Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

R. Dunlap. Handbook of Environmental Sociology. — 2000.


Ekologik muammolarni o’rganishda mutaxassis bo’lgan bilimlar sohasi
ommalashib bormoqda, nisbatan mustaqil bo’lgan fan – ekologiya sotsiologiyasi
ham jadal Shakllanmoqda 
Tabiiy muhit faqatgina insoniylik faoliyatining barcha jarayonlariga kirib
boribgina qolmay, balki tabiat qonunlariga muvofiq ravishda ana shu jarayonlarga
ta’sir ko’rsatadigan Sharoitda aynan jamiyat va tabiatning o’zaro aloqa qilishi
dolzarb bo’lib qoladi. Tabiiy muhitning o’zgarishi sotsial ahamiyat kasb etadi.
Tabiat qonunlarini o’zlashtirib va tabiat kuchlarini egallagan bo’lishiga qaramay
jamiyat ana shu qonunlarni o’zgartirishga yoki ularni sotsial qonuniyatlarga
bo’ysundirishga qodir emas (xuddi sotsial qonuniyatlarni ham tabiiy
qonuniyatlarga keltirish mumkin bo’lmaganday). Zamonaviy ekologik vaziyatning
o’ziga xosligi ana shu turli qonuniyatlarning muayyan ekotizim bilan bog’liq
bo’lgan u yoki bu sotsial tizim Sharoitida kesishib va o’zaro aloqa qilishi xizmatga
qiladi. Tizimlarning o’zaro bog’langanligi va o’zaro faoliyat ko’rsatishi ana shu
o’zaro bog’lanishning o’ziga xosligini o’rganishni talab qiladi, bu esa ham
sotsiologik “germetizm”ni, ham tabiiy reduktsionizmni istisno qiladi. 
Zamonaviy ekologik vaziyatni sotsial va tabiiy qonuniyatlarning
kesishishidagi ikkita unsur qarama-qarshiliklarining namoyon bo’lishining eng
rivojlangan Shakli, ya’ni nazariy ko’rib chiqish uchun ma’qul bo’lgan Shakl deb
hisoblash mumkin bo’ladi. Bu ma’noda so’nggi o’n yilliklarda fanlararo xarakterga
ega bo’lgan turli sotsial-ekologik nazariyalarning paydo bo’lishi tabiiy bo’ladi.
Avvalgi sotsiologik nazariyalarning ham, tabiiy va keng dunyoqarashli
kontekstdagi sotsiologik jihatdan nazariylashtirilgan nazariyalarni ham sintez
qilishga intiladi. 
Ana shunday sintezning eng yorqin misoli, amerikancha invayronmentalizm
bo’lib xizmat qiladi va u tegishli sotsial fanning ommaviy sotsial harakat amaliyoti
bilan birgalikdagi muayyan turdagi dunyoqarash va nazariy asoslarni ifoda etadi. 
Amerikancha invayronmentalizm o’zining boy va qadimiy an’analariga ega
(o’tgan asrning o’rtalaridan mavjud). Uning rivojlanishining hozirgi bosqichi ham
nazariy, ham sotsial-siyosiy jihatdan 70-chi yillardan boshlanadi va ko’pchilik
infayromentalistlar hisoblashicha, 1973 yildagi energetik krizis oqibatlari
(iqtisodiy, siyosiy, sotsial va hokazo) bilan bog’liqdir. Invayronmentalistik harakat
rivojlanishining va sotsial-ekologik tadqiqotlarning institutsional asoslari bir necha
yil avval amalga oshirilgan edi
7
(1969 yilda milliy tabiatni muhofaza qilish siyosati
to’g’risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi, 1970 yilda Er himoyasi kunini
o’tkazish, umummilliy va lokal darajada turli xil tabiatni muhofaza qilish
tashkilotlarining tashkil etilishi).
Umumiy ekologik kayfiyatlardan Amerika sotsial fani ham Chetda qolmadi:
1976 yilda Amerika sotsiologiya assotsiatsiyasida invayronmentalistik sotsiologiya
sektsiyasi ochiladi, 1977 yilda assotsiatsiya sessiyasida “Invayronmentalizmning
sotsial ildizlari” mavzusi muhokama qilinadi, bundan ham avvalroq Shunga
o’xshash sektsiyalar, sotsial muammolarni o’rganish, qishloq sotsiologiyasi
jamiyatlari tashkil etilgan ko’rishimiz mumkin. 
7
R. Dunlap. Handbook of Environmental Sociology. — 2000.


Nihoyat 80-yillar oxiriga kelib “invayronmentalizm asri”ning kirib kelishini
e’lon qiladigan “yangi invayronmentalistik paradigma” ning asosiy (boshlang’ich)
qoidalari shakllanadi. Bu paradigma umuman olganda ratsionallikning yangi turini
va yangi standartlarini tartibga solishning siyosiy va iqtisodiy jihatlarini qadriyatli
darajada qaytadan ko’rib chiqish zarurligini ta’kidlaydi. 
Atrof muhitning degradatsiyasi shunday bo’lib ketdiki, ekologik
"konservatsionistik" va progressistik harakat "radikal-invayronmental" harakatga
aylanadi va bu holat texnik taraqqiyot afzalliklarini ilgari suradigan postulatlarni
shubha ostiga oladigan vaziyatni keltirib chiqaradi. «Bu ezgulik kabi shunday
yovuzlikdir"- deb xulosa qiladi invayronmentalistlarning umumiy Shijoatini
L.Milbret.
8
1978 yildan boshlab Amerika sotsiologik jurnallaridagi invayronmentalizmga
bag’ishlangan maqolalar soni oshadi. U.Ketton va R.Denlep so’nggi o’n
yilliklardagi invayronmentalizm tomonidan yig’ilgan nazariy tajribani
umumlashtirib sotsiologiyada "yangi invayronmental paradigma"ni e’lon qiladi,
uning namoyon bo’lishi “sotsial voqelik”ning o’zgarishi bilan bog’liqdir. 
70-chi yillar boshlarida “Sotsial vaziyatning o’zgarishi“ birinchi navbatda
sotsiologiyadagi invayronmental g’oyalarning faollashishining sababi va
manbasiga aylandi. Bu o’zgarishning mohiyati “iqtisodiy krizis” tushunchasida
namoyon bo’ladi. Bu tushuncha bilan invayronmentalistlar quyidagi hodisalarni
tushuntiradilar: atrof muhitning zararlanishi, tabiiy resurslar etishmasligi, aholi
sonining oshib ketishi, urbanizatsiya oqibatlari, hayvonlarning ayrim turlarining
yo’q bo’lib ketishi va hokazo. Ushbu xodisalar “sotsial xodisalar” deb tan
olinmasdan, balki o’ta sotsial ahamiyatga ega bo’lgan xodisalar deb tan olinishi
maqsadga muvofiqdir, negaki ushbu xodisalar jamiyat rivojlanishi bilan uyg’undir.
Modomiki yangi isbotsiz qabul qilinadigan qoidaning ta’kidlanishi “qarshi
fikr yuritish” usuli bilan amalga oshirilar ekan va bu qoidalarning printsipial
jihatdan yangligi aytib o’tilar ekan, bundan avvalgi sotsiologik nazariyalarning
inkor etilishi ravShan bo’lib qoladi. Bunday nigilizm uchun asoslab berishda
quyidagi fakt xizmat qiladi. Sotsiologiyaning butun tarixiy jarayonidagi
invayronmental sotsiologlarning fikricha “muhit” asosan “o’zaro aloqa qilish
ishtirokchilari tomonidan unga beriladigan ahamiyat atamalari” orqali sotsial ta’sir
ko’rsatish holatining bir bo’lagi sifatida talqin qilingan, vaholanki ularning fikricha
sotsial o’zaro aloqa darajasida teng huquqli bo’lgan ob’ekt sifatida qaralishi lozim
edi (muhit o’zgaruvchilariga quyidagilar kiradi: ifloslanish darajasi, energiyani

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling