Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

27-mavzu. SOTSIAL KOMMUNIKATSIYA 
REJA
1.
«Kommunikatsiya» va «sotsial kommunikatsiya» tushunchalari:
umumiylik va xususiylik. 
2.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining ilmiy qurilmasi.
3.
Kommunikatsiya shakllari va ularni turkumlash.
4.
Ommaviy kommunikatsiyaning ijtimoiy ahamiyati.
«Kommunikatsiya» atamasi ko’plab ta’riflariga ega bo’lib, ularni uch asos
bo’yicha guruhlashtirish mumkin: birinchidan, kommunikatsiya turli ob’ektlar
o’rtasidagi aloqa, bog’liqlik deb qaraladi. Bu toifaga oid bo’lmagan ta’rif
kommunikatsiyani asosan kundalik tushunish uchun qo’llaniladi. Ikkinchidan,
kommunikatsiya muloqot so’zining ma’nodoshi sifatida tushuniladi. Uchinchidan,
kommunikatsiya ta’sir deb ham tushuniladi. Mavjud ta’riflardan ba’zilarini
keltiramiz.
«Kommunikatsiya» atamasi (lot. communicatio) ilmiy adabiyotlarda XX asr
boshlarida paydo bo’ldi. Amerika sotsiologiyasi asoschilaridan biri Charlz Kuli
«kommunikatsiya deganda uning vositasida inson munosabatlari – aql-idrokning
barcha ramzlari, ularni makonda uzatish va zamonda saqlab qolish usullari bilan
birga mavjudligi va rivojlanishi mumkin bo’lgan mexanizm tushuniladi” – de
aytgan edi. U o’z ichiga muloqot, imo-ishoralar,ovoz toni, so’zlar, yozuv,
noshirlik, temir yo’llar, telegraf, telefon, makon va zamonni egallashga qaratilgan
so’nggi yutuqlarni qamrab oladi. “Kommunikatsiya vositalari hamda qolgan tashqi
dunyo o’rtasida aniq Chegara mavjud emas. Biroq tashqi dunyo paydo bo’lishi
bilan faqat fikr uzatish uchun mo’ljallangan standart ramzlar tizimi yuzaga kelib,
kommunikatsiyaning an’anaviy rivoji ana shundan boshlanadi»
1
.
J.D`Arsi Frantsiyada 1969 yili jamoatchilik e’tiborini insonning
kommunikatsiya huquqini e’tirof etish zarurligiga qaratib, bu tushunchaga
kommunikatsiyaning ham moddiy, ham ruhiy Sharoitlarini ta’minlash imkoniyatini
ham kiritadi
2
.
Dastlab bu atama ajratish, qo’l bilan u Shlab ko’rish mumkin bo’lgan buyum,
narsalarni; oziq-ovqat mahsulotlari, er, tovar va mulkni anglatgan. Bugungi kunda
u ko’pincha odamlar yoki kompyuter yordamida ishlov beriladigan bilimga
nisbatan qo’llanadi
3
.
Kommunikatsiya – bu «axborot, g’oyalar, baholar yoki his-tuyg’ularni asosan
ramzlar vositasida bir kishidan (yoki guruhdan) boshqasiga (yoki boshqalarga)
uzatishdan iborat».
«Keng ma’nodagi kommunikatsiya deganda o’zaro hamkorlik (ta’sir) amalga
oshirilayotgan tizim, o’zaro hamkorlik (ta’sir) jarayonining o’zi hamda turli-tuman
axborotni yaratish uzatish va qabul qilish imkonini beradigan usullar tushuniladi».
1
Kuli CH. Obshestvennаya orgаnizаtsiya // Teksti po istorii sotsiologii XIX-XX vekov. Xrestomаtiya. –M.: Nаukа,
1994. – S. 379.
2
Terin V.P. Mаssovаya kommunikаtsiya. – M., 2000. – S. 197.
3
CommunicationTheory.Wikibooks.org. 2013. – P. 5.


«Kommunikatsiya – shaxslararo va ommaviy muloqot sharoitlarida axborot
uzatish va qabul qilib olishning turli kommunikativ vositalar yordamidagi sotsial
Shartlashilgan jarayondir
4

Kommunikatsiya « Shaxslararo va ommaviy muloqot Sharoitlarida har xil
kommunikativ vositalar yordamidagi turli kanallar bo’ylab axborot uzatish va
qabul qilib olishning sotsial Shaklidir»
5
.
Biologlar D.Lyuis va N.Gauer kommunikatsiyaga «organizmlar yoki bir
organizm qismlari o’rtasidagi signal uzatilishi” – deb ta’rif berib, bunda tanlash
(saylash) signallar hosil qilish va qabul qilib olishga ko’maklashadi.
Kommunikatsiya jarayonida axborot o’zgarishi va sub’ektlarning o’zaro
moslashuvi (adaptatsiyalashuvi)ro’y beradi
6
.
Ko’plab mualliflar kommunikatsiya deganda verbaldan noverbalga va
noverbaldan verbal sohaga qayta kodlashtirish jarayonlarini tushunadilar. Tarixiy
jihatdan kommunikatsiya deganda aynan shunday bo’lgan: boshqalarni u yoki bu
harakatlarni bajarishga majbur qilishdir. 
Misol uchun, T.Shibutani «kommunikatsiya – bu, birinchi navbatda odamlar
faoliyatining o’zaro moslashuvini osonlashtiradigan faoliyat usulidir... bu
kopperativ o’zaro yordamni ta’minlab, o’ta murakkab harakatlarning o’zaro
muvofiqlashtirilish imkoniyatini hosil qiladi» deb hisoblaydi.
Keltirilgan ta’riflar (bu ularning kichik bir qismi, xolos) «kommunikatsiya»
tushunchasi ko’p jihatli ekanligidan dalolat berib, unda shartli ravishda quyidagi
ma’nolarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Sotsial kommunikatsiya, «sotsial sub’ektlarning o’zaro ta’sirlashuvi,
sotsiomadaniy me’yorlar va ana shunday ta’sirlashish namunalarini takror ishlab
chiqarish va o’zgarib borishiga qaratilgan universal sotsiomadaniy mexanizm
sifatida qaraladi» 
7
.
Kommunikatsiya individlar, guruhlar, tashkilotlar, madaniyatlar orasida turli
belgili tizimlar (tillar) vositasida ro’y beradi (amalga oshadi). Shaxslararo,
ommaviy (ommaviy kommunikatsiya vositalari yoki OKV), ilmiy, texnik
kommunikatsiyani va sh.k.larni farqlaydilar. Shu sababli «kommunikatsiya»
atamasi, umumiy, universal ma’nosidan tashqari, unga u yoki bu ilmiy yondashuv
doirasida qanday ma’no berilishiga bog’liq ravishda qo’shimcha va
aniqlashtiruvchi mazmunga ham ega bo’ladi.
Kommunikatsiya tushunchasi ikki darajada mavjud – bu hodisa to’g’risidagi
kundalik (odatiy) va ilmiy tassavvurlardir. Kundalik darajada kommunikatsiya
deganda har qanday aloqalar bog’lashga bo’lgan imkoniyat nazarda tutiladi.
Masalan, «kommunikativ odam» ifodasi ostida boshqalarni o’z irodasiga
bo’ysundiradigan kishini emas, balki odamlar bilan kirishib keta oladigan, ular
bilan oson til topishadigan, o’zi aloqa va muloqot uchun ochiq odam tushuniladi.
Ba’zan kommunikatsiyani muloqotdan ajratmay o’rganadigan ilmiy ta’riflar u
haqidagi aynan kundalik tasavvurga asoslanganligini ko’ramiz. Bundan kelib
4
SHаrkov F. I. Osnovi teorii kommunikаtsii. – M., 2002. – S. 5.
5
Konetskаya V. P. Sotsiologiya kommunikаtsii. – M., 1997.
6
Osnovi teorii kommunikаtsii. Uchebno-metodicheskoe posobie. Sost. J.V.Nikolаevа. – Ulаn-Ude: VSGTU, 2004
7
Dridze T.M. Sotsiаlnаya kommunikаtsiya kаk tekstovаya deyatelnost v semiosotsiopsixologii / Obshestvennie
nаuki i sovremennost 1996, №3. – S. 145.


chiqib, kommunikativ jarayonning o’zi, hamda uning ishtirokchilari aniqlanadilar:
demak, «kommunikatsion harakat –kommunikatsiya ishtirokchilarini
o’zgartirmagan holda ro’y beradigan, mazmunli o’zaro hamkorlikka asoslangan
tugallangan operatsiyadir». 
Kommunikatsiya ta’rifidan kelib chiqib, kommunikativ harakatning uch xil
Shakli ajratib ko’rsatiladi:
1. Taqlid qilish – biron nimaga yoki biron kimga o’xshatish, sotsiallashuvning
dastlabki darajasiga xos, masalan maktabgacha yoshdagi bolalarga, shuningdek
an’anavar va odatlarni avloddan-avlodga uzatish kommunikativ harakatga xos.
2. Dialog –kommunikatsiya teng huquqli sub’ektlarining o’zaro muloqoti,
ta’siri shakli sifatida.
3. Boshqarish –sub’ektning ob’ektga ko’rsatadigan ta’sirining Shakli sifatida
8
.
Mazkur model mohiyatini quyidagicha aniqlash mumkin:
- unda «kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalari qorishib ketadi,
Chunki dialog – bu muloqot tavsifi, boshqaruv esa – tom ma’nodagi
kommunikatsiya tavsifidir;
- kommunikatsiya tushunchasining o’zida unga kundalik va ilmiy ta’rif berish
darajalari qorishib, chunki taqlid qilish aslida kommunikatsiya deb topilishi
mumkin bo’lmay, mohiyatan, uni mavjudlik muhitiga moslashishiga
ko’maklashadigan individning xususiyatlaridan biri bo’lib keladi.
«Kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarining bu kabi qorishib,
aralashib ketishi ilmiy adabiyotlarda bir muncha keng tarqalgan hodisa bo’lib,
masalan, u yuqorida keltirilgan kommunikatsiya ta’riflarining ikkinchisida mavjud
va ko’pincha bu so’z tarjimasida (lot. communicatio – xabar, uzatish) va inglizcha
communication so’zi o’ziga bir necha xil ma’no olib, xabarlar, axborot uzatish,
ma’lum qilish, aloqa, aloqa vositasini, shuningdek muloqotni anglatib kelishi
mumkinligi sababli ro’y beradi. Unga izoh berishdagi umumiy jihatlar
kommunikatsiya to’g’risida «maxsus tashuvchilar, signallar vositasida bir tizimdan
boshqasiga axborot uzatish» sifatidagi tasavvur bilan bog’liq
9
.
Ana shu so’zning tarjimasidan foydalanishda til kommunikatsiyasining ikki
darajasi qorishib ketadi – o’z ichiga og’zaki til sohasida ishlatiladigan so’z-
iboralarni o’z ichiga olgan lingvistik hamda turli fanlarning (sotsiologiya ham
Shular qatoriga kiradi) maxsus tilini shakllantirish asosida yotadigan so’z-
atamalarni tarkibiga olgan metalingvistik daraja.
Kommunikatsiya odamlar, guruhlar, xalqlar, davlatlar o’zaro hamkorligining
zarur elementi, uning jarayonida axborot, his-tuyg’ular, baholar, ma’nolar,
mohiyatlar, qadriyatlarni uzatish va qaytib uzatish amalga oshiriladigan jarayon
sifatida sotsial jarayonlar sohasida etakchi o’rin tutadi.
Kommunikatsiyasiz sotsial birliklar, sotsial tizimlar, institutlar, tashkilotlarni
tashkil etish, umuman sotsiallik, sotsium o’z holicha mavjud bo’lishi mumkin
emas. Kommunikatsiya jamiyat, sotsial guruhlar va ayrim individlar hayotining
8
Konetskаya V. P. Sotsiologiya kommunikаtsii. – M., 1997. – S. 9.; Pocheptsov G.G. Teoriya kommunikаtsii. – M.,
2001. – S. 14.
9
Entsiklopedicheskiy sotsiologicheskiy slovаr Obshаya redаktsiya Osipovа G.V. – M.: In-t sotsiаlno-politicheskix
issledovаniy RАN, 1995. – S. 286. 


barcha taraflarini qamrab oladi. Sotsial hayotning har qanday tadqiqi uning u yoki
bu Shakllariga oid bo’ladi.
«Zamonaviy g’arb sotsiologiyasi»da kommunikatsiya tushunchasiga
quyidagicha ta’rif, izoh beriladi: 1. Moddiy va ma’naviy olamga tegishli har
qanday ob’ektlarning aloqa vositalari. 2. Muloqot, odamdan odamga axborot
uzatish. 3. Jamiyatda muloqot va axborot almashinish, ya’ni sotsial
kommunikatsiya
10
.
«Xorijiy so’zlarning zamonaviy lug’atida» – ushbu tushunchaga quyidagigcha
izoh beriladi:

qatnov yo’li (havo, suv va shu kabi kommunikatsiya);

aloqa shakli (telegraf, radio, telefon);

muloqot hodisasi, ikki va undan ko’p individlar o’rtasidagi aloqa, bir-birini
anglash, tushunish uchun asos;

texnik vositalar yordamida axborot ma’lum qilish (xabar berish) jarayoni –
OKV (SMK) (nashr mahsulotlari, radio, kino, televidenie)
11
qomusiy sotsiologik
lug’atga ko’ra kommunikatsiya – bu axborotning bir tizimdan boshqasiga, maxsus
moddiy tashuvchilar, signallar vositasida uzatish, shakllantirish
12

Shunday qilib, kommunikatsiya quyidagilardan iborat:

moddiy va ma’naviy olamga tegishli istalgan ob’ektlarning aloqa vositasi;

muloqot jarayoni, ya’ni insondan insonga axborot uzatish;

jamiyatda unga ta’sir ko’rsatish maqsadida axborot uzatish va almashinish.
Insonlar jamiyatida kommunikatsiya individlar, guruhlar, tashkilotlar,
davlatlar, madaniyatlar o’rtasida belgili tizimlar (tillar) vositasida ro’y beradi.
Odamlar o’rtasida kommunikatsiya yaxlit belgili hosilalar (xabarlar) bilan
almashinish shaklida yuz berib, ularda muloqot qilayotgan tomonlar bilimi,
fikrlari, g’oyalari, qadriyatli munosabatlari, emotsional holatlari, faoliyat dasturlari
aks etadi. Kommunikatsiya mazmuni va shakllari odamlarning ijtimoiy
munosabatlari va tarixiy tajribasini aks ettiradilar. 
Kommunikatsiya – barcha sotsial tizimlar ishlab turishi va rivojlanishining
zarur Sharti bo’lib, chunki u odamlar orasida aloqa bog’lab, sotsial tajriba to’plash
va uni uzatish imkonini beradi, mehnat taqsimoti va birgalikdagi faoliyat,
boshqarishni, madaniyatning yoyilib borishni ta’minlaydi. Odamlar o’rtasidagi
bevosita muloqot jarayonida ularning psixologik o’zaro ta’siri bilan uzviy bog’liq
kommunikatsiya, faqat abstraktsiyada (mavhum) Shaxslararo muloqotning axborot
Shakli sifatida ko’rib chiqilishi mumkin.
Taqdim etilgan ta’riflardan kelib chiqib, aytish mumkinki, kommunikatsiya
hodisa sifatida jamiyatning har bir tashkilotida mavjud bo’lib, uning ichida ham
uning qolgan sotsial tarkibiy bo’linmalari bilan o’zaro ta’sir, hamkorlikni
ta’minlash bilan birga o’z xususiyatlari va jihatlariga ham egadir.
Kommunikatsiya sotsial fanlarda mustaqil ob’ekt sifatida axborot uzatish
texnik vositalari, ayniqsa o’tgan asrning 20-yillarida radio taraqqiy etishi bilan
ajralib chiqdi. Nomi keltirilgan vositalardan foydalanish va bir vaqtning o’zida
10
Sovremennаya zаpаdnаya sotsiologiya: Slovаr. – M.: Politizdаt, 1990. – S. 131.
11
Sovremenniy slovаr inostrаnnix slov. – M., 1993. – S. 294.
12
Entsiklopedicheskiy sotsiologicheskiy slovаr. – M., 1995. – S. 286.


axborot uzatish tashkiliy Sharoitlarining murakkablashuvi muloqot qilayotgan
tomonlar bevosita hamkorligining cheklanishiga hamda axborotning sotsial
tizimlarda uzatish qonuniyatlarini maxsus o’rganish zaruratiga olib keldilar.
Kommunikatsiya nazariyasi rivojlanishiga kibernetika, informatika, semiotikaning
tiklanishi, matematika va muhandislik fanlari murakkablashuvi ko’maklashib,
ularda «kommunikatsiya» atamasi bilan texnik kanallar va aloqa vositalari,
elektron tizimlar nomlanadi.
Kommunikatsiya gumanitar, shuningdek aniq fanlarning ham ob’ekti bo’lib,
ulardan har biri kommunikatsiyadan o’z tadqiqot ob’ekti va predmetini ajratib olib
o’rganadi.
Bunda texnik fanlar axborot uzatish, unga ishlov berish va saqlash usullari va
imkoniyatlarini, maxsus kodlarni yaratish esa – ular yordamida zarur axborotni
taqdim etilishi mumkin bo’lgan muayyan ramzlar va qoidalar tizimini o’rganadilar.
Etnografiya kommunikatsiyaning maishiy va madaniy xususiyatlarini etnik
voqelikda muloqot sifatida o’rganib chiqadi.
Psixologiya va psixolingvistika axborot uzatish va uni idrok etishga
ko’maklashadigan omillarni, shaxslararo va ommaviy kommunikatsiya
jarayonlarini qiyinlashtiradigan sabablarni, shuningdek kommunikantlar nutqiy
axloqining motivlanganligi, nimalardan kelib chiqishini ko’rib chiqadi.
Psixologiyada nutq faoliyati mehnat, bilish faoliyat singari faoliyat turi sifatida
izohlanadi. Bunday tushunish, izoh psixologik kontseptsiyada qabul qilingan
bo’lib*, unga ko’ra nutq faoliyati psixologik jihatdan yo’llangan, ya’ni maqsadga
qaratilganligi bilan farqlanib, ko’plab nutq operatsiyalaridan iborat bo’lgan «nutq
harakatlari» orqali amalga oshadi
13

Lingvistika verbal kommunikatsiya muammolari – so’z va so’z
birikmalarining nutqda normativ va normativ bo’lmagan tarzda – og’zaki va
yozma, dialogik va monologik qo’llanishi bilan Shug’ullanadi.
Paralingvistika noverbal kommunikatsiya vositalari usullari – imo-ishora,
mimika va so’z bilan bog’liq bo’lmagan boshqa kommunikativ vositalarga
ixtisoslashadi.
Sotsiolingvistika tilning sotsial mohiyatiga oid muammolarni, uning turli
sotsiumlarda faoliyat ko’rsatishi, ishlashi bilan bog’liq xususiyatlarni, shuningdek
turli sotsial guruhlar vakillari orasidagi aloqalarni keltirib chiqaradigan sotsial va
til omillarining o’zaro ta’sirlashish mexanizmlarini o’rganadi
14
.
Shunday ekan, xulosa qilib «sotsial kommunikatsiya» atamasining izohini,
ta’rifini berib o’tishimiz mumkin. Sotsial kommunikatsiya deb odamlarning
Shunday kommunikativ faoliyatiga aytiladiki, u ushbu jamiyatda qabul qilingan
qator sotsial jihatdan ahamiyatli baholashlar, muayyan vaziyatlar, kommunikativ
soha va muloqot me’yorlaridan kelib chiqadi.
Shunday qilib, kommunikatsiya umumiy sotsial nazariyaning yo’nalishi sifatida
sotsiologiyaning maxsus tarmog’i bo’lib, sotsiologik tadqiqotlar sohasida muayyan
13
Vigotskiy L.SRаzvitie visshey psixicheskoy funktsii. – M., 1960; Leontev А.NProblemi rаzvitiya psixiki. – M., 
1965.
14
Konetskаya V.P. Sotsiologiya kommunikаtsii. – M., 1997. – S. 5-6.


o’rin tutadi. Kommunikatsiya sotsiologiyasining ob’ekti sifatida sotsial
kommunikatsiya olinadi. 
Sotsial kommunikatsiyaning keltirilgan ta’rifidan shunday xulosa qilish
mumkin, kommunikatsiya sotsiologiyasining predmetiturli sotsial guruhlar
o’zaro faoliyati jarayonidagi (mazmunli va baholashga doir axborotni uzatish va
olish) muloqotining funktsional xususiyatlaridan iborat.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining sub’ektlariinson, odamlar, odamlar
guruhlari, tashkilotlar, jamiyat va sotsiumdir. 
Sotsial kommunikatsiya o’zining ro’yobga chiqarilish jarayonida quyidagi
to’rt asosiy o’zaro bog’liq vazifani amalga oshiradi:
1. Integratsiya ayrim individlarni sotsial guruhlar va jamoalarga, ularni esa
o’z navbatida – jamiyatning yagona va yaxlit tizimiga aylantirish.
2. Jamiyat, uni tashkil etuvchi guruhlar, jamoalar, sotsial tashkilotlar va
institutlarning ichki tabaqalashuvi (differentsiatsiyasi).
3. Jamiyat va turli guruhlar, jamoalarning ular o’zaro muloqoti va o’zaro
hamkorligi hamda ta’siri jarayonida bir-biridan ajralib, alohida bo’lib qolishi, bu
ular o’ziga xos jihatlarni Chuqurroq anglashi va ularga xos funktsiyalarni
samaraliroq bajarishiga olib keladi.
4. Boshqaruv qarorini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish uchun
asoslar va asosiy komponentlarni yaratish.
Kommunikatsiya sotsiologiyasi, shuningdek sotsial kommunikatsiyadagi
ahamiyatli toifalarni (sotsial maqom, sotsial tabaqalashuv (differentsiatsiya),
sotsial integratsiya, sotsial interferentsiya, kommunikativ rol, kommunikativ soha,
kommunikativ vaziyat, mazmunli axborot, baholash uchun axborot, qadriyatlar
baholanishi, o’z-o’ziga baho berish va b.) va xususiy funktsiyalar (kontakt
o’rnatuvchi, o’z-o’zini taqdim qilish, appelyativ, undovchi, ixtiyorini bildiruvchi,
muvofiqlashtiruvchi, ritual, performativ va b.), kommunikatsiya darajalari
(semiotik, lingvistik, metalingvistik, paralingvistik, sintetik va b.), kommunikativ
tizimlar turlari (tabiiy, sun’iy va h.k.) ham o’rganish bilan Shug’ullanadi. Bundan
tashqari sotsial va kommunikativ omillarning kommunikatsiya tiplaridagi
( Shaxsning ichki, shaxslararo, guruhli, tashkilot, ommaviy va sh.k.) o’zaro
ta’sirlar tahlil qilib chiqiladi.
Shunday qilib, kommunikatsiya sotsiologiyasi sotsiologiyaning umumiy
sotsial nazariyasi sifatidagi maxsus tarmog’i bo’lib, sotsial tadqiqotlar sohasida o’z
o’rniga egadir.
Sotsial kommunikatsiyani anglashdan kelib chiqib, kommunikatsiya
sotsiologiyasi sotsial kommunikatsiya nazariyasining tarkibiy qismlarini ajratib
oladi va sotsiologik tahlildan o’tkazadi, deb xulosa qilishimiz mumkin. 
Birinchi navbatda sotsial kommunikatsiyaga tegishli atamalarni ko’rib
chiqamiz. «Kommunikatsiya sotsiologiyasi» va «sotsiokommunikatsiya»
(sotsiologik kommunikatsiya) atamalarini tushunish, anglash o’rtasida muayyan
farq bor. Kommunikatsiya sotsiologiyasida asosiy diqqat uning sotsiologik
tadqiqotlar doirasida, ana shu toifalarda o’rganilishini nazarda tutib
kommunikatsiyaning sotsial jihatiga qaratilsa, sotsiokommunikatsiyada diqqat
kommunikatsiya, uning mexanizmi va qonuniyatlarining ko’plab omillar


qaratiladi. Ular orasida sotsial omillar bosh o’rin tutadigan muloqot jarayoni
sifatida ko’rib chiqiladi. O’zaro qo’shilib ketgan tadqiqot sohalari mazmunini
interpretatsiya qilishda bir xillik va farqlanishlar bo’lishi muqarrar. Til
sotsiologiyasi, lingvistika sotsiologiyasi va sotsiolingvistikani, psixologiya
sotsiologiyasi va sotsiopsixologiya tipini qiyoslab qo’ramiz
15
.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining o’ziga xosligi nimalardan iborat?
Zamonaviy jamiyatda kommunikatsiya muammosini yagona o’zaro bog’liq tizim
deb qarash lozim bo’lib, ularning asosiy terminologik komponentlari
kommunikatsiya va sotsial kommunikatsiya hisoblanadilar.
Sotsial kommunikatsiyani o’rganar ekanmiz, «muloqot», «kommunikatsiya»
va «nutq faoliyati» tushunchalarini qo’llashga to’g’ri keladi. Ular ba’zan bir-
birining o’rniga ham qo’llanib, ularni ifodalab kelgan so’zlar esa ko’pincha
sinonimlar sifatida ishlatiladi; masalan «muloqot» va «kommunikatsiya».
«Muloqot» so’zi ko’p hollarda sof terminologik ma’nosi qo’llanilmaydi.
Balki fikr va axborot, hatto suhbatdoshlarning hissiy kechinmalari bilan
almashinuv jarayonini belgilash maqsadida ishlatiladi. Sotsiologlar muloqotni,
birinchi navbatda, odamlar faoliyatining sotsial Shartlashgan turi deb qarasalar, til
Shunoslar – til kommunikativ funktsiyasining turli nutqiy vaziyatlarda
dolzarblashuvini, psixologiyada esa muloqot odamlar orasidagi birgalikdagi
faoliyat jarayonida axborot almashinuv maqsadidagi aloqalar o’rnatish va ularni
taraqqiy ettirish jarayonini anglatadi.
«Kommunikatsiya» atamasi, yuqorida aytilgani kabi kamida uch xil izohga
ega: a) axborot vositasi; b) axborot uzatish; v) axborot yordamida ta’sir o’tkazish.
Sotsiokommunikatsiya uchun atamaning har uch izohi ham muhim. Birinchisi
mazmunni tabaqalashtirish (differentsiatsiya) va tizimlashtirishga oid tuzilishi,
vazifalari va samaradorligiga ko’ra turlicha bo’lgan kommunikativ vositalar bo’lsa;
ikkinchisi – Shaxslararo kommunikatsiya muammolariga bog’liq; uchinchisi –
ommaviy kommunikatsiya muammolaridan kelib chiqadi. Kommunikatsiya
individual va ijtimoiy jihatdan anglangan axborot o’rtasida vositachi bo’lib keladi.
Uning eng katta muammosi axborot uzatish va idrok etishning individual
jarayonini sotsial jihatdan ahamiyatli shaxsiy va ommaviy ta’sir ko’rsatish
jarayoniga o’tkazish mexanizmidir. Bu mexanizm odamlarning nutq faoliyatidan
joy olgan bo’lib, u orqali sotsial Shartlashilgan me’yorlar va muloqot qoidalari
amalga oshiriladi.
Kommunikatsiya nazariyasining eng muhim funktsiyalari qatoriga quyidagilar
kiradilar:
Bilish funktsiyasi – tabiat va jamiyatdagi kommunikatsiya jarayonlari va
mexanizmlarini ishlab chiqish va izohlashga, shuningdek uning har bir o’ziga xos
sohasining kommunikatsion jihatlarini aniqlashga qaratilgan.Ushbu funktsiya
quyidagi savollarga javob topadi: Kommunikativ reallikning o’zi nima? U yoki bu
kommunikativ hodisalar nima sabablar tufayli ro’y beradi? Nima uchun ularga
biror boshqa emas, balki aynan Shu xususiyatlar xos?
15
Konetskаya V.P. Sotsiologiya kommunikаtsii: Uchebnik. – M.: Mejdunаrodniy universitet biznesа i uprаvleniya 
«Brаtya Kаrig», 1997. – S. 6-7.


Metodologik funktsiya kommunikativ reallikni ilmiy bilish va o’rganishning
samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu funktsiyani qo’llash tabiat va
jamiyatdagi kommunikativ hodisalarning nazariy va empirik tahlili davomida
qo’llanadigan umumiy ilmiy va xususiy ilmiy metod va uslublarga tayanadi.
Prognostik funktsiya – jamiyatda ularning ehtimoliy oqibat va natijalarini
aniqlash maqsadida sotsial kommunikatsiyaning rivojlanishi, kommunikativ
jarayonlarni modellashtirish istiqbollarini belgilab olinishi, shuningdek ulardan
kutilayotgan samara nuqtai nazaridan joriy qilinayotgan kommunikatsiyaning
texnik tizimlarini ilmiy ekspertiza qilinishini ko’zlaydi.
Amaliy (instrumental) funktsiya – kommunikatsiya jarayonini
optimallashtirish muammolarini hal qilish, kommunikatsiya jarayonining ob’ektiv
va sub’ekti omillarini hisobga olish, sotsial jarayonlarni kommunikatsiya
vositasida tashkil qilish va muvofiqlashtirish imkonini yaratadi. Sanab o’tilgan
funktsiyalar kommunikatsiya nazariyasining ilmiy fan sifatidagi amaliy tusga ega
ekanligini aks ettiradi.
1. Kommunikatsiya ko’rinishlari – bu umumiy ma’noda odamlar orasidagi
o’zaro aloqa, hamkorlik jarayonlaridir. Kommunikatsiya mohiyati va uning turlari
– inividlar o’rtasida turli g’oyalar, manfaatlar, tasavvurlar, his-tuyg’ular,
ko’rsatmalar, verbal va noverbal yo’l bilan almashinishning ko’p qirrali
jarayonidir
Kommunikatsion harakat – kommunikatsiya ishtirokchilarini almashtirmay
yuz beradigan, mazmun (ma’no) jihatidan o’zaro faoliyat yuritishga doir
tugallangan operatsiya. Kommunikatsiyaga kirishgan sub’ektlar uch maqsadni
ko’zlashlari mumkin: birinchidan, retsipient kommunikantdan o’zi uchun qaysidir
jozibador mazmun(ma’no)lar olishni istaydi; ikkinchidan, kommunikant
retsipientga uning axloqiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan qandaydir
mazmun(ma’no)lar bildirishni istaydi; uchinchidan, kommunikant ham retsipient
ham biron-bir mazmun, ma’no almashinish maqsadidagi o’zaro hamkorlikdan
manfaatdor.
Ommaviy kommunikatsiyada ayniqsa OAV alohida o’rin tutib, ular axborot
uzatish va uni idrok etish usuliga ko’ra vizual (davriy nashrlar), auditiv (radio) va
auditiv-vizual (televidenie) bo’lishi mumkin.
Jamiyatning har bir sohasida kommunikatsiya usullari o’xshash bo’lib,
tegishli axborotni uzatish va olish Shakllari va metod xususiyatlariga ko’ra
farqlanadilar, xolos.
Bugungi kunda, ko’pchilikning e’tirofiga ko’ra, har qanday tashkilot
(muassasa, korxona, firma) faoliyati muvaffaqiyati ko’p jihatdan aynan
kommunikatsiyaga bog’liq. U sotsial boshqarishning murakkab muammolaridan
biridir. Aslini olganda bu jamiyatning yagona organizmi va uning har bir tashkiloti
yoki institutining o’ziga xos «qon tomiridir».
Kommunikatsiyalar insoniyat boshqaruv faoliyatining axborot bilan bog’liq
jarayonlarida bog’lab turuvchi bo’g’inlar sifatida boshqaruvning zarur Sharti bo’lib
keladilar. Kommunikatsiya jarayonida asosiysi – ikki va undan ortiq kishi o’rtasida
shunchaki axborot almashinuvi emas, balki axborot mazmuni, uning mohiyati
bilan almashinishdir. Xabarlar ma’nosini to’g’ri uzatish uchun to’siqlarni ko’plab


topish mumkin. Hatto shaxsiy muloqotda ham ochiq-oydin kommunikatsiya uchun
turli to’siqlar mavjud (idrok etish, e’tibordagi farq va h.k.). Shu sababli
kommunikativ jarayonlarda insonning roli juda katta. R.Falmerning obrazli
iborasiga ko’ra, yaxshi kommunikatsiya, toza havo kabi, odatda o’z-o’zicha
mavjud narsa sifatida qabul qilinib, faqat u yo’qolganidan keyingina uning qadriga
etamiz. Kommunikativ jarayonlar sifati, u xoh jamiyatda, xoh uning har bir
sohasida bo’lsin atrofdagi individlarning kommunikativ madaniyatiga bog’liq.
Kommunikatsiya axborot bilan uzviy bog’liq. Axborot uzatish uch xil
kommunikativ Shaklda amalga oshirilishi mumkin: 
1. Monolog, unda muloqot tashkilotchisidan axborotni axborot oluvchiga bir
tomonlama uzatish kabi kommunikativ harakatlar ustun bo’ladi. 
2. Dialog, unda muloqot sub’ektlari o’zaro harakat qilib, har ikkisi ham faol
bo’ladi. Kommunikatsiyaning bunday Shaklida axborot almashinuvi ro’y beradi.
Dialog shaklidagi kommunikatsiyada o’zaro kelishilgan qarorlar ishlab chiqish
muhim o’rin tutadi. 
3. Polilog – ko’p tomonlama muloqotni tashkillashtirish. Bunday
kommunikatsiya kommunikativ tashabbusga ega bo’lish uchun kurash ko’rinishiga
ega bo’lib, uni maksimal darajada va samarali ro’yobga chiqarish bilan bog’liq.
Kommunikatsiya turlari kommunikantlar miqdoriga ko’ra farqlanadi. Bu
professional kommunikator uchun jiddiy ahamiyatli farq bo’lib, Chunki har bir
holdagi ish texnologiyasi o’z xususiyatiga ega (masalan, o’zi bilanbo’zi, bitta
suhbatdosh yoki ko’plab kishilar guruhi bilan so’zlashishda hatto ovoz balandligi
ham farq qiladi). 
Intrapersonal kommunikatsiya – o’zi bilan o’zi so’zlashish bo’lib, inson o’z
ichki tovushi, vijdoni, “alter ego” bilan suhbati, monologini ham dialog
ko’rinishiga o’tkazadi.
Shaxslararo kommunikatsiya – odatda, kommunikatsiyaning ideal modeli
bilan bog’liq bo’lib, ko’p jihatdan birlamchi, unda ikki nafar kommunikant ishtirok
etadi (biroq kuzatuvchi, qo’shilgan kuzatuvchi va begona variantlari, mavjud
guvohlar fonida kommunikatsiya, olomon ichidagi, restorandagi kabi variantlar
ham mavjud).
Guruhlararo kommunikatsiya – turli aholi guruhlari yoki toifalariga oid
kishilar bilan to’liq determinatsiyalangan, shaxslararo o’zaro aloqalari, hamkorligi
va shaxsiy qarashlari, ustuvorliklariga bog’liq bo’lmagan kommunikatsiya
(internetda “chatrooms” va “forums”, “messageboards”). Nisbatan kichik guruhda
har bir ishtirokchi muloqotda ishtirok etish uchun tahminan teng imkoniyatga ega
bo’ladi. Ishtirokchilari soni 10-12 kishi atrofida bo’lgan guruhlarda kishi
muhokamaning barcha ishtirokchilari orasida to’g’ridan-to’g’ri va teskari aloqani
amalga oshirish mumkin. Ana shuncha miqdorda talabasi bo’lgan o’quv
auditoriyasida faol munozaralar, ma’ruza-suhbatlar o’tkazilsa ham bo’ladi. Bu erda
bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) aloqa kanali shaxslararo kommunikatsiyaga nisbatan
ko’proq tuzilmalangan, biroq teskari aloqa xuddi shunday imkoniyatlarga ega
16
.
Yalpi (ommaviy) kommunikatsiya, agar xabarni manfaatlari va kommunikativ
tajribasi turlicha bo’lgan guruhlardan tashkil topgan ko’p sonli odamlar olgan yoki
16
SHаrkov F.I. Osnovi kommunikаtsiy. www.iub.at.ua. – S. 24.


ishlatgan taqdirda ro’y beradi. Ommaviy, qisman guruhli kommunikatsiya
darajasida paradoksal, g’ayrioddiy hodisalar ro’y beradi. Jo’natuvchi alohida
shaxs, oluvchi bo’lib esa – guruh, jamoa, omma, partiya, xalq bo’lishi mumkin.
Xabar jo’natuvchi ham kollegial (ko’pchilik) bo’ladi: bir kishi bilan firma, partiya,
xalq so’zlashadi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling