan motivatsiyasini tubdan o’zgartirib yuboradi. Ta’sir yo’llangan
shaxs kommunikativ aktning passiv va himoyasiz ishtirokchisi bo’lib, uni «elektr
chiroq kabi» yoqadilar
24
.
Shennon-Uiver modeli avvalgisining grafik tasviridan boshqa narsa emas. Uni
telefon aloqasiga o’xshatish mumkin. Faraz qiling, turli mamlakatlarda
yashaydigan, har xil tilda so’zlashadigan va o’z abonentining tilini yaxshi
tushunmaydigan ikki kishi telefon orqali so’zlashishga majbur. Bunda suhbat vaqti
cheklangan, telefon aloqasi esa barqaror emas. K.Shennon va U.Uiver o’zlari
ishlab chiqqan aloqa (kommunikatsiya) ning matematik nazariyasida
modellashtirishga harakat qilgan vaziyat ana shunday. 
Ushbu modelda manbalar; qo’ng’iroq qilayotgan Shaxs (xabar uzatayapti);
xabar – uzatilayotgan axborot; telefonli uzatgich – tovush to’lqinlarini elektr
impulslariga aylantiradigan kodlashtiruvchi qurilma; telefon simi – kanal; telefon
apparati (ikkinchi apparat) – elektr impulslarini qaytib tovush to’lqinlariga
aylantiradigan dekoder; qabul qiluvchi – xabar yo’llangan odam. Bunda suhbat
aloqa liniyasida yuzaga keladigan doimiy to’siqlar (shovqinlar) bilan birga
kuzatilishi mumkin; kanalning chastotalar diapazoni cheklangan bo’lishi,
abonentlar bir-birini yaxshi tushunmasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ular aloqa
liniyasidan uzatiladigan axborot hajmini ko’paytirishga intilishlari tayin. Telegraf
va radiotizimlar orqali ham aloqa shu tarzda amalga oshiriladi. Ulardan
foydalanishda ham Shuningdek texnik ma’noda buzilish yoki xalaqitlar deb qabul
qilinadigan, uzatish uchun mo’ljallangan foydali signaldan farq qiladigan «
Shovqinlar» paydo bo’ladilar. Kommunikatsiyaning matematik nazariyasi dastlab
Shovqinlarni manba tomonidan uzatilayotgan foydali axborotni ajratib olish
maqsadida ishlab chiqilgan edi. 
24
Zosimenko, I.А. Sotsiologiya mаssovix kommunikаtsiy. Uchebnik / I.А. Zosimenko. –Ulyanovsk: UlGTU, 2013.
– S. 40.


Shennon fikriga ko’ra, shovqinlarni engib o’tish, yo’qotish signallar
ortiqchaliligidan foydalanish yo’li bilan erishilishi mumkin. Ortiqchalilik
tushunchasi kommunikativ omadsizlikning oldini olish maqsadida xabar
elementlarini takrorlashdan iborat. Matndagi so’zlarning yarmini yopib qo’ysa
yoki radio orqali chiqishda so’zlarning yarmini o’chirib tashlasa ham bu matnni
tushunish mumkin bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, yo’l qo’yiladigan Shovqin
me’yori, chegarasi mavjud bo’lib, undan tashqarida tushunish imkoniyati keskin
pasayib ketadi.
Ushbu modelning ijobiy jihati shu bilan bog’liqki, u paydo bo’lishi bilan
uzatilayotgan axborot tezligi va miqdori to’g’risidagi tasavvur ham yuzaga keldi.
Biroq Shennon-Uiver modeli qator cheklovlarga ham ega: u mexanistik – asosan
kommunikatsiyaning texnik usullarini aks ettiradi; inson unga faqat axborot
«manbai» yoki «qabul qiluvchisi» sifatida qo’shiladi; u uzatilayotgan axborot
mohiyati, mazmunidan uzoqlashib, faqat uning miqdoriga e’tibor qaratadi; mazkur
modelda kommunikativ jarayon chiziqli, bir tomonlama yo’llangan xarakterga ega
bo’lib, teskari aloqa mavjud emas.
Ikki pog’onali kommunikatsiya modeli P. Lazersfeld, B. Berelson va G. Gode
tomonidan ommaviy kommunikatsiyalarni tadqiq etishda ishlab chiqildi. Ular
quyidagi anchagina qiziq qonuniyatga e’tibor qaratdilar: aholi e’tiboriga OAV
orqali etkaziladigan axborot ta’siri ma’lum vaqt o’tishi bilan susaymay, aksincha,
kuchayib borar ekan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, matbuot, televidenie va radio
orqali uzatiladigan axborot ommaviy auditoriya tomonidan bevosita va zudlik
bilan emas, balki ma’lum vaqt o’tganidan so’ng, «fikr etakchilari» ta’sirida
o’zlashtirib olinar ekan. Aniqlangan bu hodisa ommaviy matbuot faoliyatini ancha
engillashtirib, bir vaqtning o’zida ular ishi unumdorligini yuksaltirgan.
Shunday qilib, ommaviy kommunikatsiya jarayonlariga izoh berish uchun
etarli emas deb topilgan axborot «in’ektsiyasi»ning bir pog’onali modeli o’rniga
ikki pog’onali oqim modeli ishlab chiqildi. Ushbu modelga muvofiq, ommaviy
axborot vositalari tomonidan tarqtilayotgan axborot maqsadli auditoriyaga
to’g’ridan-to’g’ri emas, balki ikki bosqichda etib boradi. Birinchi bosqichda
uzatiladigan axborot formal kommunikatsiya kanallari – ommaviy matbuot
vositalari orqali mavqeli va faol alohida toifa shaxslari –«fikr etakchilariga» etib
boradi. Ikkinchi pog’onada ana shu etakchilar xabarni o’z guruhi a’zolari bilan
bevosita aloqa bog’lash, ya’ni shaxslararo muloqot vositasida uzatadilar.
Amaliyot ko’rsatishicha, hatto axborot guruhning bevosita oddiy a’zolariga
kelib tushganida ham, ularning izohini, fikrini, bahosini bilish uchun o’z
etakchilariga murojaat qiladilar. Shuningdek etakchilarning kommunikatsiya
jarayoni davomida o’ziga xos «filtr» vazifasini o’tash vazifasi xususida ham so’z
yuritish mumkin.
Bir pog’onali model ommaviy kommunikativ faoliyat aktining bosh
daqiqalarini belgilab, aynan shu sababli u hozirga qadar ommaviy
kommunikatsiyalar sohasidagi turli nazariy tadqiqotlar, tuzilmalar asosi bo’lib
keladi. chunki unda istalgan sotsial harakat asosiy tarkibiy qismlari: sub’ekt, ob’ekt
va faoliyati vositasi belgilab berilgan, deb xulosa chiqarish ham mumkin.


Ikki pog’onali model qisman bir pog’onali model asosida qurilgan. Biroq
e’tibor, kommunikativ aktning asosiy momentlariga emas, balki «fikr etakchilari»
orqali auditoriyaga samarali ta’sir ko’rsatishga qaratilgan. Bu model nisbatan
murakkab bo’lib, chunki u ikki pog’ona yoki to’lqiniga ega. Unda guruhning
nufuzli a’zolarini topish va ajratib olish muhim o’rin tutib, ular, o’z navbatida,
axborotni kerakli auditoriya e’tiboriga etkazadi. Bundan tashqari, ushbu modelda
odamlarning axborotni psixologik idrok etish xususiyatlari turlicha ekanligi hamda
ularning barchasi ana shu idrok etishga ko’maklashadigan, u yoki bu darajada
natijaga ta’sir ko’rsatadigan turlicha sharoitlarda ekanliklari hisobga olinadi
25
.
E.Rodjersning diffuz modeliga ko’ra, ommaviy kommunikatsiya tizimida bir
yo’la barchaga ta’sir ko’rsatish zarurati yo’q. Birinchi navbatda, besh foiz aholini
ishontirish muhim. Tashviq qilinayotgan g’oya aholining beshdan bir qismi ongini
egallab ulgurganidan so’ng bu yog’iga u hajmiy sotsialtuzilma darajalari bo’ylab
o’z holicha «oqib tarqaladi» va uni to’xtatishning iloji bo’lmay qoladi. Har qanday
yangi g’oya olti bosqichdan o’tadi: e’tibor, qiziqish, baholash, qabul qilish,
tasdiqlash. E.Rodjers retsipientlarni innovatsiyalarni qabul qilish darajasiga ko’ra
besh tipga ajratadi: innovatorlar; erta (dastlabki) qabul qiluvchilar; erta (dastlabki)
ko’pchilik; kech ko’pchilik; kech qabul qiluvchilar.
Yangi g’oyalarni zudlik bilan ilib olishga qodir bo’lgan «innovatorlar» 2,5 %
ni tashkil etadilar. Aksariyat fikr etakchilari aholining 13,5% qismini tashkil etgan
erta qabul qiluvchilardan Shakllanadilar. Biron-bir qaror qabul qilishda ko’pincha
ana shu toifaga tegishli odamlar bilan maslahatlashadilar. Dastlabki ko’pchilik,
aholining 34% ini o’z ichiga olgan bo’lib, yangi g’oyalarni o’rtacha statistik
fuqarosiga nisbatan biroz ertaroq qabul qiladi. Faqat o’rtacha statistik fuqaro yangi
g’oyani tan olib, qabul qilganidan so’ng, kech qabul qiluvchilarni tashkil etgan 34
% skeptiklar ham uni e’tirof etadilar. Nihoyat, aholining 16% (kech qabul
qiluvchilar) yangi g’oyalarga shubha bilan qaraydilar
26
.
Ommaviy kommunikatsiya quyidagilar bilan tavsiflanadi: birinchidan,
auditoriyasining tarqoqligi; ikkinchidan, keng ko’lamli, texnik vositalar yordamida
amalga oshiriladigan kommunikativ jarayonlari mavjudligi; uchinchidan,
axborotning bir vaqtning o’zida turli kanallar bo’ylab uzatilishi; to’rtinchidan,
axborotning barcha istaganlar olishi mumkinligi. 
Ommaviy kommunikatsiya alohida texnik kanallar vositasida ishlatilib, ular
texnologik jihatdan murakkab, xabarlarni «qabul qiluvchilarga» (auditoriyaga)
etkazib beradigan tizimlardan iborat bo’ladilar. Bu kanallar quyidagilardan iborat:

matbuot (noshirlik matnlarini ko’paytirish va tarqatish tizimi);

kinematograf (tasmaga tu Shirilgan audiovizual asarlar yaratish va
ko’paytirish tizimi, proektsion qurilmalar va ommaviy tarqatish va jamoaviy
iste’mol uchun mo’ljallangan kinozallar tarmog’i);

radio va televidenie – audiovizual xabarlarni tarqatish uchun mo’ljallangan
tarqatish stantsiyalari va qabul qiluvchi qurilmalar;
25
V.P.Terin. Mаssovаya kommunikаtsiya. – M., 2000. – S.24-25.
26
SHаrkov F.I. Osnovi kommunikаtsiy. www.iub.at.ua. – S. 32.



Shaxsiy foydalanish uchun mo’ljallangan tovush va videoyozuvlar sanoati
(fizik tashuvchilardagi audiokontentni ishlab chiqarish va tarqatish tizimi
(gramplastinkalar, magnit tasmalari/kassetalar, CD-disklar, DVD va sh.k.));

Internet – butunjahon (global) kompyuter tarmog’i (multimedia). 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling