Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Umumiy sotsiologiya
Axborot funktsiyasi yalpi, ommaviy kitobxon, tinglovchi va tomoshabinga
turli-tuman faoliyat sohalari – ishbilarmonlik, ilmiy-texnik, siyosiy, yuridik va tibbiyot sohalari bo’yicha katta hajmdagi axborot olish, odamlar o’z bilish imkoniyatlarini kengaytirish bilan cheklanmay, balki o’z ijodiy salohiyatlarini ham kuchaytiradilar. Axborotni bilish o’z harakatlarini prognozlash, belgilash imkonini berib, vaqtni tejaydi. Bunda birgalikdagi harakat qilishga bo’lgan intilish (motivatsiya) sezilarli tarzda kuchayadi. Bu ma’noda ushbu funktsiya jamiyat va individning foydali faoliyatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Muvofiqlashtiruvchi funktsiyada ommaviy kommunikatsiya guruh va shaxs ijtimoiy shakllanishiga, jamoatchilik ongi va sotsial stereotip, ya’ni o’ziga xos qoliplar yaratilishiga ta’sir ko’rsatadi. Muayyan sharoitlarda bu funktsiya «miya (ong) ni tozalash» ga ham xizmat qiladi. Axborot oluvchi OAV tomonidan ijobiy yoki salbiy baho berib izohlanayotgan turli sotsial vaziyatlarni qiyoslash imkoniga ega bo’ladi. Odamlar, odatda, OAV tomonidan ijobiy turmush tarzi sifatida ishonch bilan tashviq etilayotgan axloq me’yorlari, etika talablari, estetik printsiplar, kiyinish tarzini, muloqot qilish odobini qabul qiladilar. Individning jamiyat uchun ushbu tarixiy davrdagi ma’qul me’yorlarga muvofiq sotsiallashuvi ana shu tarzda ro’y beradi. Kulturologik funktsiya madaniyat va san’at yutuqlari bilan tanishtirish kabi asosiy vazifasidan tashqari jamiyatning madaniyat izchilligi, madniyat an’analarni saqlab qolish zaruratini anglab etishiga xizmat qiladi. OAV yordamida odamlar turli xalq madaniyatlari bilan tanishib, bu ularning estetik didini o’stiradi, o’zaro bir-birini tushunishga, sotsial ziddiyatlar darajasini pasaytirishga, oxir-oqibatda jamiyatning o’zaro jipslashuviga yordam beradi.Ushbu funktsiya bilan ommaviy madaniyat tushunchasi bog’liq bo’lib, uning sotsial qadriyatlarga nisbatan munosabatini har xil qabul qilish mumkin. Bir tomondan, keng ommani jahon san’ati yutuqlari, yangi yo’nalishlar va moyilliklar bilan tanishtirish, so’zsiz, OAV yutuqlaridan biri bo’lib keladi. 21 Wright Ch. Mass Communication.A Sociological Perspective.N. Y., 1986. 22 А.А.Leontev Psixolingvisticheskаya problemаtikа mаssovoy kommunikаtsii //Psixolingvisticheskie problemi mаssovoy kommunikаtsii. – M., 1974. – S. 46-48. Boshqa tarafdan, tomoshabop dasturlar badiiy saviyasining pastligi, ularni cheksiz ko’paytirish va tarqatish imkoniyatlari ommaviy madaniyat iste’molchilari didi, umumiy saviyasi pasayib ketishiga olib keladi. Ommaviy kommunikatsiyaning yuqorida keltirilgan tavsiflari va asosiy funktsiyalarini hisobga olgan holda uning sotsial mohiyati, jamiyat faoliyatini optimallashtirish, individ, shaxsni sotsiallashtirish va jamiyatga integratsiyalash maqsadida ta’sir ko’rsatuvchi qudratli vosita ekanligidan kelib chiqadi. Ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishda kommunikatsiyalarning bir necha modellarini, xususan bir pog’onali va ko’p pog’onali turlarini ajratib ko’rsatisht mumkin. 1948 yili amerikalik olim G. Lassuell o’zining kommunikatsiya modelini taklif etdi. Ikkinchi jahon uru Shida qo’shin bo’linmalarida olib borilgan tashviqot tajribasi asosida ishlab chiqilgan bu modelni teng ravishda ommaviy kommunikatsiya va har qanday kommunikativ harakat tahlili maqsadida ham qo’llash mumkin bo’lib, u izchil ravishda quyidagi yuzaga keladigan savollarga javob berish jarayonida ochilib boradi:Kim? Nimani xabar qildi? Qaysi kanal orqali? Kimga? Samarasi qanday bo’ladi? «Lassuell formulasi»kommunikatsiya jarayonining tuzilmasini aks ettiradigan modelga, shu bilan birga ana shu jarayonni, uning tuzilmasi va ayrim elementlarini tadqiq etish modeliga aylanib qoldi 23 . Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling